1-mavzu: Psixologik maslahat: shakl va usullari


Psixologning ish shakllari: individual va guruhiy


Download 247.46 Kb.
bet3/4
Sana20.09.2023
Hajmi247.46 Kb.
#1683132
1   2   3   4
Bog'liq
EPWMnfxuAwSBhlCxylW2sTiy5KmH8qpiFMeIcbjS

Psixologning ish shakllari: individual va guruhiy
Psixologik maslaxat – bu psixik sog‘lom odam о‘zining hayotida yuzaga keladigan barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam kо‘rsatish amaliyotidir. Lekin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini, о‘zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi. Professional tayyorlangan psixolog-maslaxatchi mana shu bо‘yicha unga yordam kо‘rsatishi kerak.
Psixologik maslaxatning asosiy vazifasi shundan iborat. Maslaxat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan mijoz bilan maxsus ish uslublari va unga ta’sir kо‘rsatish metodlarini qо‘llaydi, shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarli va mumkin bо‘ladigan qilib amalga oshiriladi.
Psixolog-maslaxatchining mijoz bilan uchrashuvi kо‘pincha bir-ikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Kо‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va undan kо‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslaxat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslaxatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bо‘ladi-ki, bir-ikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslaxatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va tо‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslaxatchi tomonidan qо‘shimcha yordam kо‘rsatishni talab etadi.
Guruhiy psixologik maslaxatning о‘ziga xos jihatlari. Guruh bu ijtimoiy yaxlitlikdan ma’lum belgilariga kо‘ra (faoliyat xarakteri, ijtimoiy mavqei, rivojlanish darajasi va b.q.) ajratib olingan, chegaralangan hajmga ega kishilar jamoasidir.
Guruhlar kо‘pincha quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
-Hajmiga kо‘ra (katta, kichik, mikroguruhlar);
- Ijtimoiy mavqeiga kо‘ra: formal – noformal (rasmiy - norasmiy);
- О‘zaro bog‘liqlik hususiyatlariga kо‘ra (real, kontaktli va shartli);
- Rivojlanish darajasiga kо‘ra (past daraja: assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, diffuz; yuqori darajali: jamoalar);
- Ahamiyatligiga kо‘ra (referent, a’zolik guruhlar).
Ajratilgan belgilar har bir konkret guruhni faoliyatdagi maqsad va vazifalarining о‘ziga xosligini belgilab beradi. О‘zaro ta’sir jarayonida konsultantning va assistentning funksiyasi Psixologik maslaxat unda xizmat qiladigan mutaxassislarning soniga kо‘ra turlicha bо‘lishi mumkin. Nisbatan tor ma’nodagi muammo ustida xususiy amaliyot ishini yurituvchi kichik maslaxat xizmatlari mavjud. Shunday bir holatni tasavvur etish mumkin. Bir psixolog mutaxassisning о‘zi turli muammolar yuzasidan barcha ishlarni, hatto yordamchi xodimlarsiz bajaradi. Bu xususiy psixologik xizmat amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardir. Shuningdek, katta bir muassasada о‘nlab yoki undan ham ortiq turli soha bо‘yicha ish yurituvchi psixologlar xizmatining yaxlit bir tashkiloti bо‘lishi ham mumkin. Eng kо‘p uchraydigani psixologik maslaxatlarni tо‘rttadan oltitagacha bо‘lgan psixolog maslaxatchilar bо‘lsa, qolganlari yordamchi xodimlar xizmat qiluvchi maslaxat xonalaridir. Majburiyatlarni taqsimlash muammosi faqatgina maslaxatxonalarda bir necha mutaxassis xizmat qilgan chog‘dagina yuzaga keladi. Bunday holatda majburiyatlarni gо‘yo tibbiy masalalardagi (masalan, kasalxona, poliklinika) kabi taqsimlash lozim, ya’ni psixologik maslaxatlarning ayrim turlarini chuqurlashtirib, ixtisoslar tomonidan о‘rganilishini ta’minlash kerak. Psixolog maslaxatlari qanchalik kо‘p bо‘lsa, taqsimot shunchalik aniq bо‘lmog‘i zarur. Bunday tavsiya shunisi bilan afzalki, mutaxassislikning biror tor sohasi bilan shug‘ullanadigan psixolog umumiy maslaxat beruvchi psixologga nisbatan yuqori darajada kasbiy mutaxassislik mahoratiga erishadi. Biroq maslaxatxonada faqat ikki psixolog maslaxatchi xizmat qilsa, ular о‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash va ularni ixtisoslashtirish shart emas, bu agar psixolog ish joyida bо‘lmay qolsa, mijozlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘diradi. Bunday holda: ishning asosiy qismini ikki psixolog uchun ham umumiy qilib, qolgan qismini ixtisoslashtirish zarur.
Guruhiy psixologik maslaxatning samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar Ijtimoiy psixologik trening ta’sir kо‘rsatish metodi sifatida jahon amaliyotida keng qо‘llanilib kelinmoqda. Ijtimoiy psixologik trening shaxslararo bir-birini tushunish, muloqotning empativ potentsiallarini oshirish, ichki muammolarni hal etishga imkon tug‘diradi. Kundalik hayot vaziyatlaridagi reaksiyalar jiddiy yashirin tarzda bо‘lsa, guruhlardagi bu jarayon ochiq tarzda vujudga keladi.
Guruhlarda «Yashashni qayta boshlash» mumkin. Moslanish va taraqqiy etishga halaqit beruvchi hulqdagi steriotiplarni bardosh bilan yengish, tevarak atrofdagilar bilan о‘zaro munosabatlardagi yangi malakalarni о‘zlashtirish mumkin. Ijtimoiy psixologik trening − psixoterapiyaning murakkab hamda eng samarali metodlaridan biri bо‘lib, uning muvaffaqiyatli о‘tishi guruh a’zolarining istaklari, shu muammolarini tan olishi, nimanidir о‘zlashtirishga intilishiga bog‘liq bо‘ladi. Ijtimoiy psixologik treningni muvaffaqiyatli о‘tishi kuzatuvchi yoki bajaruvchigagina emas, balki barcha guruh ahzolarining hamkorlikdagi faol harakatlarini talab etadi. Buni barcha qatnashuvchilar bilimi, salbiy emotsiyalarni qabul qilishga tayyorligi, bu esa о‘z navbatda psixologik himoya va yangi xulq-atvorni shakllantirishning shakli ekanligini bilish zarur. Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslaxatni qо‘llash. Psixolog-maslaxatchini kasbiy tayyorlash har qanday psixolog uchun majburiy bо‘lgan umumta’lim ilmiy tayyorgarlikdan tashqari (unga har qanday ixtisosdagi professional psixolog uchun zarur bо‘lgan ilmiy bilimlar minimumi kiradi) kerakli kasbiy sohasida, maslaxat berish sohasida ixtisoslashishni kо‘zda tutuvchi psixologiyaning qator bо‘limlarini о‘zlashtirishni ham о‘z ichiga oladi.
Psixolog-maslaxatchini kasbiy tayyorlash maxsus yо‘nalishlari quyidagilar:
- Psixologik maslaxatning tayyorgarlik bosqichini о‘rganish.
- Psixolog-maslaxatchi ishlari mazmuni tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘zlashtirish.
- Psixolog-maslaxatchining mijozlar bilan ishlash metodlarini egallab olish.
- Quyidagi maxsus sohalarda psixologik maslaxat о‘tkazish xususiyatlari bilan tanishish: oilaviy maslaxatlar, amaliy maslaxatlar, psixologo-pedagogik maslaxatlar, intim-shaxsiy maslaxat о‘tkazish.
- Psixolog-maslaxatchining ancha tajribali psixolog-maslaxatchi – supervizor rahbarligi ostida ishlashi.



Download 247.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling