1-mavzu. Psixologiya fanining predmet


Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm


Download 152.09 Kb.
bet2/7
Sana03.02.2023
Hajmi152.09 Kb.
#1156568
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 (2)

Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi» degan edi.


Psixologiyaning rivojlanish bosqichlari
«Psixologiya» termini XVI asrning oxirlarida paydo bo’lib (1590 yili Gokliunis), faqat XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlaridagina (X.Volf fanga kiritgan) keng qo’llaniladigan bo’ldi. Lekin «Psixologiya» deb atalgan ta’limotning o’zi bundan ikki yarim ming yil oldin Gretsiyada paydo bo’lgan. VII– V asrlardagi qadimgi grek filosoflari boshqa dunyoning mohiyatini, uning kelib chiqishini bilishga uringanlar. Shu munosabat bilan ular tabiat haqida, inson haqida, uning olamda tutgan o’rni haqida, xususan uning ruhi va ruhiy hayoti, uning taqdiri haqida fikr yuritganlar. Darvoqe, o’sha davrlarda ruh haqidagi ta’limotda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, binobarin, o’zaro doimo kurashadigan ikki oqim – materialistik va idealistik oqimlar paydo bo’lgan.
Qadimgi grek filosoflarining ta’limotiga ko’ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson ham dunyonnng bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624–547-yillar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug’) shaklida tasavvur qilingan.
Anaksimen (b. e. a. 588–525y) butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo’lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh– bu juda siyraklashgan havodir deydi u.
Geraklit-Tyomniy (b. e. a. 544–483 y.) tabiatning asosi o’t (olov)dir deb- hisoblagan. «Hamma narsa olovdan paydo bo’ladi va hamma narsa yana olovga aylanadi». Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u.
Geraklitning fikricha, ruh– bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o’zgarib turadigan asosining – olovning o’tkinchi holatlaridan biridir.Hamma narsaning asosi tuproq,– uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo’lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483–423 y.) «Tabiat haqida» degan poemannng avtori bo’lib, u dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to’rtala stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq, va olov yotadi deb ta’lim bergan. Empedoklning ta’limotiga ko’ra, dunyodagi narsa va hodisalarning turli-tumanligi shu to’rtala elementning birikishi bilan izohlanadi. Shu to’rt element haqidagi ta’limot inson haqidagi ta’limotda ham o’z ifodasini topgan. Gippokratning (460–356 y.) temperamentlar haqidagita’limoti bunga misoldir.
Demokrit (b. e. a. 460–370 y.) o’z ustozi Levkippning (b. e. a. 500–440 y.) qarashlarini rivojlantirib, dunyo­ning asosida tabiatning qandaydir bitta yoki bir qancha stixiyasi emas, balki bitta manba yotadi, olov ham, suv ham, tuproq ham, havo ham, dunyodagi barcha turli-tuman narsa va hodisalar ham shu manbadan paydo bo’ladi, degan ta’limotni ilgari surdi. Butun mavjudotning negizi bu materiya deb atagan edi. Demokritnnng ta’limotiga ko’ra, materiya atomlardan, ya’ni juda mayda, ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalardan – moddalardan tashkil topgan.
Barcha atomlar doimo harakatlanib turadi (Demokritning fikricha, ular bo’shliqqa tushib turadi). Atomlar faqat shakl jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Burchaksimon, ilmoqsimon, g’adir-budur atomlar bo’lib, harakatlanganda ular bir-biriga tegib ketadi, shuning uchun ham ular sekin harakatlanadi. Shu atomlarning birikishidan qattiq jismlar hosil bo’ladi. Dumaloq, oval shaklidagi, sirg’anchiq atomlar ham bo’ladi, ular esa sekin harakatlanadi. Bu atomlar­ning birikishidan suyuq gazsimon jismlar hosil bo’ladi.
Demokriatning ta’limotiga ko’ra, tan va ruh egasi bo’lgan inson xuddi shu atomlardan, tarkib topadi. Odamning tanasi qo’polroq ilmoqsimon, g’adir-budur va sekin harakatlanadigan atomlardan tashkil topadi, ruhi esa eng silliq, dumaloq, sirpanchiq, binobarin, eng harakatchan atomlardan tashkil topadi. Ruhning har bir ayrim atomi, hatto uning kichkina gruppalari ham sezuvchanlikka ega emas. Ularning bir qanchalari birlashibgina, sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi. Ruh atomlari butun badanga tarqalgan, lekin ularning ko’pchiligi ko’zda, quloqda, panja uchlarida, yurakda hamda bosh miyada joylashgan. Bizning sezgilarimiz, hislarimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir. Atrofimizdagi narsalardan doimo dumaloq, yengil atomlar ajralib chiqib, fazoda uchib yuradi. Agar shu atomlardan birortasi ko’zimizga tushsa, biz ko’ramiz; quloq’imizga tushsa eshitamiz, burnimizga kirsa, biror narsaning hidini sezamiz va hokazo. Bizning fikrlarimiz– bu bosh miyadagi ruh atomlari­ning harakati. Bizning hislarimiz intilish – ehtiroslarimiz – bu yurakdagi ruh atomlarining harakati. Demokrit­ning ta’limotiga ko’ra, ruhiy hayotning markazi yurakdir. Ruhimizni tashkil qiluvchi atomlar tanamizdan chiqib ketmaguncha biz o’z-o’zimizni anglaymiz.
Idealistik filosofiyaning asoschilari, antik dunyoning ikkita buyuk mutafakkiri Sokrat (469 – 399 y.) va Platon (427 – 347 y.)lar ham Demokrit bilan deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular quldorlik aristokratiyasi mafkurasining namoyandalari edilar.
Sokrat ham, Platon ham jon va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi bo’lgan ikkita mohiyatdir, deb ta’lim berganlar. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan idrok qilishi mumkin: uni ko’rish va sezish mumkin, u fizik jismdir.

Download 152.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling