1-mavzu: qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu bo’yicha topshiriqlar


Download 42.22 Kb.
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi42.22 Kb.
#1193505
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu

- tudun-Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Xoqon xonadoniga mansub va bo`ysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib,o`lpon va soliqlar yig`ishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. Tudunlar haqidagi ma`lumotlar turk bitiktoshlarida, xitoy, sug`d, arab, fors, yunon manbalarida, sug`diy, baqtriy yozuvli tangalarda uchraydi. Xitoyning Tanshu yilnomasida VII asrning 40-yillaridan to VIII asrning 40-yillariga hukm surgan Choch hukmdorlari tudun unvoni bilan qayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan to`rt nafar tudunlar haqida so`z boradi. Choch hukmdorlarining unvoni bo`lganini boshqa tillardagi ma`lumotlar ham tasdiqlaydi.(masalan Mug` qalasi hujjatlari) Arab-fors manbalarida ham Choch hukmdorlari tudun unvonida tilga olinadi.
- yabg’u-Turk xoqonligida xoqon urug`idan bo`lgan el-yurt hokimi.Yabg`u darajasiga faqat xoqon urug`iga qarindosh bo`lganlar ko`tarila olardi.Shuning uchun ba`zan u Yabg`u xoqon deb ulug`lanardi.Yabg`u boshchiligidagi bir tuman, ya`ni o`n ming suvoriyni safga tortaredi. Bunday harbiy bo`linmaning tumanboshisi “Shod”deb atalardi.
- Iloq-IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil siyosiy viloyat bo„lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o„tgan yirik arab geograflaridan biri Istaxriyning ma‟lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning ta‟kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo„lib , har ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo„l va “butun Movarounnahrda aholi soniga ko„ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo„q”. Istaxriy asarining arab tilidagi matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o„zlashtirilgan erlar va jome‟ masjidlari juda ko„p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham juda ko„p. Chochda (arabchada – Shosh) va Iloqda darvozalari, devorlari rabotlari va qal‟alari bo„lgan shaharlar ko„p, kanallar shaharlar ichidan oqib o„tadi”.Istaxriy o„z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha shaharlarni sanab o„tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo„qligini ta‟kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo„shilgan bo„lib, ular o„rtasida hech qanday bo„linish yo„q. Qurilishlar, bog„lar, bo„stonlar Iloqdan to Choch vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho„zilib boradi. Iloqda oltin va kumush konlari joylashgan”.Oradan yarim asr o„tgach, bu mintaqani yaxshi bilgan yana bir arab geografi Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma‟lumotlarini deyarli to„liq takrorlaydi.Choch va Iloq haqida gapirar ekan Ibn Havqal bu viloyatlarda boy shaharlar ko„pligini ta‟kidlaydi. Choch-Iloqning shahar madaniyati rivoji asosan, tog„-kon metallurgiyasi ishlab chiqarishi bilan bog„lanadi. Vohadagi shaharlarning nisbatan to„liq ro„yxati va ularning tasnifi, shahar madaniyatining gullab-yashnashi X asr geograflari tomonidan (10 dan 17 tagacha shahar markazlari) eslatiladi.Tadqiqotchilar tomonidan ayrim shahar markazlari Tunket, Abrlig„, Namudlig„, Kuxisim kabilarni o„rganish bo„yicha maxsus tadqiqotlar o„tkazilgan.Ayrim shaharlar tadqiqotchi mintaqadagi kon markazlari haqida olingan yangi ma‟lumotlar natijasida Iloq shaharsozligini yangi asoslarda o„rganish va uni Choch – Iloq urbanizatsiyasi rivojlanishidagi o„rnini belgilash imkonini berdi.Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vohada ilk shaharsozlik Sirdaryoning madaniy zonasida shakllanadi: Bu siyosiy–iqtisodiy hamda etnomadaniy aloqalarda katta ahamiyat kasb etadi. Chirchiq va Ohangaronning o„rta oqimlarida Choch va Iloqning asosi bo„lgan shaharsozlik madaniyati jadal rivojlanishida tog„ sohasi bilan bog„liq hunarmandchilik va vohadagi ziroatchilik muhim o„rin tutgan. - Binkant-X asrda noma‟lum muallif tomonidan fors tilida yozib qoldirilgan “Hududul olam” (“Olamlar chegarasi”) asarida bunday deyiladi: “Choch katta viloyat, xalqi
jangovar, boy va saxiydir. U yerda o„q - yoy tayyorlanadi. Binkat – Chochning poytaxti. Bu katta shahara, ayni paytda podshoning qarorgohidir”.Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddisiy va boshqalar (IX-X asrlar) Shosh viloyati haqida yozganda uning markazini Binkat shahri deb ko„rsatadilar. Binkat hozirgi Eskijuva va Chorsu oralig„ida bo„lgan. Binkat nomi forscha bo„lib, “ko„rimli shahar” demakdir (bin – ko„rinish, kat – so„g„dcha “shahar, qishloq, manzilgoh” degan ma‟noni anglatadi).Mahmud Qoshg„ariy o„zining mashhur asarida Shosh bilan bir qatorda Toshkent nomini ham keltirgan. Jumladan, u o„zining “Qonuni ma‟sudiy” asarida: “Binkat – bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga tarjima qilinsa – “Burjul hijora” (“Tosh minora”) shaklida bo„ladi” deb yozgan. Beruniyning so„zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlashgan. Masalan, Mahmud qoshg„ariy o„zining “Devonu lug„otit turk” asarida: “Tarkan – Shoshning nomi, uning asl nomi Toshkand – toshdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan.Demak, poytaxtimiz nomi “Toshkent” shaklida birinchi bor Beruniy asarlarila uchraydi va shahar nomi boshqa nomlar bilan ham atalgan. Qoraxoniylar tarkibiga kirgan Choch shahri X asrning oxiri – XII asrning boshlarida butunlay Toshkent nomini olgan. IX–X–asrlarda Shosh Somoniylarga tobe boʻlgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat shahrining keyingi asrlardagi oʻrni Shosh Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi - Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va shahriston (maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepalikda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u “Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.
- shahriston-O~rta asrlarda Sharqdagi shaharlarning markazi, mudofaa devoir bilan mustahkamlangan asosiy qismi. Saroy(ba`zan ark),jome masjid, yopiq(tim) yoki ochiq bozor, bosh maydon-registon,muhim ma`muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qo`rg`onlari, shuningdekoddiy aholi xonadonlari va boshqalari bo`lgan. Qadimiy Buxoro shahristoni arkdan alohida qurilgan (Narshaxiyning yozishicha, arkning bir darvozasidan shahristonga chiqilgan).Shahristonlar yirik asosiy ko`chalar nilan bir necha kvadratga bo`lingan. Masalan, Buxoro shahristonida g`arbdan sharqqa, shimoldan janubga o`tgan ko`cha shahristonni 4 teng qismga bo`lgan.Shahristonda dastlab dehqonlar, arabistilosidan keyin savdo va hunarmandchilik rivoj topgach, savdogarlar, hunarmandlar(hokim tabaqa bilan bir shahristonda) yashaganlar.Keyingi asrkarda shahriston atrofida tashqi shahar –rabot qurilgan. O`rta Osiyo qo`sh-ichki va tashqi rabot bilan o`raglan shahristonlar ham bo`lgan(masalan, Binkat).
- qo’rg’on-atrofi baland paxsa devor bilan o`raglan darvozali turar joy.
- ark-ichki qal`a, O`rta Osiyo ko`hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal`a-band o`rda. Yozma tarixiy manbalarda ko`handiz, diz, koh, qasr, qal`a, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland do`nglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan o`raglan, bir yoki ikki darvozasi bo`lgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar bo`lgan.
- arxeologik topilmalar- arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or va ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko'radilar.Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad qilib oiinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga ega boMadi. Buyumlaming yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda yasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.Arxeologik yodgorliklar ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar harobalar, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozor- qo‘rg‘onlar, qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlari hisoblanadi. Arxeologlar mazkur topilmalar yordamida o ‘sha davr manzarasini, insonlaming yashash sharoitini, jamoada mavjud udumlar va qaysi taraqqiyot bosqichida turganliklarini aniqlaydilar.Arxeologik yodgorliklar davr va uning harakteriga qarab quyida- gilarga ajratiladi:
1. Manziigohlar; makonlar, qishloqlar, shahar xarobalari.
2. Qadimgi mozor-qo‘rg‘onlar, qabristonlar.
3. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMgan joylar; konlar, ustaxonalar.
4. G‘or va ungirlar.
Arxeologik yodgorliklar er ostida yoki er ustida joylashgan boMadi. Er ostidagi yodgorliklami o ‘rganish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar.
- me’moriy obidalar,

Download 42.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling