1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Qobiliyatlarning rivojlanishi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

6. Qobiliyatlarning rivojlanishi 
Qobiliyatlar taraqqiyotidagi yuksak bosqichga iste`dod deb ataladi. Iste`dod deb, odamga qandaydir 
murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va o`ziga xos tarzda bajarish imkonini beradigan 
qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Qobiliyatlar kabi iste`dod ham faqat ijodiy yutuqqa erishish 
imkoniyatidan iboratdir. Biroq oqibat natijada ijodiy yutuqlar odamlarning ijtimoiy yashash sharoitiga 


bog`liqdir. Agar jamiyat taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo`lsa, bunday kishilarning paydo bo`lish 
imkoniyati tug`iladi. Iste`dod qobiliyatlar yig`indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan 
yakka qobiliyat - garchi u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo`lsa 
ham iste`dod bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Bu haqda g`oyat o`tkir fenomenal xotiraga ega bo`lgan 
kishilar haqida o`tkazilgan tadqiqotlar dalolat beridi. Moskvalik psixologlar bir necha yillar davomida 
kuzatgan S.SH. o`zida xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o`zining ajoyib 
qobiliyatlarga mos keladigan ijodiy muvaffaqiyatga erisha olmadi. Shunday qilib, iste`dod shaxs psixik 
sifatlarining shu qadar murakkab birikmasidirki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, bu 
qobiliyat xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega bo`lsa ham belgilab bermaydi. 
Psixologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, birorta ham qobiliyatning yo`qligi yoki etarli taraqqiy 
etmaganligi iste`dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo`li 
bilan muvaffaqiyatli ravishda o`rni bosib yuboriladi 
Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko`tarilishi uchun eng murakkab yo`lni bosib o`tish kerak 
bo`ladi. Qobiliyatning rivojlanishi inson hayotining ilk davrlaridanoq boshlanib, bir necha bosqichida 
amalga oshadi. Layoqatning rivojlanishi qobiliyat yoki iste`dod darajasiga ko`tarilish uchun etarli shart-
sharoitlar bo`lishi kerak. Hozirda Respublikamizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo`llab-quvvatlash 
va rag`batlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, chunki iste`dodli yoshlar mustaqil 
O`zbekistonimizni kelajagini ta`minlaydi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling