U = (Pp/Spr) x 100
Bunda:
U – pudratchining boshqa xarajatlar darajasi (miqdori) ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan qurilish ishlari ish bajarilgan vaqtiga muvofiq montaj, ta’mirlash, ishga tushirish va sozlash, “Foydalanishga tayyor holdagi ob’ekt (“Pod klyuch”)”da hisobga olingan asbob-uskuna montaji narxi hisobga olinmagan holda;
Pp - mazkur metodik tavsiyalarning 1, 2, va 3 ilovalaridagi xarajatlar ro‘yxatiga muvofiq holda, pudratchining boshqa xarajatlari (qiymat ko‘rsatkichi) ish bajarilgan vaqtiga mos ravishda aniqlanadi;
Spr – ishlab chiqarish tannarxi ish bajarilgan vaqtga muvofiq montaj, ta’mirlash, ishga tushirish va sozlash, “Foydalanishga tayyor holdagi ob’ekt (“Pod klyuch”)”da hisobga olingan asbob-uskuna montaji narxi hisobga olinmagan holda;
Pudratchining “boshqa xarajatlar” miqdorini “so‘mda” aniqlash uchun foiz darajasida:
Pp=Sa+Spo+Npr,
Bunda:
Sa – mazkur metodik tavsiyalarning 1, 2 ilovalaridagi qurilish montaj faoliyatiga tegishli pudrat tashkilotini bazis davriga mos balans hisobidagi ma’muriy xarajatlar;
Spo – mazkur metodik tavsiyalarning 1, 2 ilovalaridagi qurilish montaj faoliyatiga tegishli pudrat tashkilotini bazis davriga mos balans hisobidagi boshqa operatsion xarajatlar;
Npr – shaxsiy aylanma vositalarini ko‘paytirish, mashina-mexanizmlarni modernizatsiyalash, asbob-uskunalarni yangilash, asosiy fondlar ob’ektini rekonstruksiyalash, moddiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan foyda, Davarxitektqurilish Qo‘mitasi tomonidan 10.12.03 y. 72-son buyrug‘i foydaning miqdorini aniqlash bo‘yicha metodik tavsiyalarga muvofiq ravishda.
7.4. SHartnomaviy joriy narxlardagi qurilish narxiga pudratchining “boshqa xarajatlari”ni (miqdorini) darajasini qo‘llash tartiblari
Qurilishning shartnomaviy joriy narxida va boshlang‘ich bahosini aniqlashda (DTIA, DTIX, TIA, TIX, ishchi loyiha) loyihalarni amalga oshirish bosqichida mazkur “Metodik tavsiyalarning” 3 bo‘limiga mos ravishda, ishning qurilish, ta’mirlash, montaj va ishga tushirish va sozlash turlariga qarab pudratchining “boshqa xarajatlari” qiymati buyurtmachi tomonidan quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |