Maktab menejmenti kafedrasi
Tovar nafliligi va qadr qiymat nazariyasiga O’zbekiston olimlari qo’shgan hissalari
Download 123.37 Kb.
|
kurs ishi Ilxomjon 2022 23.12.2022
2.2 Tovar nafliligi va qadr qiymat nazariyasiga O’zbekiston olimlari qo’shgan hissalari Iqtisodiyot nazariyasi tavar va tavar nafliligi to’g’risiga faqatgina chet davlat olimlarigina fikrlar nazariyalar yozib qoldirishmagan bizning olimlarimiz ham juda chiroyli va aniq fikrlar yozib qoldirgan masalan:Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, Hadislarni, Qobusnomani, Ibn Holdun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Holdun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, Oddiy va murakkab mehnatni zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan. Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi kismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Forobiyning mulkchilik to‘g ‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi. Forobiy kishilami mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘Isa, и holda ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Biz boba kalonimiz A.Temur ham iqtisodiyotga juda kata hissa qo’shgan.4 A.Temuming iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo‘lib, quyida biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan g‘oyalar mazkur asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent, 1991). Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo‘shin a’zolarining maoshi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o‘zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha maosh olishi, o‘nboshi o‘z qaramog‘idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi o‘nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. «Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalami yig‘ish va xaij (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojniyig'ish vaqtida, — deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, - ikki vazir tayinlansin. Biri to ‘plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ulaming ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig'ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi 6 6 vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig'ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko‘rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo'yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug‘oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‘rtdan biriga (25 foiz) teng bo‘lgan miqdorda to‘plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig'i atrofida bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Bizning bobo kalonlarimizdan Mirzo Ulug’bek davriga kelib iqtisodiyot yanada rivojlangan davrga keldik. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan awal soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon (avgust va sentabr); 3) qavs (noyabr). Yana bir muhim masala shuki, soliqlami yig‘ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog‘bonga nisbatan zug‘um o'tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo‘yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo‘lgan daxlsizligi ta’minlangan. Umuman, soliq bo‘yicha qarzdorlami bandi qilish va zanjir bilan kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilaming haqqi yo‘q edi. Bizning yan bir bobokalonimiz davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Boburing «Mubayyin» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan.
Asaming nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma’lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «nisobi», ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan 73 soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog‘liq ravishda olingan. Yemi sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun’iy sug‘orishni talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo‘lgan. Suv solig‘i quyidagicha olingan: «agar sug‘orish davrida chig‘ir qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to‘lashing kerak», ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‘g‘ridir.5 Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‘imlar tamomila islomiy shariatga to‘la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo‘yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot qilib berilgan. Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ulaming iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushunar edi. Download 123.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling