Maktab menejmenti kafedrasi
Download 123.37 Kb.
|
kurs ishi Ilxomjon 2022 23.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kusr ishining predmeti
- 1-BOB. TAVARNING NAFLILIGI VA QADR QIYMATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1Tovar nafliligi xaqidagi nazariyalar 1 Tovar1
Kurs ishining maqsadi Tovar nafliligi va qadr qiymati to’g’risidagi nazariyalarni ochib berish va Tovar nafliligi Qadr qiymati va qiymatining o’rganishning ilmiy metodlari o’rganishdan iborat
Kurs ishining vazifalari.Har qanday ish yoki masalani bajarish uchun malum bir reja tuziladi va shu reja asosida amalga oshiriladi.Mazkur kurs ishimning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarini reja asosida bajarishga asosiy etibor qaratildi: Tovar nafliligi va qadr qiymatining ilmiiy nazariy asoslarini o’rganish. Xozirgi zamon Tovar nafliligi va ularning qadr qiymati to’g’risidagi qarashlarni o’rganish va tahlil qilish . Tovar nafliligi va qadr qiymat nazariyasiga O’zbekiston olimlari qo’shgan hissalarini o’rganish Kusr ishining predmeti Tovar nafliligi va qadr qiymatining ilmiy nazariy asoslarini tahlil qilish Kurs ishining obekti: Tovarning nafliligi va qadr qiymat to’g’risidagi nazariyalarning xususiyatlari hamda ularni taxlili Kurs ishining tuzulishi :Kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rta paragraf, xulosa hamda Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 1-BOB. TAVARNING NAFLILIGI VA QADR QIYMATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1Tovar nafliligi xaqidagi nazariyalar 1Tovar1(rus.) — 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat modiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. Tovar shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda tavarning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi. Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. Tovarning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Naflilik moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2-marta ortsa, uning nafliligi 2-marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning Naflilik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy Naflilik isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy Naflilik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda Naflilik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni haridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi Naflilik uni tutib turadi.Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng, harid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, harid narxining cheklanganligi tufayli haridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu naflikning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi.Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki naflilikning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy naflik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning naflik juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha naflk nazariyalari paydo boʻldi. naflilik muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni naflilikga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv nafliligini yoki subʼyektiv nafliligini (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv naflilik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida qadrlaydilar. Download 123.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling