O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTAB MENEJMENTI KAFEDRASI
MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM
YO‘NALISHI
02/21– GURUH TALABASI
YO’LDOSHEV ILXOMJON ABDURASHID O’G’LINING
“IQTISODIYOT”
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Ilmiy rahbar : Radjabova G
Qo’qon-2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….
1-BOB. TAVARNING NAFLILIGI VA QADR QIYMATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI…..
Tovar nafliligi xaqidagi nazariyalar ……………………………
Tovar qiymati to’g’risidagi iqtisodiy qarashlar……………………
2-BOB XOZIRGI ZAMON TAVAR NAFLILIGI VA ULARNI QADR QIYMATI TO’G’RISIDAGI QARASHLARNING RIVOJLANISHI…………
2.1 Tovar qiymati nazariyasiga marjinalistik yondashuv………………………………………………………………..
2.2 Tovar nafliligi va qadr qiymat nazariyasiga O’zbekiston olimlari qo’shgan hissalari………………….
XULOSA………………………………………………………………………………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………………………………………………………….
KIRISH
Kurs ishini mavzusining dolzarbligi. Hozrigi glaballashuv jarayonlari tezlashgan vaqtda tavarning nafliligi va qadr qiymatini nazariy o’rganish muhim.Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjuddir. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir». Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir. Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |