1-mavzu: Psixologik maslahat: shakl va usullari
Download 247.46 Kb.
|
EPWMnfxuAwSBhlCxylW2sTiy5KmH8qpiFMeIcbjS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik maslaxat tushunchasi. Maktabda psixologik maslaxat tushunchasi
1-mavzu: Psixologik maslahat: shakl va usullari. Reja: Psixologik maslahat tushunchasi. Maktabda psixologik maslahat tushunchasi. Psixologik maslahat ko‘rsatish sabablari: rejali, muammoli, krizis va boshqalar. Psixologning ish shakllari: individual va guruhiy. Psixologning ishlash usullari: kuzatish, suhbat, test va boshqalar. Psixologik maslaxat tushunchasi. Maktabda psixologik maslaxat tushunchasi Amaliy psixolog ish faoliyatining asosiy yо‘nalishlaridan biri – psixologik maslaxatdir. Psixologik yordam kо‘rsatish sohasining barcha turlarida bо‘lganidek, psixolog maslaxat ishlarini olib borayotganida nazariy, tashkiliy prinsiplardan foydalanadi. Maslaxat ishlarini amalga oshirishga bо‘lgan turli-tuman nazariy va amaliy yondoshuvlar uchun eng muhimi psixologning individual va madaniy empatiyasi, kuzatuvchanligi, uning shaxsga va ijtimoiy muhitga beradigan bahosi hamda ijobiy о‘sish va taraqqiyot metodlarini qо‘llash hisoblanadi. Psixologik maslaxatning maqsadi – kelajak hissiga ega bо‘lgan, ongli ravishda harakat qiladigan, xulq-atvorning turli strategiyalarini ishlab chiqishga va yuzaga kelgan vaziyatni turli nuqtai-nazardan tahlil qila olishga qobil bо‘lgan madaniyatli- mahsuldor shaxsdir, ya’ni maslaxat berish amaliy psixologiyaning asosiy yо‘nalishlaridan biri sifatida quyidagi maqsadlar asosida amalga oshiriladi: 1. Yuzaga kelgan muammoni tezda hal yetishda mijozga yordam berish. Operativ muammolarni hal yetishda og‘zaki maslaxat shaklidagi psixologik yordam juda muhimdir. Bolaning о‘z ota-onasi bilan о‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, va ularni vaqtida hal etilmaganligi bola jismoniy va psixik salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 2. Hayotiy maslaxat kerak bо‘lgan masalalarni hal etishda psixologik yordam kо‘rsatish. Masalan, mijoz uchun qulay kun tartibini tanlab olish, turli ishlarni bajarishda vaqtni tо‘g‘ri taqsimlashi borasida maslaxat berish. 3. Uzoq vaqt mobaynida doimiy psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish kerak bо‘lgan, lekin ba’zi sabablarga kо‘ra bunga imkoniyat bо‘lmagan holatda vaqtinchalik yordam kо‘rsatish. Masalan, kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishda. Psixolog- maslaxatchining asosiy vazifasi normal, psixik jihatdan sog‘lom bо‘lgan mijoz uchun madaniy imkoniyatlar darajasida va unga mos holda hatti-harakatni amalga oshirishga yordam beruvchi ongli va ijodiy usullar bilan (bir qolipda bо‘lmagan) harakat qilish uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Psixologik maslaxat amaliy psixologning kasbiy faoliyatini muhim yо‘nalishlariga tegishli. Psixologik maslaxatning asosiy vazifasini quyidagicha aniqlash mumkin. Mijoz о‘zining hayotiy qiyinchiliklarga tashqaridan nazar tashlay oladigan sharoitni yaratish, xulq-atvorni maqbul bо‘lmagan usullarini anglash va о‘zaro munosabatlar о‘rnatish hamda unga yangi emotsional va shaxsiy tajriba orttirishga yordam beruvchi adekvat xatti-harakatlarni hosil qilish. Bundan asosiy maqsad insonni yuqori daraada о‘zini о‘zi anglagan shaxsiy mustaqil tarzda tanlangan hayotiy strategiyasini amalga oshirishga qodir bо‘lgan о‘z taqdiri uchun javobgarlikni bо‘yniga olishga tayyor yetuk shaxs sifatida shakllanishida unga psixologik ёrdam kо‘rsatish hisolanadi. Psixologik maslaxat psixoterapiyadan shartli ravishda ajratiladi chunki maslaxat jarayonida kо‘pincha psixoterapevtik metodlar va usullar qо‘llaniladi. Shunday bо‘lsa ham psixoterapiyaga nisbatan psixologik maslaxat birmuncha yuzaki xarakterga ega deb hisoblanadi. Download 247.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling