1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 1.52 Mb.
bet62/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Tafakkur deb nimaga aytiladi?

  2. Tafakkurning qanday turlari mavjud?

  3. Tafakkur sifatlari va ularning mazmuni?

  4. Tafakkur jarayonlariga ta`ruf bering?

  5. Intellekt deb nimaga aytiladi?

  6. Kreativlik mazmuni?



6- Mavzu: Motivvamotivatsiyavahissiyotningnamoyonbo`lishi
Reja:

  1. Emotsiya haqida tushuncha.

  2. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.

  3. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.

  4. Emotsiya nazariyalari (Djeyms- Lang, Kennon- Bard, S.Shaxter, D. Zinger).

  5. Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R. Salomon bo`yicha).

O`RTMT:Emotsional holatlar. (Stress tushunchasi)

Tayanch so`z va iborala:
Emotsiya, hissiyot, kechinma, hissiyot funksiyasi: imprissiv, eksprissiv tomon, hissiyot shakli: hissiy ton, emotsiya, kayfiyat, affekt, stress, stenik his, astenik his, yuksak hislar: intellectual, axloqiy, praksik, iroda, maqsad, tilak, istak, xohish, irodaviy akt, irodaviy harakat, irodaviy zo`r berish, shaxs sifati: mustaqillik, dadillik, sabr, bardosh.
Jahon psixologiyasida hissiyot‖ bilan emotsiya‖ terminlari (ayniqsa chet
mamlakatlarda) bir xil ma‘noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, ma‘suliyat, vijdon mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta‘sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay. Ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta‘kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning
o‘zaro bir biridan qat‘iy cheklab qo‘yish ham ba‘zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, hulq-atvor, muomala sub‘ekti o‘zining shaxsi hamda
jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi
munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va
faoliyatiga aloqador omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy,
himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar
emotsiyalar‖ deyiladi. Emotsiyalar afaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan
mavjudotlarga ham taa‘luqli ruhiy (psixik) holatlar. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o ‘zlarining mohiyati , tuzilishi, ta‘sirchanligi, jadalligi, sifati va shakli bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik hamdardlik his tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.Hissiyotning o‟ziga xosligiPsixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbattan salbiy va ijobiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbattan ehtiyoj maqsadiga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish , quvonch,hislari ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirish to‘siqlar, xalaqit beruvchi omillar
namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug ‘iladi.
Hissiyotlarning ijobiy va salbiyligi bilan bir qatorda, uning ikkiyoqlamaligi va noaniqligidan iborat asosiy hislatlari mavjuddir. Ambivalent hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan,balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, muhabbat va nafrat.
Shaxsning hissiyot va emotsional tarbiyasida “Baxt”ning mohiyati
Chet el ijtimoiy psixologiyasida baxt muammosi turmushdan qoniqish
ma‘nosida tadqiqodchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Amerikalik psixolo,
bixeviorizmning asoschilaridan biri Dj. Uotson tomonidan XX asrning boshlarida
baxt man‘balarini aniqlashga mo‘ljallangan anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. XX
asrning 40-yillarida Uotsonning safdoshi va izdoshi E.Torendayk turmushdan,
yashashdan qoniqish omillarini tartibga keltirgan va ularni ―yaxshi turmush
sharoitlari‖ deb belgilagan.Baxt ruhiy va jismoniy salomatlik singari individning muayyan ijtimoiy aloqalari ko‘payishi tufayli ko‘lamini kengaytirdi. Ijtimoiy hislarining kamayishi va stress (zo‘riqish) vaziyatlarning paydo bo‘lishi sababli depressiya holati vujudga keladi.
Oilaviy turmushdagi o‘zaro munosabatlar: turmush yo‘ldoshiga ega bo‘lgan
ayollar hayotiy vaziyatlarda ko‘pgina stress holatlarini boshidan kechirganligiga qaramay, ular depressiya holatiga kamroq beriluvchanligi aniqlandi. CHunki ular o‘z muammolarini muhokama qilishda turmush o‘rtog‘i yordamiga tayanadilar, o‘zaro fikr almashadilar. Amerikalik psixologlarning fikricha, ishxonadagi xodimlar tomonidan insonni quvvatlash o‘ta ta‘sirchandir, rahbarning, oilaning, do‘stlaarning qo‘llashi alohida ahamiyat kasb etib depressiyaga etaklovchi stressning kamayishiga olib keladi.
Jahon psixologlari ma‘lumotlariga qaraganda, eng xotirjam va eng baxtli
odamlar Shimoliy Amerikada, Evropada, Avstraliyada yashaydilar. Yevropa
qit‘asida esa Belgiya, Daniya, Gollandiya, Angliya mamlakatlari xalqlari
Germaniya, Italiya, Fransiya fuqorolaridan o‘zlarini baxtliroq hisoblaydilar.
Kimni baxtli deb hisoblash mumkin degan savolga javob berishga loyiq
materiallar mavjud. Odatda ekstravertlar (ichki dunyosi tashqi ifodaga ega
odamlar) ko‘p vaqtni odamlar bilan muloqotga, yoqtirgan mashg‘ulotga, maroqli
jismoniy faoliyatga ajratadilar.
Shunday toifadagi kishilar ham borki, ularda doimo depressiv holatga
moyillik seziladi, ammo boshqa bir xususiyatli odamlar ham mavjudkim, ularga
amaliy jihatdan uzluksiz ravishda omad kulib boqadi, ishlari hamisha baroridan
keladi, umuman omadli insonlar, baxtiyor chehralilardir.
Salomatlik baxtning muhim tarkibiy qismidir. Salomatlik xotirjamlikning
muhim va ob‘ektiv jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Salomatlik insonning baxti bilan
jips aloqaga ega va u asosiydeterminantlardan biri sanaladi.
Stress bizni hayotga moslashishimizni ta‘minlab, xayotni to‘g‘ri tasavvur
qilishimizga yordam berishi, yoki aksincha, o‘zimizning tor qobig‘imizga o‘ralib
qolib, dunyoni o‘z qarichimiz bilan o‘lchashga odatlantirib, o‘zimizga ishonchni
susaytirishi mumkin.
Hissiyot tushunchasiga rus psixologi A.V.Petrovskiy: Hissiyot - kishining
o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima
bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik
munosabatdir‖ deb ta‘rif beradi. Taniqli o‘zbek psixologi professor E.G‘oziev esa,
hissiyotni odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya‘ni shaxslarning ehtiyojlarini
qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob‘ektlarga nisbatan uning munosabatlarini
aks ettirish ma‘nosida qo‘llaydi. Olimlarning hissiyotga bergan ta‘riflardan
hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasligi, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning
ta‘siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelishi, hissiyot bizning tuyg ‘ularimizning
o‘ziga xos aks ettirish jarayonidir degan xulosa yasashimiz mumkin.
Psixologiyada hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada
qo‘llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va
hissiyot tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liqligi qanday degan savol tug‘iladi?
Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan
bo‘lsak; professor E.G‘oziyev, emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon
bo‘ladigan his-tuyg‘ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik
jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta‘riflaydi.
Emotsiya-shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta‘riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti,
turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga
kelishiga ko‘ra ehtiyojlar, qiziqishlar va intilishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda
rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira
olmaslik ruhni tushirib, kayfiyatni buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi kishining faoliyati davomida namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma‘lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish kerak bo‘lsa, uzoq vaqt davomida biror ish faoliyati bilan shug‘ullanmagan kishida dangasalik, loqaydlik kabilar shakllanadi. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o‘ziga ta‘sir qilib, uni o‘zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o‘zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o‘zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o‘rtasida juda katta farq mavjud. Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali bo‘ladi, aksincha odamning dili g‘am, qandaydir tashvishli yoki g‘amgin bo‘lganda qo‘li ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta‘sir qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo‘lgan paytda, idroki juda jonli, diqqati barqaror, esda olib qolishi,tuyg‘ularga boy, tafakkuri o‘tkir, nutqi burro bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling