1-mavzu: Psixologik maslahat: shakl va usullari


Psixologning ishlash usullari: kuzatish, suhbat, test va boshqalar


Download 247.46 Kb.
bet4/4
Sana20.09.2023
Hajmi247.46 Kb.
#1683132
1   2   3   4
Bog'liq
EPWMnfxuAwSBhlCxylW2sTiy5KmH8qpiFMeIcbjS

Psixologning ishlash usullari: kuzatish, suhbat, test va boshqalar
Amaliy psixolog faoliyatirning boshqa yо‘nalishlai singari maslaxat ham turli asoslarga kо‘ra tasniflashi mumkin bо‘ladi:
-nazariy yо‘nalganlik bо‘yicha (psixoanalitik, xulq-atvor, gumanistik, geshtalt-maslaxatchi va boshqalar);
-mijozning yosh davri bо‘yicha (bolalik, о‘smirlik, yetuklik yoshiga doir maslaxat va boshqalar);
-fazo-makonga oid tuzilish bо‘yicha (bevosita va bilvosita aloqa ya’ni yuzma-yuz yo о‘z navbatida telefonda yozma shaklda elektron-internet orqali amalga oshiriladigan masofaviy yoki bevosita ishtirok etilmaydigan, sirtdan suhbat hisoblandi);
-mijozlar guruhi bо‘yicha (individual yoki guruhiy);
-bir qancha psixologik muammolar bо‘yicha (muloqot muammosi bо‘yicha, emotsional sohadagi muammolar bо‘yicha, shaxsiy muammolar va boshqalar bо‘yicha maslaxat);
-qо‘llanish sohasi bо‘yicha (maktabga, kasb-hunarga, oilaviy va er-xotin munosabatlariga biznesga doir maslaxatlar va boshqalar).
G.A.Abramova (1994) asosiy maslaxat metodi sifatida intervyuni e’tirof etadi. U tomonidan interyu jarayoniga ta’sir kо‘rsatuvchi quyidagi metodlar ajratilgan:
1.Interpretatsiya izoh;
2.Yо‘riqnoma (direktiv, dastur, kо‘rsatma);
3.Axborot;
4.О‘zini о‘zi namoyon qilish.
5.Qaytarma aloqa.
6.Mantiqiy ketma –ketlik (izchillik).
7.Xulosa.
8.Ochiq
9.Yopiq savollar.
10.Rag‘batlantirish.
11.Sо‘zlab berish (hikoya qilish).
12.His-tuyg‘ularni ifodalash.
V.M.Menovshikov (1998) fikriga kо‘ra maslaxatda norefleksiv (sukut saqlay bilish) va refleksiv (qaytarma aloqa qaytarish) tinglash texnikasi muhim ahamiyatga ega. Refleksiv tinglash usullariga quyidagilar tegishli:
-aniqlashtirish;
-boshqa ifoda etish;
-his-tuyg‘ularni ifodalash;
-xulosa qilish;
-tafsilotlar;
-sо‘zlab berish;
-suhbatdosh fikrlarining keyingi rivoji;
-hamrohining idroki haqidagi xabar;
-о‘z-о‘zini idroki haqida fikr-mulohazalar.
Keltirilgan rо‘yhatlardan kо‘pgina bandlarning о‘xshashligini payqash oson. V.Y.Menovshikov ishlaridan (1998) maslaxat jarayonining turli bosqichlarida har xil usullar qо‘llanilishini misollar bilan tushuntiruvchi jadvalni keltiramiz.
Psixologik maslaxatning asosiy metodi – intervyudir. Psixolog maslaxatchi mijoz talabnomasi asosida ishlaydi. Intervyu mijoz talabnomasining, vaziyatning о‘ziga xosligini tahlil qilishning maxsus usuli bо‘lib, uning maqsadi mijoz uchun hatti-harakatning alternativ variantlarini yuzaga keltirishdan iborat. Mijoz muammosini tadqiq qilish mutaxassis tomonidan quyidagi usullardan foydalanish natijasida olib boriladi: suhbat, intervyu, psixologik testlar.

Suhbat, mutaxassis tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilinganda, butun psixokorreksiya jarayonini olib borishni asosiy usuli hisoblanadi. Bunda «mijoz-mutaxassis» muloqoti jarayonida olingan aniq ma’lumotlar asosida tadqiqotchini qiziqtirayotgan bog‘liqlik aniqlanadi. Psixologik (ruhiy) maslaxatlashuv turli bosqichlarda qо‘llaniladi. Suhbatning spetsifik turi sifatida intervyu farqlanadi.
Erkin intervyu suhbat mavzusi va shakliga bog‘liq emas va zarur ma’lumot olishda mijoz bilan hamkorlik qilishga mо‘ljallangan. Uning yutuqlariga mijoz va uning muammolari haqida tо‘liq ma’lumot olish imkoniyatini berishida, mijozning bevosita о‘zini tutishi ish doirasidagi reaksiyalarini mutaxassis kuzatish imkoniga ega bо‘lishi, kamchiligiga ega – juda katta vaqt oralig‘ini kiritish mumkin. Standartlashgan intervyu shaklan anketaga yaqin, biroq javob shakllantirishda mijozning imkoniyatlariga kengroqdir. Muammoni tushunish uchun maslaxatlashuv jarayonining boshidayoq ushbu metoddan foydalanish juda foydalidir. Intervyu о‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik kо‘rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bо‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada «rolli о‘yinlar» metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan о‘tadilar.
Intervyu – og‘zaki sо‘rov orqali ijtimoiy-psixologik ma’lumotlar olish usulidir. Intervyu (interviyew − suhbat) − bu ijtimoiy psixologiya metodi bо‘lib, qо‘yilgan savollarga berilgan javob tariqasida axborotlarni tо‘plash usuli.
Suhbat metodidan tо‘g‘ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat о‘tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog‘liqdir. Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud.

Takrorlangan sо‘zlar, «g‘aliz» iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bо‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish holatlarini yuzaga chiqarib, atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga tо‘g‘ri keladi. Amaliyotchi psixolog ishida qо‘llaniladigan intervyu boshqa metodlardan nimasi bilan farqlanadi? Avvalom bor, intervyu doimo individuallashgan bо‘lib, u psixolog bilan mijozning о‘zaro ta’siri predmetini tuzishga qaratilgan bо‘ladi. О‘zaro ta’sir predmeti – mijozning ichki dunyosi. U bayon etiladigan modalliklar psixolog bilan mijoz о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir mavzusini tashkil etadi. Masalan, mavzu sifatida mijozning kechinmalari yoki uning alohida hatti-harakatlari ham chiqishi mumkin.
Intervyu jarayoni turli mavzularni muhokama qilishda mijozning ichki dunyosiga bо‘lgan о‘z munosabatlarini о‘zgartirishga qaratiladi. Intervyu mavzusi mijoz tomonidan muayyan tarzda, qat’iy individual hayotiy kontekstda ilgari suriladi. Ayni bir mavzuning о‘zi, masalan, ota-onasining kompetentsizligi turli kontekstda: notо‘liq oila, takroriy nikoh va boshqa kontekstda berilishi mumkin. Bunda psixolog intervyu davomida о‘zining shaxsiy proyeksiyalarini doimo nazorat qilishi lozim. Bu intervyuning podteksti sifatida ifodalanishi mumkin.
Intervyu mijozning aktual va potensial imkoniyatlarini namoyon qilishga qaratilgan, maxsus topshiriqlar yoki savollar yordamida unga ta’sir etishni kо‘zda tutadi. Intervyu jarayonining quyidagi besh qadamli modeli farqlanadi:
- Intervyuning 1- bosqichi – о‘zaro bir-birini tushunishga erishish bosqichi.
- Intervyuning 2- bosqichi – mavzu mohiyati bо‘yicha ma’lumot tо‘plash bosqichi. Bunda muammo aniqlanadi, mijoz potensial imkoniyatlarining identefikatsiyasi haqidagi masala hal etiladi, psixolog tomonidan mijozning maqsadi tushuniladi.
- Intervyuning 3- bosqichi. Bu kutilayotgan natijani aniqlash bosqichi bо‘lib, psixolog mijozga о‘z idealini aniqlab olishiga kо‘maklashadi. Shuningdek, kutilayotgan natijaga erishilgach, nima rо‘y berishi muhokama qilinadi.
- Intervyuning 4- bosqichi. Bu bosqichda alternativ (muqobil) qarorlar ishlab chiqiladi. Psixolog va mijoz muammoni hal qilishning turli variantlari ustida ishlaydilar, mijoz shaxsi dinamikasini о‘rganadilar. Odatda bu bosqich uzoq vaqtga chо‘ziladi. Bunda psixolog shuni ham hisobga olishi zarurki, u uchun tо‘g‘ri deb qabul qilinuvchi qaror, mijoz tomonidan notо‘g‘ridek idrok qilinishi mumkin.
- Intervyuning 5- bosqichi – umumlashtirish, amaliy harakatlarga о‘tish bosqichi. Psixolog bu bosqichda mijozning intervyu vaziyatidan tashqaridagi kundalik hayotidagi hissiyot, fikr, harakatlarini о‘zgartirish ustida ishlaydi. Shunday qilib, intervyuning muvaffaqiyati, samaradorligini belgilovchi eng muhim kо‘rsatkich mijozning о‘zgargani, uning «Men boshqachaman» degan mazmundagi kechinmalaridir. Maslaxat ishlari individual yoki guruhiy shaklda olib borilishi mumkin.
Download 247.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling