1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Download 1.36 Mb.
bet44/220
Sana25.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1120183
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220
Bog'liq
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning

Birinchisi: Duolar to’plamidan iborat bo’lib, «Vendedat sede», yahni «Pok Vendedat» deb ataladi. Bu kitobga «Yasna»lar, «Visperad» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.
Ikkinchisi: Birinchisi kabi «Vendedat», «Yasna» «Visperad»lar qatori ularning izohli tarjimasi - «Zand” kiritilgan.
«Avesto» ikkinchi variantiga ko’ra quyidagi qismlardan iborat:

  1. «Vendedat». U 22 bobdan iborat bo’lib, asosan, Axuramazda bilan Zardushtraning savol-javoblari shaklida yozilgan. Bu bob yomon ruhlar – devlarni yengish voqealari, gunohlardan pok bo’lish qoidalari va mifologik unsurlarni o’z ichiga oladi.

  2. «Visperad” 24 bobdan iborat. Butun borliq Ollohniki. Ibodat yo’sinlaridan iborat.

  3. «Yasna» 72 bobdan iborat bo’lib, diniy ibodatlar paytida, qurbonlik marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolar madhi va boshqalardan iborat.

  4. «Yashtlar». U zardushtiylik mahbudalarini madh etuvchi 22 qo’shiqni o’z ichiga oladi.

  5. Kichik Avesto Quyosh, Oy, Ardvisura, Olov va boshqa
    xudo hamda mahbudlar sharafiga yig’ilgan kichik ibodat
    matnlaridan iborat.

Demak, “Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, uning ilk sahifalari Zardusht tomonidan miloddan avvalgi 529-548 yillar orasida Amudaryo sohillarida yaratilgan. Keyinchalik Janubiy Eron otashparastlik dinining ulamo-kohinlari tomonidan to’ldirilib, takomillashtirilgan.
Zardusht ta’limoti tobora xalqqa kuchliroq ta’sir o’tkazayotganini sezgan muholiflar unga qarshi kurashga kirishadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Xorazmdan Eronga qochib o’tadi va o’sha yerda o’z ta’limotini uzil-kesil shakllantiradi.
Zardusht shoh Gushtaspning vaziri Farashashtraning qizi Xavoviga uylanadi va undan Istavatra, Urvatatnara, Xvarechitra ismli uch o’g’il va Freni, Griti, Porigista ismli uch qiz ko’radi.
U yagona xudo Axuramazdani kashf etadi va yakka xudo g’oyasini ilgari suradi.
Firdavsiy va Beruniy tasviricha, Zardusht birinchi bo’lib o’z dinini Eron shohi Vishtaspga asoslab ko’rsatib, uning e’tiborini qozonadi. SHahristonxonning «Eron” kitobida Vishtasp farmoniga ko’ra Zardusht 1200 bobdan iborat pandnoma, «Avesto»ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan, deyiladi.
Vishtasp o’z ukasi Arjaspni yenggach, Eronu Turon yagona zardushtiylik diniga bo’ysunadi. So’ng Zardusht xohishi va Vishtasp farmoniga ko’ra barcha shaharlarda otashkada – ibodatxonalar quriladi. Ularning eng kattasi Balxda edi.
Zardusht 77 yoshida o’zining dushmani, ko’pxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan o’ldiriladi. Lekin uning ta’limoti Islom ta’limoti tarqalgunicha Ajam o’lkalarida asosiy din sifatida saqlanib qoldi.
Nima uchun o’sha davrlarda zardushtlik – yakka xudolik g’oyasiga alohida e’tibor berilgan? CHunki bu g’oya tufayli ko’p g’oyaviy, siyosiy, madaniy, axloqiy masalalar tartibga solindi, mazkur g’oya keyinchalik ham fan-madaniyatning rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Grek olimi Pliniy «Avesto»ni 2 million baytdan iborat degan edi. Bu kitobdan qadimgi xalqlar marosimi, urf-odatlari, e’tiqodi, ibodatlari to’g’risida yagona syujetlar, Jamshid, Kayumars, Mitra, Anaxitpa, Ardivissura, Zaxxok, Faridun, Bahrom singari ko’plab mifologik obrazlar, rivoyatlar bilan bog’liq atamalar to’g’risida ma’lumot olamiz.
«Avesto»da tibbiyot to’g’risida fikrlar ilgari suriladi:

  1. Tashrex (anatomiya) va mizon (fiziologiya).

  2. Bemorlikning oldini olish yo’llari.

  3. Kasalliklar haqidagi ma’lumotlar.

  4. Bemorlarni davolash yo’llari.

  5. Tabiblar axloqi va tabobatga oid qonun-qoidalar haqida fikr yuritiladi.

Bu kitobda, shuningdek, ekologik masalalar va ularni hal etish yo’llari aytiladi.
Axlat, iflos narsalar ko’mish yo’li bilan saqlanishi.
Otash, issiqlik va sovuqlik yo’li bilan yo’qotish.
Kimyoviy yo’l: kul, sirka, sharob, turli giyohlarni tutatish yo’li bilan saqlash.
Jarrohlikda asl sharobga nasha qo’shib berib, behush qilish orqali operatsiya qilingan, Buqrotning tabiblar qasamyodi haqidagi fikridan bir necha asr ilgari «Avesto»da tabiblarning maxsus qasamnomasi keltirilgan, shuningdek, tabobat ramzi – ilon zahar sochayotgan idish – jom tasviri ham ilk bor shu kitobda tasvirlangan.
Umuman, olganda qadimgi ajdodlarimiz yaratgan «Avesto» eng qadimgi noyob hazinadir. Unda olamdagi barcha – diniy, dunyoviy, tabiiy, tibbiy fanlar bo’yicha teran mulohazalar mavjud.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling