1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari
-MAVZU: DIDAKTIKA - O‘QITISH NAZARIYASI SIFATIDA. O‘QITISH QONUNIYATLARI VA PRINSIPLARI. TA’LIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI
Download 1.36 Mb.
|
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- 1. Didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi sifatida
11-MAVZU: DIDAKTIKA - O‘QITISH NAZARIYASI SIFATIDA. O‘QITISH QONUNIYATLARI VA PRINSIPLARI. TA’LIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI
REJA : Didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi sifatida. O’qitish jarayonining mohiyati. Didaktika, uning asosiy kategoriyalari. Didaktik tizim. Zamonaviy didaktik tizim. Didaktik jarayonlarning qonuniyatlari Ta’lim yo’nalishining rivojlanishi. Ta’lim paradigmasi. Ta’lim mazmuni. Tayanch so’z va iboralar: Didaktika, o’qitish, didaktik tizim, ta’lim yo’nalishlari, ta’lim paradigmasi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, ta’lim mazmuni, ta’lim vazifasi, Davlat ta’lim standarti, o’quv reja, o’quv dastur, o’quv qo’llanma, me’yoriy hujjat 1. Didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi sifatida Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq. Ko’pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi — o’quvchi, o’quvchi — o’quv materiali, o’quvchi — boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya`ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’igatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat — ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining bilimni o’zlashtirishlarini ta`minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma`lum ma`naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish obvekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog`liqligi va aloqadorligi hjsoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta`riflash va tushuntirish; teplim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya`ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim jarayon L uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tajilil qilish va ta`riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me`yoriy-amaliy fan. bidaktikaning ilmiv-nazariv vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog`liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib ko‘yadi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda o‘zaro bog‘liqliklikda joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. Xususiy didaktika – muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon bo‘ladi.22 Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling