1-mavzu: qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu bo’yicha topshiriqlar
Download 42.22 Kb.
|
1-mavzu qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu
- yozma manbalar-tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. Ular insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog’i odamlarning o’zaro munosabatining natijasi o’laroq yaratilgan va o’sha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqyealarni o’zida aks ettirgan manba sifatida o’rta asr (VI—XIX asrlar) tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi.Yozma tarixiy manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 1) Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va b.q.), moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar va 2) tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar.Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o’rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum huquqiy ko’rinishda bevosita va ko’p hollarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanganda alohida diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, aniqrog’i undan biron ijtimoiysiyosiy voqyea yoki dalilni talqin etish uchun foydalanish jarayonida bir hujj at bilangina kifoyalanmasdan, o’xshash bir necha hujjatni qo’shib o’rganmoq zarur, chunki bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki bir dalil ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir hujjat asosida ma’lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida qat’iy fikr yuritib bo’lmaydi.Tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar masalasiga kelganda, avvalo shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig’i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko’proq podsholar va xonlarning, amirlar va yirik ruhoniylarn ing hayoti va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mehnatkash xalqning tarixi esa ko’p hollarda cheklab o’tilgan. Xullas, bu asarlarda hukmron sinfning dunyoqarashi o’z ifodasini topgan, o’sha sinfning maqsad va manfaatlari himoya qilinadi. Bu tabiiy hol, albatta. Lekin shuni sabab qilib, bu asarlarni e’tiborsiz qoldirish xato bo’lur edi, chunki uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqyealar tafsiloti faqat shu asarlarning sa hifalaridagina saqlanib qolgan. Qisqa qilib aytganda, o’tmishni bu asarlarsiz o’rganib bo’lmaydi. Ammo ularni o’rganish jarayonida, ularning sahifalarida keltirilgan axborot va daliliy ma’lumotlardan foydalanishda hushyor bo’lish, ya’ni ularga tanqidiy yondashish talab qilinadi
- Download 42.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling