1-mavzu. Psixologiya fanining predmet


Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni


Download 152.09 Kb.
bet4/7
Sana03.02.2023
Hajmi152.09 Kb.
#1156568
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 (2)

Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
Psixologiya ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog’liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rnini belgilab beradi. Bizga ma’lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo’lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o’rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq.
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an’analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g’oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan va buni ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o’z ahamiyatiga ko’ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda turadi, deb ta’kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor.
Tabiiy fanlar – biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. SHuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani tomonidan qo’lgan kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturlardan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX-asrda va har bir alohida ma’lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global axboriy jarayonlar va yangi ilg’or texnologiyalarni modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida, hamda ana shunday ijtimoiy faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi va maxsus kompьyuter dasturlarining keng qo’llanilishi, inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan, murakkab texnikani boshqaruvchi inson muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotiga bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada takomil-lashtirish va uning imkoniyatlariga mosligi masalasi ham ana shu hamkorlikda qilinishi lozim bo’lgan masalalardir. Ayniqsa, mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va odam-mashina dialogining eng samarali yo’llarini izlab topish juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fani pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina muvaffaqiyatga erishadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning yangiliklaridan bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.



Download 152.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling