1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


Download 1.08 Mb.
bet74/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

Xayolning realligi - voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol bo’lmaydi, balki fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi. Bolalarda fantaziya juda kuchli, masalan, ular oddiy cho’pni "uchqur ot" deb tasavvur qilib o’ynaydilar. Ularni qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan boqcha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq bo’ladi. Ularda xayol asosan kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi va hokazo. Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo’ladi. Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo’lish ta'sirida o’sadi. Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar.
Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko’rmagan narsalar to’g’risida obrazlar paydo bo’ladi. Bolalar o’yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar.
Kichik yoshdagi bolalar xayolining o’sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi.
Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish, esga tushirish bog’lanishlarini vujudga keltirish uchun tayanch bo’ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va barqaror hislar bo’ladi.
Xayolning asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma'lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi.
Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi.
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta'siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’lmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlarni ko’rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam ko’rganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya'ni yozuvchilar o’z asarlaridagi haydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar.
Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling