18
6.2. Shaxsiy konfliktlar muommasi
O`z-o`zini anglash, o`zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko`pincha konkret shaxs
tomonidan og`ir kechadi, ya`ni, inson tabiati shundayki, u o`zidagi o`sha jamiyat normalariga
to`g`ri kelmaydigan, no`maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi,
hattoki, bunday tasavvur va bilimlarongsizlik sohasiga stqtb chiqariladi (avstraliyalik olim
Z.Freyd nazariyasiga ko`ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo`lmay, u har bir shaxsdagi o`z
shaxsiyatini o`ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni
ko`pincha turli hil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida
ta`qidlash lozimki, “Men” –obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o`sha shaxsni o`rab turgan
tashqi muhit, o`zgalar va ularning munosabati katta rol o`ynaydi. Odam o`zgalarga qarab,
g`o`yoki oynada o`zini ko`rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb
ataladi. Uning mohiyati – aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi obrazni
shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” – obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
Masalan, ko`chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o`z yutuqlaringiz va
mashg`ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo`lib, uning qaergadir
shoshayotganligiga e`tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni
tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda
“mahmadona, laqmaroq” bo`lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o`rtoqingiz bilan
uchrashganda, oldingi xatoga yo`l ko`ymaslik uchun “o`rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so`rab
ham qo`yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya`ni, suhbatdosh o`rniga turib,
o`zingizga tashlangan nazar (“men unga qanday ko`rinyapman?”) –refleksiyadir.
6.3.Hozirgi zamon menejmenti
Shaxsning o`zi haqidagi obrazi va o`z-o`zini anglashi yosh va jinsiy o`ziga xoslikka ega.
Masalan, o`ziga nisbatan o`ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa
o`smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo`ladigan “kattalik” hissi qizlarda ham, o`smir
yigitchalarda ham nafaqat o`ziga, balki o`zgalar bilan bo`ladigan munosabatlarini ham
belgilaydi, qizlardagi “Men” – obrazining yaxshi va ijobiy bo`lishi ko`proq bu obrazning ayollik
sifatlarini o`zida mujassam eta olishi, ayollik hislatlarining o`zida ayni paytda mavjudligiga
bog`liq bo`lsa, yigitlardagi obraz ko`proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechoqli uyqun
ekanligiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham o`smirlikda o`g`il bolalardagi bo`yning pastligi,
muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib
chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go`zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator
boshqa sifatlarning bor – yo`qligiga bog`liq holda “Men” obrazi mazmunan idroq qilinadi,
qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo`lgan ayrim toshmalar yoki shunga o`xshash
fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo`lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar,
19
taqinchoqlar yoki sochlarning o`ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida
qaraladi.
Har birimizning jamiyatdagi o`rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo`lgani, jamiyatga qo`shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim
vazifalaridan biridir.
Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi.
Nazorat savollari
1. Konfliktning oldini olish usullari qanday?
2. Konfliktda profilaktik faoliyat turlari?
3. Shaxsiy konfliktlar muommasi haqida gapirib Bering.
3. Hozirgi zamon menejmenti muammolari.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
7-ma`ruza
Mavzu: Konfliktlarni bartaraf etish
Reja:
1.
Konfliktdan chiqish taktikasi
2.
Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari
3.
Konfliktni hal etishning universal vositalari
Tayanch tushunchalar:
Konfliktdan chiqish taktikasi, konfliktning oldini olishning yo`nalishlari, konfliktni hal etishning
universal vositalari haqidakonfliktni bartaraf etish yo`llari haqida.
7.1.Konfliktdan chiqish taktikasi
Buni nimadan boshlash kerak?
Buni konfliktning sababini aniqlashdan boshlaymiz. Bu erda muammo nimada, bu erda
muammo aniq sabablarning tezda o`zgarib ketishi, ya`ni konflikt chiqaruvchini yomon tarafdan
ko`rsatishi mumkin. Shu bilan bir qatorda cho`zilib ketgan konflikt yangidan-yangi
qatnashchilarni o`z domiga tortadi, ularning qarama-qarshi qarashlarining qatori kengaya boradi
va bu erda ob`ektiv tarzda asosiy sababni aniqlashtirishga qiyinchilik tug`diradi.
Konfliktlarning echimini topishda tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu erda konflikt formulalarini
bilish kata yordam beradi.
Konfliktning birinchi formulasi.
Konfliktli holat + Intsident = Konflikt
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni
amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko`rsatilayotgan ta`sir oddiy,
20
mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish
xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub`ektiv tarzda idroq etiladi. Shuning uchun ham bir hil
ijtimoiy muhit va bir xil ta`sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi.
Masalan, 10-15 ta o`quvchidan iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni,
ilmiy idroq qilishlari, ulardan ota – onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari
va unda etkazilayotgan ma`lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir hilday. Lekin biribir
ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta`sirlarni o`zicha, o`ziga xrs tarzda qabul qiladi va bu
ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida
ta`qidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama-
qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart – sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb
ataymiz. Bunday institutlarda oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog`cha,
maktab, maxsus ta`lim o`choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar,
nodavlat tashkilotlari kiradi.
7.2.Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o`ziga xosdir.
Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy
munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda “qush uyasida ko`rganini
qiladi” degan maqol bor. Ya`ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip
jamiyatdagi boshqa guruhlar ta`sirida sayqal topib,takomillashib boradi. Bizning o`zbekchilik
sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi – ijtimoiylashtiruvchi rol`
o`ynaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba`zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib,
keyin xulosa chiqarishadi, ya`ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo`lib, bu farq odamlar
psixologiyasida o`z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu
mahalladan qiz qidirip qolishadi. Ya`ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli,
sarishtali bo`lib etishishlariga ko`maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko`cha-
eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o`xshash
normalar tizimi har bir ko`cha – mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini
belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo`layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita
ta`sirini ko`rsatadi.
7.3.Konfliktni hal etishning universal vositalari
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga maktab va boshqa ta`lim maskanlari kiradi.
Aynan shu erda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyquklashtiriladi. Bizning
ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta`lim oladigan, bola bilimlar tizimini
o`zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu er ijtimoiylashuv tarbiyaviy
21
vasitalarda yuz beradigan maskandir. Bu erda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy
etilgan “Ma`naviyat darslari”, “Etika va psixologiya” kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart – sharoitlar, umumiy muhitning
tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o`qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni
tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan
ko`zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagt o`qituvchining o`zini qanday
tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga sub`ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi
o`quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga
ega bo`lgan omildir.Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan
o`qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o`qituvchining ta`siri faqat salbiy
rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol` o`ynaydi. Ba`zi
sinflarda o`zaro hamkorlik, o`rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, guruhda ijodiy
munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o`z a`zolari ijtimoiy xulqini
faqat ijobiy tomonga yo`naltirib turadi.
Nazorat savollari
1. Konfliktdan chiqish taktikasi qanday bo`lishi mumkin?
2. Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari haqida.
3. Konfliktni hal etishning universal vositalari haqida.
4. Konfliktni bartaraf etish yo`llari haqida.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
8-ma`ruza
8-Mavzu: Muzokara konfliktni hal qilishning usuli sifatida
Reja:
1.
Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari
2.
Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari
3.
Muzokara jarayonida vositachilik
Tayanch tushunchalar:
Muzokaraga umumiy tavsifnomasi, muzokaraga kirishish strategiyalari haqida, muzokara
dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari haqida, muzokara jarayonida vositachilik.
8.1.Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari
Konfliktni hal qilishda muzokaraga kirishish jarayonida asosiy va natijali usullardan biri, bu
jarayonga uchinchi kishining qatnashishi hisoblanadi. Konfliktologiyada bu jarayon mediatsiya
deb yuritiladi, professional vositachini esa— mediator deb ataydi
22
Vositachilikda ham, boshqa professional faoliyatdagi kabi, mutaxassislar bir birlari bilan
xama narsalarda kelishib olmaydi. Qaysidir echimini topalmayatgan savollar, vositachining faol
yoki passiv pozitsiyani konfliktga uchragan tomonlar bilan uchrashgan paytda egallashidan
tashkil topadi.
Hozirgi davrda konfliktologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir
bo`layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham
kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy - muzokara sohalariga sanoat sotsial psixologiyasi,
boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi sotsial psixologik ishlar, siyosat va
iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda
ommaviy axborot vositalari borasidagi muzokara vazifalar kiradi. Barcha muzokara sohalarga
xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga:
a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko`ra tashkil etilishi;
b) tatbiqiy ishlar “tili"ning mavjudligi muammosi, ya`ni, professional til(jargon) bilan
tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg`unlik masalasi;
v) muzokara ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o`z muddati va bosqichlarda
bajarish majburiyati;
d) samaradorlik mezonlarining o`ziga xosligi, ya`ni, bajarilgan ishga qarab
samaradorlikni baholash;
e) "nazariyotchi" bilan "muzokaraotchi" rollarining aniq farqlanishi muammolari
kiradi.
8.2.Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari
Muzokara sotsial psixologiya to`g`risida gap ketganda, ko`pincha, "sotsial psixologik
aralashuv" tushunchasi o`rtaga tushadi va tabiiy, bunday muzokaraotchining ijtimoiy jarayonga
aralashuvi nimalarda ko`rinadi, degan savol paydo bo`ladi.
a) individning o`zgarishi strategiyasida, ya`ni o`sha tashkilotdagi o`ziga xos
shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta`sir qilinadi;
b) texnologik tizim o`zgaradi, ya`ni ma`lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida
o`zgarish ro`y beradi;
v) ma`lum tipli ma`lumotlarga bog`liqlik, ya`ni, ma`lumotlarning tashkilot ichida
yoki uning atrofida to`planganligiga bog`liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo`lishi
mumkin;
g) ataylab o`tkazilgan tadbirlar ta`sirida korxona taraqqiyoti o`zgarishi mumkin,
masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hakozo.
23
8.3.Muzokara jarayonida vositachilik
Muzokaraotda faoliyat ko`rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funktsiyani
bajaradi:
1)
Ekspert sifatida, ya`ni, bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif
qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar
natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq
to`g`ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so`ng
tavsiyalar berishdir.
2)
Maslahatchi - ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir
necha marta ayni muammo bo`yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif
etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo`lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit
jamoaga yordam ko`rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi.
3. O`rgatuvchi - odatda buyurtma asosida joylarda o`quvlar, kurslar tashkil qiladi.
Uning asosiy vositasi sotsial psixologik trening va uning turli ko`rinishlari bo`lib, oqibati -
ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o`rgatishdir.
Yurtimizda ma`naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan
ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o`z xalqining madaniyati, Vatanining o`tmishi va
buguni, milliy qadriyatlarga to`g`ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo`ladi va bu - ziyoli,
bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni
avval o`z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo`naltira olmasa, uning jamiyat
taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma`naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz,
xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Nazorat savollari
1.
Muzokara tushunchasi haqida.
2.
Muzokaraga umumiy tavsifnoma bering.
3.
Muzokaraga kirishish strategiyalari haqida.
4.
Muzokara dinamikasini ayting.
5.
Muzokaraga kirishishning asosiy usullari haqida.
6.
Muzokara jarayonida vositachilik ahamiyati haqida.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
|