1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi
Download 1.08 Mb.
|
Psixologiya
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz". Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik. Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling