1-mavzu: qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu bo’yicha topshiriqlar


Download 42.22 Kb.
bet4/4
Sana13.02.2023
Hajmi42.22 Kb.
#1193505
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu

“Boburnoma”- Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qarama-qarshilikli, murakkab va qisqa hayotida (1483-1530) anchagina asarlar yozgan bo’lsada, ularning hammasi bizgacha yetib kelmagan.Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek klassik adabiyotida va adabiy tilining yorqin namunasi bo’lgan “ Boburnoma “ asaridir.Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon ma’teriali o’z ichiga olganligi, til va uslubining go’zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarning diqqatini o’ziga totgan va uning turli qo’lyozma nushalari izlana boshlagan va g’arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.Asarning asli nomi “ Boburiya ” bo’lsa-da, uni “ Voqeanoma “, “ Tuzuki Boburiy “, “ Voqeoti Boburiy “, deb ataladilar, keyinchalik asar “ Boburnoma “ degan nam bilan mashhur bo’lib ketgan.
- Kent-(sug`dcha –uy, xonadon)-ilk va o`rta asrlarda Turonzaminda joy nomi. Sug`d yozuvi va arab geograflari asarlarida kat, kas, kand, “Devoni lug`ati turk”da kend,ken shaklida keltirilgan bo`lib, dastlab bir yoki bir necha oila yashaydigan, atrofi devor bilan o`raglan hovlini anglatgan. Oila yoxud jamoa boshlig`I esa kadxudo(katxudo) deb atalgan. Keyinchalik kent joy (qishloq,shahar) nomlarining tarkibiy qismiga aylangan. Sharqiy Turkiston va Eronda ham ba`zi joy nomlari tarkibida Kent birikmasi mavjud. Mahalliy hamda arab tarixchisi va geograflarining asarlarida, chunonchi Najmuddin an-nasafiyning “[Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarkand”(Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin kitob)’] kitobida Axsikas, Shaljiykas,Kabuzanjjankas,Yorkas,Banokas,Boykand,Siyrakas kabi ko`plab qishloq va shahar nomlari qayd etilgan. Ibn Havqalning “Masolik ul-mamolik” asarida esa 40 dan ortiq, kent birikmasiga ega joy nomlari keltirilgan. Tarkibida Kent so`zining yuqorida zikr etilgan turli shakllari mavjud qishloq va shaharlar hozir ham saqlanib qolgan. Masalan, Toshkent,Piskent, Panjikent, Chimkent,Mankent, Yorkent.
Download 42.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling