1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet43/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Aka-uka Yenishlar tomonidan o`tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo`lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko`rsatilgan. Rasm o`rtasidan bo`lib, qo`yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo`yish istagi kuchayib borayotgani so`ralgan.
So`z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o`zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma`nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so`zma-so`z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Agar ma`lumot, axborot, xabar, material ma`no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so`zma-so`z o`zlashtirish, mantiqiy o`rganish bo`lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma`lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o`rin egallashini har kim o`z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma`lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo`r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan keng ko`lamdagi ma`lumot, xabar, axborot, ta`surotlarning ko`pchilik qismini aks ettirishdir.
Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go`yo ko`rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o`zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi.
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po`stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po`stida muvaqqat nerv bog`lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o`zining faolligi jihatidan ikkiga bo`linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O`zining go`zalligi, hissiy ta`sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo`yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:

  • maqsad qo`yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;

  • o`quv materiallarini tushunib esda qoldirish;

  • esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo`li bilan esda qoldirish.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling