1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga mo‘ljallangan asosiy vositalar


Download 30.76 Kb.
bet2/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga mo‘ljallangan asosiy vositalar – omborlar, shiyponlar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, xo‘jalik inventarlari;

  • qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga mo‘ljallanmagan asosiy vositalar – ma’muriyat binosi, ofis mebeli va jihozlari, kompyuterlar, boshqaruvga xizmat qiladigan engil avtomobillar, ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlari va boshqalar.

    Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarni guruhlashda ishchi va mahsuldor hayvonlar alohida guruhga ajratiladi. Ushbu guruhga ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan hamda mahsuldor hayvonlar (ot, tuya, xo‘kiz, tanalar, eshaklar, ona mollar) kiradi. Bu guruhga kiruvchi asosiy vositalarning hisobi maxsus 0170 «Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schyotida yuritiladi. Qolgan guruhga kiruvchi asosiy vositalarning hisobi, barcha tarmoqlardagi singari, 21-son BHMSda nazarda tutilgan mos ravishdagi schyotlarda olib boriladi.
    Qishloq xo‘jalik tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatini baholash 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq sanoatbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning hisob bahosi bo‘lib ularning boshlang‘ich qiymati hisoblanadi. Buxgalteriya balansida asosiy vositalar ularning qoldiq qiymatida aks ettiriladi.
    O‘z xo‘jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan mahsuldor va ishchi hayvonlarni asosiy vositalarga kirim qilishda boshlang‘ich qiymat bo‘lib ularni parvarishlashga (sotib olish)ga ketgan jami xarajatlarning birgalikda olingan qiymati (tannarxi) hisoblanadi.
    Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ko‘p yillik ekinlar (mevali bog‘lar, tokzorlar, choy plantatsiyalari, ixota o‘rmonlari va shu kabilar)ning boshlang‘ich qiymati, ularning yoshidan qat’iy nazar, nihollar qiymati hamda nihollarni ekish, parvarish qilish va o‘stirishga sarflangan xarajatlardan tashkil topadi.
    Erlarni yaxshilashga yo‘llangan kapital qo‘yilmalar, chunonchi, botqoq erlarni quritish, sho‘rni quvishga qilingan investitsiyalar joriy yilda sarflangan tegishli xarajatlarning haqiqiy miqdori bo‘yicha baholanadi.
    Qishloq xo‘jalik korxonalarida boshqa turdagi asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati sanoatbelgilangan tartiblarga ko‘ra aniqlanadi.
    Kirim qilingan asosiy vositalarga ular bo‘yicha yakka tartibda yoki guruh bo‘yicha yuritiladigan hisob kartochkalari (kitobi) ochiladi. Ushbu hisob kartochkalari (kitobi) asosiy vositalarning qishloq xo‘jalik korxonalarida foydali xizmat muddati davomida saqlanadi. Ularga asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, eskirishi va qoldiq qiymatini o‘zgarishiga doir, shuningdek joriy va kapital ta’mirlanishiga oid ma’lumotlar yozib boriladi.


    Download 30.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling