1 Mavzu Qiymat shaklining evolyutsiyasi


Download 71.33 Kb.
bet5/9
Sana21.11.2023
Hajmi71.33 Kb.
#1792411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PE =TNY/PAT (1) 
3. To`lov vositasi funksiyasi 
Bunda tovarlar to`lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to`lovlar ham pulning to`lov vositasi 
funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning 
asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari 
korxonalar soliq to`lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar 
to`lovlarini to`laydilar.
4. Jamg’arish  funksiyasi. Bu pulning jamlangan boylik 
shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi 
bo`lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo`lgani uchun 
boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga 
hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani 
uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay 
usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga 
belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun 
qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, 
aksiya, obligasiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning 
qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa 
narxi-qadri o`zgarib turadi. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati 
cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga 
aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, 
chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin.
Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, 
uyjoy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligasiya va boshqalar 
shaklida ham jamg’arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina 
to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat 
o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar)
bajara oladi.
4. Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon 
bozorlarida kotirovka qilinadigan ya`ni oldi-sotdi qilinadigan 
valyutalar bajaradi. Masalan: o`zbek so`mi bu vazifani bajarmaydi. 
Xalqaro hisob-kitob banki ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro valyuta 
bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta 
valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar 
xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro 
Vlayuta Fondi beradi. Jahon pul funksiyasi ularni xalqaro 
munosabatlarga xizmat ko`rsatishda ishlatadi.
Jahon pullari hozirda ikkita funksiyani 
bajaradi: • xalqaro to`lov vositalari;
• 
xalqaro zaxira ob’yekti.
Xalqaro to`lov vositasi funksiyasida dunyo pullari to`lov 
balansini to`lash, xalqaro kreditlarni berish va to`lash, jahon 
bozorida tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to`lovlar orqali 
to`lash uchun ishlatiladi. Jahon pullari alohida davlatlarning, 
xalqaro moliya institutlarining, shuningdek, tijorat banklarining 
valyuta zaxiralarini shakllantirishda xalqaro zaxira fondlari 
funksiyasini bajaradi.

Mamlakatlar o`rtasida metall pullarning erkin harakati 


sharoitida jahon pullari vazifasini birinchi bo`lib kumush va oltin 
amalga oshirgan. Xalqaro munosabatlarga xizmat ko`rsatish uchun 
milliy tangalar ingotlarga aylantirilib, quyma shaklida ular jahon 
bozoriga chiqdi va u yerdan qayta zarb qilinganidan keyin ichki pul 
muomalasiga qaytishdi. Asosiy funksiya universal to`lov vositasi 
bo`lib, unda pul to`lov balansini qoplash uchun ishlatilgan, ya’ni, 
xalqaro talablar va mamlakat majburiyatlari o`rtasidagi haqiqiy 
bog’liqlikni anglatadi. To`lov balansi oltin eksporti va importi 
hisobiga tenglashtirildi. Oltin umumiy sotib olish vositasi sifatida 
faqat tashqi savdo rivojlanishining dastlabki bosqichlarida 
ishlatilgan. XIV asrda allaqachon tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarda 
veksellardan keng foydalaniladi. Kredit va xalqaro bank 
aloqalarining rivojlanishi bilan oltin faqat o`ta og’ir vaziyatlarda, 
masalan, tabiiy ofatlar, hosil yetishmovchiligi va hokazolarda 
universal sotib olish agenti vazifasini bajardi.
Boylikning mutlaqo ijtimoiy moddiylashuvi sifatida oltin 
boylikni bir mamlakatdan boshqasiga o`tkazish vositasi bo`lib 
xizmat qilganida ishlagan. Rasmiy oltin zaxiralari ijtimoiy boylikni 
moddiylashtirish vazifasini ham bajargan. Hozirgi bosqichda oltin 
xalqaro pul aktivi bo`lib xizmat qilsa ham, jahon pullari 
funksiyasini bajarmaydi. Jahon pullari funksiyasini quyidagilar 
amalga oshiradilar:
• 
yetakchi milliy valyutalar va avvalambor zaxira (asosiy) 
valyutalar (AQSH dollari);
• 
xalqaro va mintaqaviy pul birliklari - xalqaro moliya 
institutlari chiqaradigan millatlararo valyutalar (yevro, Markaziy 
banklar boshchiligidagi Yevropa Markaziy banklari tizimi 
tomonidan chiqarilgan).
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri 
bilan uzviy bog’liq va ular bir-birini to`ldiradi. Pulning 
funksiyalarining aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir-birini 
to`ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini 
ta`minlashga sharoit yaratadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida pulning ahamiyatining 
oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy 
shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan 
bog’liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish 
jarayonida odamlarni o`ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik 
iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan 
boshlab XX asrning boshigacha pul to`g’risida jahonda besh-olti 
mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda 
pul to`g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha 
marta oshib ketgan desak mubolag’a bo`lmasa kerak. Tadqiqotlar 
shunchalik ko`p bo`lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, 
har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta`siri, nega alohida 
olingan individumlar qo`lida pulning ko`payishi, ular boyligining 
ko`payishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul 
massasining ko`payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta`sir 
ko`rsatadi, degan savollarga hali to`liq javob berilgan emas.
Pulning ahamiyati ko`p qirrali.
• 
Pul yalpi ichki mahsulotni (YAIM) yaratish, taqsimlash 
va qayta taqsimlash jarayonlarida ishtirok etib, ijtimoiy kapitalning 
aylanishiga vositachilik qiladi.
• 
Pul makroiqtisodiy muvozanatning muhim omilidir. 
Milliy iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatli o`sishiga erishish 
pulga talab va taklifni muvozanatlashtirmasdan imkonsizdir. Bu 
iqtisodiy o`sish sifatini oshirish, uning yuqori va barqaror 
sur’atlarini saqlab qolish uchun zaruriy shart bo`lib xizmat qiladi.
• 
Pul tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida muhim omil 
hisoblanadi.
• 
Iqtisodiyotni pul bilan tartibga solish uchun pul kredit 
bilan birga ishlatilishi mumkin. Milliy pul birligining ichki va tashqi 
barqarorligi milliy iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy 
muvozanatning eng muhim shartidir. Shu sababli, milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlash aksariyat mamlakatlarda pul-
kredit siyosatining maqsadi hisoblanadi.
• 
Pullar tovar narxlarini belgilash, tovarlarni sotishdan 
tushadigan mablag’larni ularni ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
taqqoslash uchun ishlatiladi.
• 
Pullar mamlakatdagi hisob-kitoblarni baholash uchun 
zarur bo`lib, ularsiz statistik va buxgalteriya hisobini yuritish, 
korxonalarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish va 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini belgilash 
mumkin emas.

Iqtisodiy globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotlarning 


tashqi omillarga bog’liqligida hamda tashqi iqtisodiy aloqalarda 
pulning o`rni ayniqsa katta. Jahon pullari jahon moliyaviy 
oqimlarini to`plash va qayta taqsimlash jarayonlarida vositachilik 
qiladi, kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga o`tishiga, 
mamlakatlar o`rtasidagi tovarlar va xizmatlarning harakatiga xizmat 
qiladi.
Jahon bozorining milliy iqtisodiyotga ta’sir etish 
vositalaridan biri bu milliy valyuta kursidir. Uning darajasi tashqi 
savdoga, 
milliy 
mahsulotlarning 
jahon 
bozoridagi 
raqobatdoshligiga, kapital eksporti va importiga, pul muomalasi 
holatiga, inflyatsiya darajasiga, butun ishlab chiqarish jarayoniga 
sezilarli ta’sir ko`rsatadi.


Download 71.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling