1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qobiliyatlarning miqdoriy va sifat tavsifi
2. Qobiliyatlar tasnifi.
Qobiliyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Tabiiy qobiliyatlar — odamlar va hayvonlar uchun xos bo`lib, idrok qilish, xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashqil etadi. Odamdagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir - biridan farq qiladi. 2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy -tarixiy tabiatga ega bo`lib, ijtimoiy muhitdagi hayot va taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o`z navbatida - umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo`linadi. Umumiy qobiliyatlar - insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi aqliy qobiliyatlar, xotira va nutqning rivojlanganligi, qo`l harakatlarining aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo`linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy - ijodiy sportga bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir. Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo`lib, nazariy qobiliyatlar-mavhum, mantiqiy qobiliyatlar esa aniq amaliy harakatlarga moyillikda namoyon bo`ladi. O`quv qobiliyatlari bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish shaxs sifatlarining shakllanishi, pedagogik ta`sirlar samaradorligining ortishida ijobiy rol’ o`ynaydi. Ijobiy qobiliyatlar moddiy va ma`naviy madaniyat asarlari yaratish yangi g`oya, kashfiyot va yangiliklar echishda namoyon bo`ladi. Muloqotga qobiliyat shaxsning boshqa kishilar bilan bo`ladigan o`zaro jarayonida muhim ahamiyatga ega. 3. Qobiliyatlarning miqdoriy va sifat tavsifi Qobiliyatlar sifat va miqdor jihatidan ko`p bo`lishi mumkin. O`quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo`lishini va binobarin, o`quvchi shaxsini qanday individual - psixologik xususiyatlari faoliyat tomonidan qo`yilgan talablarni qay darajada, bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya`ni o`quvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarning qanchalik tez, engil va mustahkam egallay olishini bilish pedagog uchun muhimdir. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi - maqsadga har turli yo`llar bilan borishga imkon beruvchi “o`zgaruvchan miqdor” to`plami sifatida faoliyat muvaffaqiyatini taminlovchi inson psixologik xususiyatlarini murakkab yig`indisi sifatida ko`rinadi. Bir xususiyatlarni o`rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari bor, buni odam o`zida chidam va qat`iylik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin. Pedagog va psixolog Sqolovyanskiy ko`r -kar Ol’ga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyati emas, balki adabiy qobiliyat ham namoyon bo`lishiga erishgan. Bir qobiliyatni boshqa bir qobiliyat bilan boshqarish yordami bilan to`ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi. Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohada (pedagogik, sport, savdo va boshqalar) engillik bilan “o`zini topa oladi” va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi, degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o`lchash muammosi bilan ko`proq chet el psixologlari (Kettel, Termen, Spirmen) va boshqalar shug`ullanganlar. O`sha paytlarda qobiliyatlarni o`lchash usuli sifatida aqliy iste`dod testlaridan foydalanganlar. Bu usul odamning aqliy qobiliyatlari emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo`lmaydigan biror bir xildagi ma`lumotlar, ko`nikma va malakalar borligini namoyon qiladi. L.S. Vo`gotskiy bu usulni tanqid qilib o`zining kelajak taraqqiy zonasini belgilash “metodi” deb ataladigan usulini taqlif qildi. Qobiliyatlar odamning aniq faoliyatidan tashqarida mavjud bo`lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta`lim va tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon qilishdir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling