1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja


Download 138 Kb.
bet3/3
Sana01.09.2020
Hajmi138 Kb.
#128268
1   2   3
Bog'liq
конфликтология

 

18 




6.2. Shaxsiy konfliktlar muommasi 

O`z-o`zini anglash, o`zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko`pincha konkret shaxs 

tomonidan  og`ir  kechadi,  ya`ni,  inson  tabiati  shundayki,  u  o`zidagi  o`sha  jamiyat  normalariga 

to`g`ri  kelmaydigan,  no`maqul  sifatlarni  anglamaslikka,  ularni  “yashirishga”  harakat  qiladi, 

hattoki,  bunday  tasavvur  va  bilimlarongsizlik  sohasiga  stqtb  chiqariladi  (avstraliyalik  olim 

Z.Freyd  nazariyasiga  ko`ra).  Bu  ataylab  qilinadigan  ish  bo`lmay,  u  har  bir  shaxsdagi  o`z 

shaxsiyatini  o`ziga  xos  himoya  qilish  mexanizmidir.  Bunday  himoya  mexanizmi  shaxsni 

ko`pincha  turli  hil  yomon  asoratlardan,  hissiy  kechinmalardan  asraydi.  Lekin  shuni  alohida 

ta`qidlash  lozimki,  “Men”  –obrazining  ijobiy  yoki  salbiyligida  yana  o`sha  shaxsni  o`rab  turgan 

tashqi  muhit,  o`zgalar  va  ularning  munosabati  katta  rol  o`ynaydi.  Odam  o`zgalarga  qarab, 

g`o`yoki  oynada  o`zini  ko`rganday  tasavvur  qiladi.  Bu  jarayon  psixologiyada    refleksiya  deb 

ataladi. Uning mohiyati – aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi obrazni 

shakllantirish,  jonlantirishdir.  Refleksiya  “Men”  –  obrazi  egasining  ongiga  taalluqli  jarayondir. 

Masalan,  ko`chada  bir  tanishingizni  uchratib  qoldingiz.  Siz  tinmay  unga  o`z  yutuqlaringiz  va 

mashg`ulotlaringiz  haqida  gapirmoqdasiz.  Lekin  gap  bilan  bo`lib,  uning  qaergadir 

shoshayotganligiga  e`tibor  bermadingiz.  Shu  narsani  siz  uning  betoqatlik  bilan  sizni 

tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda 

“mahmadona,  laqmaroq”  bo`lib  qolganingizni  sezasiz.  Keyingi  safar  shu  o`rtoqingiz  bilan 

uchrashganda,  oldingi  xatoga  yo`l  ko`ymaslik  uchun  “o`rtoq,  shoshmayapsanmi?”  deb  so`rab 

ham  qo`yasiz.  Ana  shu  ilgarigi  refleksiyaning  natijasidir.  Ya`ni,  suhbatdosh  o`rniga  turib, 

o`zingizga tashlangan nazar (“men unga qanday ko`rinyapman?”) –refleksiyadir. 

6.3.Hozirgi zamon menejmenti 

Shaxsning o`zi haqidagi obrazi va o`z-o`zini anglashi yosh va jinsiy o`ziga xoslikka ega. 

Masalan, o`ziga nisbatan o`ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa 

o`smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo`ladigan “kattalik” hissi qizlarda ham, o`smir 

yigitchalarda  ham  nafaqat  o`ziga,  balki  o`zgalar  bilan  bo`ladigan  munosabatlarini  ham 

belgilaydi, qizlardagi “Men” – obrazining yaxshi va ijobiy bo`lishi ko`proq bu obrazning ayollik 

sifatlarini  o`zida  mujassam  eta  olishi,  ayollik  hislatlarining  o`zida  ayni  paytda  mavjudligiga 

bog`liq bo`lsa, yigitlardagi obraz ko`proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechoqli uyqun 

ekanligiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham o`smirlikda o`g`il bolalardagi bo`yning pastligi, 

muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” -  obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib 

chiqaradi.  Qizlarda  esa  tashqi  tarafdan  go`zallikka,  kelishganlik,  odob  va  ayollarga  xos  qator 

boshqa  sifatlarning  bor  –  yo`qligiga  bog`liq  holda  “Men”  obrazi  mazmunan  idroq  qilinadi, 

qizlarda  ham  ortiqcha  vazn  yoki  terisida  paydo  bo`lgan  ayrim  toshmalar  yoki  shunga  o`xshash 

fiziologik  nuqsonlar  kuchli  salbiy  emotsiyalarga  sabab  bo`lsa-da,  baribir,  chiroyli  kiyimlar, 

 

19 



taqinchoqlar yoki sochlarning o`ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida 

qaraladi. 

Har  birimizning  jamiyatdagi  o`rnimiz,  uning  qachon  va  qanday  sharoitlarda  paydo 

bo`lgani,  jamiyatga  qo`shilib  yashashimizning  psixologik  mexanizmlari  fanning  muhim 

vazifalaridan biridir.  

Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. 



Nazorat savollari 

1. Konfliktning oldini olish usullari qanday?  

2. Konfliktda profilaktik faoliyat turlari? 

3. Shaxsiy konfliktlar muommasi haqida gapirib Bering. 

3. Hozirgi zamon menejmenti muammolari. 

 

Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 

 

1.  Antsupov  A.  Ya.,  Shipilov  A.  I.  Konfliktologiya:  Uchebnik  dlya  vuzov.  -  M.:  YuNITI, 



1999. - Razd. I, III. 

2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 

3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

 

7-ma`ruza 

 

Mavzu: Konfliktlarni bartaraf etish 



Reja: 

1.

 



Konfliktdan chiqish taktikasi 

2.

 



Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari 

3.

 



Konfliktni hal etishning universal vositalari 

 

Tayanch tushunchalar: 

Konfliktdan chiqish taktikasi, konfliktning oldini olishning yo`nalishlari, konfliktni hal etishning 

universal vositalari haqidakonfliktni bartaraf etish yo`llari haqida. 

7.1.Konfliktdan chiqish taktikasi 

Buni nimadan boshlash kerak? 

Buni  konfliktning  sababini  aniqlashdan  boshlaymiz.  Bu  erda  muammo  nimada,  bu  erda 

muammo aniq sabablarning tezda o`zgarib ketishi, ya`ni konflikt chiqaruvchini yomon tarafdan 

ko`rsatishi  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda  cho`zilib  ketgan  konflikt  yangidan-yangi 

qatnashchilarni o`z domiga tortadi, ularning qarama-qarshi qarashlarining qatori kengaya boradi 

va bu erda ob`ektiv tarzda asosiy sababni aniqlashtirishga qiyinchilik tug`diradi.   

Konfliktlarning echimini topishda tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu erda konflikt formulalarini 

bilish kata yordam beradi.   

Konfliktning birinchi formulasi.  

Konfliktli holat + Intsident = Konflikt 

 Ijtimoiylashuv  eng  avvalo  odamlar  o`rtasidagi  muloqot  va  hamkorlikda  turli  faoliyatni 

amalga  oshirish  jarayonini  nazarda  tutadi.  Tashqaridan  shaxsga  ko`rsatilayotgan  ta`sir  oddiy, 

 

20 


mexanik  tarzda  o`zlashtirilmay,  u  har  bir  shaxsning  ichki  ruhiyati,  dunyoni  aks  ettirish 

xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub`ektiv tarzda idroq etiladi. Shuning uchun ham bir hil 

ijtimoiy  muhit  va  bir  xil  ta`sirlar  odamlar  tomonidan  turlicha  harakatlarni  keltirib  chiqaradi. 

Masalan,  10-15  ta  o`quvchidan  iborat  akademik  litsey  o`quvchilarini  olaylik.  Ularning  bilimni, 

ilmiy idroq qilishlari, ulardan ota – onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari 

va unda etkazilayotgan  ma`lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir hilday.  Lekin biribir 

ana  shu  15  o`quvchining  har  biri  shu  ta`sirlarni  o`zicha,  o`ziga  xrs  tarzda  qabul  qiladi  va  bu 

ularning  ishdagi  yutuqlari,  o`quv  ko`rsatgichlari  va  iqtidorida  aks  etadi.  Bu  o`sha  biz  yuqorida 

ta`qidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama-

qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. 

Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart – sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb 

ataymiz.  Bunday  institutlarda  oiladan  boshlab,  mahalla,  rasmiy  davlat  muassasalari  (bog`cha, 

maktab,  maxsus  ta`lim  o`choqlari,  oliygohlar,  mehnat  jamoalari)  hamda  norasmiy  uyushmalar, 

nodavlat tashkilotlari kiradi. 

7.2.Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari 

Bu  institutlar  orasida  bizning  sharoitimizda  oila  va  mahallaning  roli  o`ziga  xosdir. 

Insondagi  dastlabki  ijtimoiy  tajriba  va  ijtimoiy  xulq  elementlari  aynan  oilada,  oilaviy 

munosabatlar  tizimida  shakllanadi.  Shuning  uchun  ham  xalqimizda  “qush  uyasida  ko`rganini 

qiladi” degan maqol bor. Ya`ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip 

jamiyatdagi  boshqa  guruhlar  ta`sirida  sayqal  topib,takomillashib  boradi.  Bizning  o`zbekchilik 

sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi – ijtimoiylashtiruvchi rol` 

o`ynaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba`zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, 

keyin  xulosa  chiqarishadi,  ya`ni  mahalla  bilan  mahallaning  ham  farqi  bo`lib,  bu  farq  odamlar 

psixologiyasida  o`z  aksini  topadi.  Masalan,  bitta  mahalladan  yaxshi  kelin  chiqsa,  aynan  shu 

mahalladan  qiz  qidirip  qolishadi.  Ya`ni,  shu  mahalladagi  ijtimoiy  muhit  qizlarning  iboli,  aqlli, 

sarishtali  bo`lib  etishishlariga  ko`maklashgan.  Masalan,  ayrim  mahallalarda  sahar  turib  ko`cha-

eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o`xshash 

normalar tizimi har bir ko`cha – mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini 

belgilaydi,  oxirgilar  esa  shu  mahallaga  katta  bo`layotgan  yoshlar  ijtimoiylashuvida  bevosita 

ta`sirini ko`rsatadi. 



7.3.Konfliktni hal etishning universal vositalari 

Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga maktab va boshqa ta`lim maskanlari kiradi. 

Aynan  shu  erda  ijtimoiylashuv  va  tarbiya  jarayonlari  maxsus  tarzda  uyquklashtiriladi.  Bizning 

ijtimoiy  tasavvurlarimiz  shundayki,  maktabni  biz  ta`lim  oladigan,  bola  bilimlar  tizimini 

o`zlashtiradigan  maskan  sifatida  qabul  qilamiz.  Lekin  aslida  bu  er  ijtimoiylashuv  tarbiyaviy 

 

21 


vasitalarda  yuz  beradigan  maskandir.  Bu  erda  biz  ataylab  tashkil  etilgan,  oxirgi  yillarda  joriy 

etilgan  “Ma`naviyat  darslari”,  “Etika  va  psixologiya”  kabi  tarbiyalovchi  fanlarni  nazarda 

tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart – sharoitlar, umumiy  muhitning 

tarbiyalovchi  roli  haqida.  Masalan,  dars  paytida  o`qituvchi  butun  diqqati  bilan  yangi  darsni 

tushuntirish  bilan  ovora  deylik.  Uning  nazarida  faqat  dars,  mavzuning  mazmuni  va  undan 

ko`zlangan  maqsad  asosiyday.  Lekin  aslida  ana  shu  jarayondagt  o`qituvchining  o`zini  qanday 

tutayotganligi,  kiyim-boshi,  mavzuga  sub`ektiv  munosabati  va  qolaversa,  butun  sinfdagi 

o`quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga 

ega bo`lgan omildir.Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan 

o`qituvchi  bolalar  tomonidan  tan  olinadi,  aks  holda  esa  o`qituvchining  ta`siri  faqat  salbiy 

rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol` o`ynaydi. Ba`zi 

sinflarda  o`zaro  hamkorlik,  o`rtoqchilik  munosabatlari  yaxshi  yo`lga  qo`yilgan,  guruhda  ijodiy 

munozaralar  va  bahslar  uchun  qulay  sharoit  bor.  Bu  muhit  tabiiy  o`z  a`zolari  ijtimoiy  xulqini 

faqat ijobiy tomonga yo`naltirib turadi.   

Nazorat savollari 

1. Konfliktdan chiqish taktikasi qanday bo`lishi mumkin? 

2. Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari haqida. 

3. Konfliktni hal etishning universal vositalari haqida. 

4. Konfliktni bartaraf etish yo`llari haqida. 

 

Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 

 

1.  Antsupov  A.  Ya.,  Shipilov  A.  I.  Konfliktologiya:  Uchebnik  dlya  vuzov.  -  M.:  YuNITI, 



1999. - Razd. I, III. 

2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 

3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

 

8-ma`ruza 

 

8-Mavzu: Muzokara konfliktni hal qilishning usuli sifatida 



Reja: 

1.

 



Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari 

2.

 



Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari 

3.

 



Muzokara jarayonida vositachilik 

 

Tayanch tushunchalar: 

Muzokaraga  umumiy  tavsifnomasi,  muzokaraga  kirishish  strategiyalari  haqida,  muzokara 

dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari haqida, muzokara jarayonida vositachilik. 

 

8.1.Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari 

Konfliktni hal qilishda muzokaraga kirishish jarayonida asosiy va natijali usullardan biri, bu 

jarayonga  uchinchi  kishining  qatnashishi  hisoblanadi.  Konfliktologiyada  bu  jarayon  mediatsiya 

deb yuritiladi, professional vositachini esa— mediator deb ataydi 

 

22 



Vositachilikda ham, boshqa professional faoliyatdagi kabi, mutaxassislar bir birlari bilan 

xama narsalarda kelishib olmaydi. Qaysidir echimini topalmayatgan savollar, vositachining faol 

yoki passiv pozitsiyani konfliktga uchragan tomonlar bilan uchrashgan paytda egallashidan 

tashkil topadi. 

Hozirgi  davrda  konfliktologiyaning  dolzarbligi  va  uning  jamiyatdagi  sodir 

bo`layotgan  barcha  jarayonlarga  aloqadorligi  uning  tatbiqiy  sohalarini  doirasini  ham 

kengaytirdi.  Uning  asosiy  tatbiqiy  -  muzokara  sohalariga  sanoat  sotsial  psixologiyasi, 

boshqaruv  psixologiyasi,  oila  va  nikoh  borasidagi  sotsial  psixologik  ishlar,  siyosat  va 

iqtisodiyotni  takomillashtirish  muammolari,  qonunbuzarlikning  oldini  olish  ehtiyoji  hamda 

ommaviy axborot vositalari borasidagi muzokara vazifalar kiradi. Barcha muzokara sohalarga 

xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga: 

a)  ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko`ra tashkil  etilishi; 

b) tatbiqiy  ishlar  “tili"ning  mavjudligi  muammosi,  ya`ni,  professional  til(jargon)  bilan 

tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg`unlik masalasi; 

v) muzokara  ehtiyojlarga  monand  ilmiy farazlarni ishlab chiqish; 

g)  shartnomalarga  mos  tarzda  buyurtmalarlarni  o`z  muddati  va  bosqichlarda 

bajarish majburiyati; 

d)  samaradorlik  mezonlarining  o`ziga  xosligi,  ya`ni,  bajarilgan  ishga  qarab 

samaradorlikni baholash; 

e)  "nazariyotchi"  bilan  "muzokaraotchi"  rollarining  aniq  farqlanishi  muammolari 

kiradi. 



8.2.Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari 

Muzokara  sotsial  psixologiya  to`g`risida  gap  ketganda,  ko`pincha, "sotsial psixologik 

aralashuv" tushunchasi o`rtaga tushadi va tabiiy, bunday muzokaraotchining ijtimoiy jarayonga 

aralashuvi nimalarda ko`rinadi, degan savol paydo bo`ladi. 

a)  individning  o`zgarishi  strategiyasida,  ya`ni  o`sha  tashkilotdagi  o`ziga  xos 

shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta`sir qilinadi; 

b)  texnologik  tizim  o`zgaradi,  ya`ni  ma`lum  tashkilot  yoki  muassasaning  tuzilishida 

o`zgarish ro`y beradi; 

v)  ma`lum  tipli  ma`lumotlarga  bog`liqlik,  ya`ni,  ma`lumotlarning  tashkilot    ichida 

yoki   uning  atrofida  to`planganligiga bog`liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo`lishi 

mumkin; 

g)  ataylab  o`tkazilgan  tadbirlar  ta`sirida  korxona  taraqqiyoti    o`zgarishi  mumkin, 

masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hakozo. 

 

23 




8.3.Muzokara jarayonida vositachilik 

Muzokaraotda  faoliyat  ko`rsatayotgan  psixolog  joylarda  uch  asosiy  funktsiyani 

bajaradi: 

1)

 



Ekspert  sifatida,  ya`ni,  bu  shunday  shaxski,  u  klient  yoki  mijoz  tomonidan  taklif 

qilinadi.  Ular  birgalikda  biror  ijtimoiy  psixologik  vaziyatni  tahlil  qilishadi,  xulosalar 

natijasida  yangiliklar  kiritishadi,  ziddiyatli  yoki  janjalli  vaziyatlarda  maqsadga  muvofiq 

to`g`ri  xulq  shaklini  taklif  etishadi.  Demak,  ekspert  ishining  oqibati  -  xulosa  chiqarib,  so`ng 

tavsiyalar berishdir. 

2)

 

 Maslahatchi  -  ekspertdan  farqli,  mijoz  tomonidan  bir  martalik  emas,  balki  bir 

necha  marta  ayni  muammo  bo`yicha  maslahat  berish  va  xulosalar  chiqarish  uchun  taklif 

etiladi.  Uning  aralashuvi  bevosita  bo`lib,  faoliyati  oqibatida  biror  shaxs  yoki  yaxlit 

jamoaga yordam ko`rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi. 

3. O`rgatuvchi  -  odatda  buyurtma  asosida  joylarda  o`quvlar,  kurslar  tashkil  qiladi. 

Uning  asosiy  vositasi  sotsial  psixologik  trening  va  uning  turli  ko`rinishlari  bo`lib,  oqibati  - 

ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o`rgatishdir. 

Yurtimizda ma`naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan 

ishlarning  ahamiyati  shundaki,  ular  yoshlarda  o`z  xalqining  madaniyati,  Vatanining  o`tmishi va 

buguni, milliy qadriyatlarga to`g`ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo`ladi va bu - ziyoli, 

bilimdon  kishilar  uchun  eng  zarur  fazilatdir.  Aks  holda,  olam  siru  asrorlarini  chuqur  bilgan, 

qiziqishlari doirasida  jiddiy  izlanishlar  olib  borishga  tayyor  shaxs,  agar  u,  bu  bilimlarni 

avval  o`z  xalqi,  millati,          yaqinlari  manfaatiga  yo`naltira  olmasa,  uning  jamiyat 

taraqqiyotiga  aloqasini  tasavvur  qilolmasa,  ma`naviyati  qashshoq,  iqtidori  esa  samarasiz, 

xudbin shaxs sifatida baholanadi. 

Nazorat savollari 

1.

 



Muzokara tushunchasi haqida. 

2.

 



Muzokaraga umumiy tavsifnoma bering. 

3.

 



Muzokaraga kirishish strategiyalari haqida. 

4.

 



Muzokara dinamikasini ayting. 

5.

 



Muzokaraga kirishishning asosiy usullari haqida. 

6.

 



Muzokara jarayonida vositachilik ahamiyati haqida. 

 

 Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 

 

1.  Antsupov  A.  Ya.,  Shipilov  A.  I.  Konfliktologiya:  Uchebnik  dlya  vuzov.  -  M.:  YuNITI, 



1999. - Razd. I, III. 

2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 



3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling