1-Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Download 159.05 Kb.
bet25/26
Sana16.06.2023
Hajmi159.05 Kb.
#1507097
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja

Otalarni jalb qilish


  • Mahoratli pedagog tomonidan bolalar

bog‘chasi hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham ardog‘ida bo‘lishini ta'minlash uchun butun kuch-g‘ayratni ishga solish lozim. Ba'zan kun tartibi yoki birinchi uchrashuv onalar bilan bo‘lgani sabab erkaklar bu ishdan chetda qolib ketadilar. Otalarni MTT bilan hamkorlikka jalb qilish taklifi olg‘a surilayotgan ekan, buning uchun bolaning yaqinlari sirasidan bo‘lgan erkaklarga mo‘ljallangan maxsus tadbirlarni rejalashtirish kerak.

Ota-onalar yig‘ilishlari uchun mavzularni tanlashda ularga quyidagi ro‘yxat taqdim etilishi mumkin:


  • bolaning o‘sishi va rivojlanishi;

  • qiyin xulq-atvorni qanday tuzatish mumkin;

  • bolaning ovqatlanishi;

  • bolalar kasalliklari;

  • o‘yin orqali o‘rgatish;

  • shaxsiy qadr-qimmat hissini rivojlantirish;

  • nutqni rivojlantirish;

  • o‘yinchoqlarni tanlash va h.k.

Ota-onalar va MTT mutaxassislari foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni olish uchun.


  • Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o‘zaro aloqa ko‘nikmalarini, muammolarini, alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarning asosliligini ta'minlashga yordam beradi.

  • Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bolalar, ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishga ko‘maklashadi. Bunday ma'lumot almashuv chinakam hamkorlik muhitini vujudga keltiradi.

Oilalar bilan hamkorlik ishlarini olib borish


  • Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqyealar ularga juda katta ta'sir ko‘rsatadi.

Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:


  • Ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan ta'minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;

  • Ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi

  • Ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta'minlaydi.

Download 159.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling