1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish» Kredit


Download 30.76 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Debet
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Kredit 1110 «O‘stirishdagi va boquvdagi mollar»
Bir paytning o‘zida asosiy podaga o‘tqazilgan yosh mollar mos ravishda ularning guruhlariga qarab hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

  • ishchi hayvonlar guruhiga o‘tqazilgan mollarga:

Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»
Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish»

  • mahsuldor hayvonlar guruhiga o‘tqazilgan mollarga:

Debet 0171 «Mahsuldor hayvonlari»
Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Hisobot yili oxirida o‘stirishdagi va boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniq bo‘lgach, ularning asosiy poda tarkibiga kirim qilingan reja tannarxidan farqi topiladi. Ushbu farq summasiga mos ravishda qo‘shimcha yozuv yoki storno usullaridan biri bo‘yicha yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari beriladi. Aynan shu yo‘l bilan asosiy podani shakllantirish xarajatlari, kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlar qiymati ularning haqqoniy tannarxiga etkaziladi.
Asosiy podani chetdan xarid qilish yo‘li bilan shakllantirish xarajatlari bevosita 0840 «Asosiy podani shakllantirish» schyotining debetida to‘planadi. CHunonchi, asosiy podaga kiritiladigan mollarni boshqa qishloq xo‘jalik korxonalaridan tuzilgan shartnomalar asosida sotib olinishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
Sotib olishga doir sarflangan qo‘shimcha haqlar, masalan tenderda qatnashish, vositachilik, transport xizmatlari haqlari summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Asosiy poda aholidan bevosita bozorlardan ham naqd pulga sotib olinishi mumkin. Bu operatsiyalar hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
1.Asosiy podani sotib olish uchun kassadan hisobdor shaxsga bo‘nak summasini berilishiga:

Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling