1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Download 472.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana17.02.2023
Hajmi472.57 Kb.
#1205106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1-Mavzu

Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta 
sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o‘n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan 
nemis psixologi V.Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari 
N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko‘p 
yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash 
jinsli Hasan - Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi 
yordamida sub'ektiv omillarning o‘ziga xosligini ob'ektiv shart - sharoitlari va 
ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta'siri o‘rganiladi. Chunonchi egizaklarning 
o‘xshashligi va tafovuti, ta'sirlanishi, his-tuyg‘uni o‘zgarishi kishilar o‘rtasidagi 
individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) 
bo‘yicha ma'lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi.


Kompleks metodi yordamida o‘rganilgan ob'ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai - 
nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy 
bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, 
kompleks yondashish ta'sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, 
fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning 
biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini 
yoritishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib, 
ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan 
iboratdir. 
Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit 
holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy 
maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, 
faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va 
tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon 
bo‘lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha 
sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
Genetik 
metodga 
asoslanib 
psixik 
o‘zgarishlar 
bilan 
rivojlanish 
bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.

Download 472.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling