20-Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va oila o'rtasidagi hamkorlik Reja:
Oila - dastlabki tarbiyachi,ota-ona xuquqlari;
Ota-onaning majburiyatlari ,o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
Otalarni jalb qilish,oilalar bilan hamkorlik ishlarini olib borish
Kichik yoshdagi bola va oila ,jtimoiy-psixologik muhofaza
Pedagoglar bolaning dastlabki tabiyachisi sifatida oilaning yetakchi rolini tan olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa muddatli guruhga kelgunga qadar oila bolaga madaniyatni, muhim va eng zarur ko‘nikmalarni singdirishga ulguradi. Bolani maktabga tayyorlash bola va oila o‘rtasida shakllangan ana shu dastlabki munosabatlarga tayangan holda ota-onalarga qisqa muddatli guruhlar faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishga imkon beradi.
Oila - dastlabki tarbiyachi
Oilalarni jalb etish maktabga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bilim olish faoliyatini boyitishda, bola qiziqishlari va uydagi ta'lim-tarbiya natijalaridan foydalanishda muhim o‘rin egallaydi. Bolalarning muvaffaqiyatli rivojlanishi va bilim olishida ikki ta'lim muhiti – uy va qisqa muddatli guruhlarning bir-biri bilan bahamjihatligi g‘oyat muhimdir.
Oila - dastlabki tarbiyachi
Oilalarda bolalarni maktabga tayyorlash ishlari turlicha olib boriladi. Ba'zi oilalarda bolalar bilan ko‘p shug‘ullanilsa ham, bu asosan o‘quv mashg‘ulotlaridir – husnixat yozuvi, alifbe o‘rgatish, turli adabiyotlar o‘qib berish bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan syujetli o‘yinlar, harakat faolligi, tasviriy faoliyatga oid ishlar bilan shug‘ullanmaydilar. Boshqa oilalarda bolani o‘yinchoqlar va televizor bilan yakkama-yakka qoldirib, bu unga yoqadi va rivojlanishi uchun yetarli bilim beradi deb hisoblashadi.
Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega:
a) o‘z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim berish tilini tanlash;
b) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
v) muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidan olib ketish huquqiga ega.
g)ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |