1-mavzu. Psixologiya fanining predmet
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari
Download 152.09 Kb.
|
1 (2)
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo’lib, fizik jism emas, balki metafizik, sezib bo’lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatan yashayotgan ideyalar (g’oyalar), «obrazlar» dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o’sha dunyodan kelib qo’shiladi. Uning tana bilan birga bo’lishi vaqtinchalikdir, tana o’lishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi narsa kabi, doimo ideya (g’oya) lar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo’lib intilib turadi. O’z ongini oshirish yo’li bilan shu dunyo haqida eslash insonga haqiqiy demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir manbai – ideyalar dunyosidir. Bizning atrofimizdagi dunyoni sezishimiz va idrok qilishimiz esa, faqatgina o’zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida bilim beradi, xolos. Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon bo’lishi ko’pchilik kishilarda to’silib turilishi va moddiy tanaga bo’ysundirilishi mumkin. oqibatda, jon ideyalar dunyosini go’yo esdan chiqarib, materiyaga g’arq bo’lmog’i mumkin. Shuning uchun ham yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik g’arq bo’lish darajasiga qarab, go’yoki uch qismga bo’linadi. Har bir kishida ularning har biri har xil darajada namoyon bo’ladi. Eng oliy qismi – bu insonning (g’oya) ideyalarni ko’rish - bilish darajasigacha ko’tarila olish qobiliyatiga ega bo’lgan yuksak aqldir, jonning bu qismi insonning boshidan o’rin oladi; jonning faol qismi, g’azab, shuhratparastlik, oliyjanoblik ehtiroslari va ma’naviy fazilatlar manbaidir, u yurakda joylashgan. Jonning uchinchi qismi turli hush-nohush hislar. U his va kayf-safoga doir his-tuyg’ular manbai bo’lib, qorinda joylashgan bo’ladi. Jonning qaysi qismi ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari – hayotining yo’nalishi, xarakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo’ladi. Qadimgi grek materialistlari, shuningdek idealist Sokrat va Platonlar ham o’zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon qilingan mukammal asar sifatida qoldirmaganlar. Ularning bu fikrlari asosan ayrim-ayrim mulohazalar tariqasida saqlanib qolgan. Platonning psixologik fikrlari esa har xil falsafiy asarlarida– dialoglarda sochilgan. Grek filosoflaridan birinchi bo’lib ruh, va ruhiy faoliyat haqida sistemali ta’limot yaratgan kishi Aristotel (384-322 y.)bo’lgan. Aristotel Platonning shogirdi bo’lib, Aristotel o’z falsafiy ta’limotida idealizm bilan materializm o’rtasida ikkilanib qolgan. Aristotel maxsus ilmiy predmet sifatidagi psixologiyaning asoschisi va otasidir, u bir qancha asarlar –traktatlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo’yicha o’z ta’limotini bayon qiladi. Bulardan eng muhimi «Peri psixis», ya’ni «Ruh haqida» deb nomlangan traktatidir. Aristotel ruh, tana bilan uzviy bog’langan, deb hisobladi. Lekin uning fikricha ruh, moddiy, jismiy ham bir narsa emas. Aristotel jon (ruh,) ning uch qismi haqida Platon ta’limotidan farq qilib, uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqliy ruh turlari haqida ta’limot yaratdi. Vegetativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko’payishda ifodalanadi. Ruhning bu turi o’simliklarda, hayvonlarda, insonlarda ham bo’ladi. Sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va hislarda, xotira va tasavvurlarda namoyon bo’ladi. Ruhning bu turi hayvonlarda ham, insonlarda ham bo’ladi. Aqlli ruhning faoliyati tafakkurda, bilimda va ixtiyoriy harakatlarda yuzaga chiqadi. Aqlli ruh faqatgina insonlarga xosdir. Shu aqliy insoniy ruh va uning faoliyati haqidagi mulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o’rin tutadi. Uning fikricha, bu ruhning mohiyati yashirin, ilmiy yo’l bilan bilib bo’lmaydigan botir kuchdan iborat. «Ruh, haqida aniq, tushuncha berish,–deydi Aristotel,–har jihatdan haddan tashqari qiyin ish, ruh_ bu jism emas, balki o’shanga xos bir narsadir...U mavhum tushunchadir». Aristotelning fikricha, aqlli ruh ilohiy yo’l bilan paydo bo’lgan u tanadan tashqarida ham yashay oladi. Tana o’lgandan keyin «aqlli ruh, ilohiy ruh, bilan qo’shilib ketadi». Aristotel, inson sezgilari tashqi moddiy qo’zg’ovchilar ta’siri tufayli hosil bo’ladi degan fikrni ta’kidlagan. Tafakkur haqidagi ta’limotida u Platonning umumiy va mavhum tushuncha-ideyalar narigi dunyodan kelib chiqqan degan ta’limotini inkor qildi. Aristotel tushunchalarida ifodalangan umumiylik yakka narsalardan tashqarida yoki yakka narsalardan avval o’zi bor bo’lgan emas, balki yakka narsalarning o’zida bo’ladi, degan ta’limotni ilgari surdi. Qadimgi grek va rim filosoflari Aristoteldan keyin Demokrit (materialistik psixologiya) Platon va Aristotel (idealistik psixologiya) lar yaratgan psixologik ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qanday yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko’zga ko’ringan vakillari grek filosofi Epikur (342–271 y.) va rim shoiri-filosofi Lukretsiy Karr (99–55 y.) edilar. Epikurning fikricha, ruh g’ayri jismoniy bir narsa emas, «Jismsiz bo’shliqdan boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g’ayri jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar» Epikur moddiy bo’lmagan substantsiyaning mavjudligini mutlaqo inkor qilib, «ruh, butun organizmga tarqalgan juda nozik jismdir» deb hisobladi. Lukretsiy o’zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asarida atomistik materializm falsafasini, xususan ruh haqidagi materialistik ta’limotni poetik formada bayon qiladi. U moddiy bo’lmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. «Jon, ruh yoki aql moddiy bo’lib, faqat inson tanasiga xos bo’lgan kuchlarnigina tashkil qiladi»... Ruh ham, jon ham, jismiy tabiatga ega. Psixologiya bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta’rifi mavjud; ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy printsip deb, uning faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo’ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot ob’ektiga aylantirib, bir vaqning o’zida ong, ong ham predmet, ham izohiy printsip bo’lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi suboekt tizimini yengib, psixologiyani oboektiv tadqiqot yo’liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya psixika va ongni o’z tadqiqot predmeti sifatida yo’qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo’lganidek psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to’la, ba’zan, turg’unlik, ba’zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi boskichlarni bosib o’tgan. Psixologiya haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar eramizgacha VI asrlarda paydo bo’lgan. Taraqqiyotning shu katta davrini o’rganish uchun qismlarga ajratish, bosqichlarga bo’lish va har bir davrning mazmunini belgilash kerak bo’ladi. Psixologiya tarixida ikkita katta davr ajratiladi. Birinchisi - psixologiyaning falsafa, boshqa tibbiy, ilmiy fanlar tarkibidagi taraqqiyoti, ikkinchisi - taraqqiyoti psixologiyani ilmiy asoslarini psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi vaqt bo’yicha olganda birinchisi eramizgacha VI asrdan eramizning XIX asrining o’rtalarigacha davom etib 2,5 ming yildan ortiq vaqtni o’z ichiga olsa, ikkinchi davr 1,5 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Har ikkala katta davrning haqiqatga yaqin ekanligiga shubha qilmagan holda, har bir davrni yana mayda davrlarga bo’lib chiqish mumkin. Xronologiyaga ko’ra XVIII asr, XIX asr va XX asrlar psixologiyasi, geografik joy o’rniga ko’ra Masalan: Meksika, Angliya, Frantsiya psixologiyalari kabi. Boshqa fanlarda ham bo’lganidek psixologiya tarixi fanlari ham shartli bo’lib, u ba’zan o’rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy yondoshishiga va hakozo sabablarga bog’liq bo’lgan. Shartli ravishda psixologiya tarixining quyidagi davrlarini belgilash mumkin: Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z aksini topgan. Download 152.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling