2-Mavzu.O‘zbekiston Respublikasida kapital qurilishda bahoni shaklantirish siyosati
2.1.Qurilishda narx shakllantirish uchun resurslarni smetali me’yorlashning asosiy vazifalari
2.2. Qurilishda narx shakllantirish uchun zarur smeta normativ xujatlar tizimiga kiruvchi resursli smeta normativlarning turlari
2.3. Elementli smeta resusr normalari va ularni ishlab chiqish tartibi
2.4.Iqtisodiy normativlar va ularning quyi tizimi
2.1. Qurilishda narx shakllantirish uchun resurslarni smetali me’yorlashning asosiy vazifalari
Narxlarni shakllantirish uchun resursli smeta normativlar tizimi «Iqtisodiy normativlar» quyi tizimining shaharsozlik normalari va qoidalarini, hamda qurilish uchun zarur bo‘lgan resurslar hajmini aniqlash uchun kerak bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa resursli smeta normativlarni o‘z ichiga oladi.
Resursli smeta normativlar bu – alohida to‘plamlarga jamlanuvchi resursli smeta normalar kompleksining umumlashtirilgan nomi. Zarur talablarni o‘z ichiga oladigan qoida va nizomlar bilan bir qatorda ular turli xildagi bino va inshootlar qurilishiga, rekonstruksiyasiga, kengaytirilishiga, texnik qayta jihozlanishiga va ta’mirlanishiga sarflanadigan resurslarni xolis baholash uchun hizmat qiladi.
SHNQning 4-ost tizimidagi asosiy qoida va nizomlariga oydinlik kirituvchi hujjatlar smeta resurs hujjatlarini tayyorlashda foydalanilishi kerak bo‘lgan yo‘riqnoma, metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanma va boshqa materiallar ko‘rinishida qo‘shimcha sifatida chiqarilishi mumkin.
Qurilishda narx shakllantirish uchun resusrlarni smetali me’yorlashning asosiy yo‘nalishi bu - qurilishda narx shakllantirish uchun resusrli smeta normativlar tizimi orqali turli xildan bino va inshootlar qurilishi (rekonstruksiyasi, kengaytirilishi, texnik qayta jihozlanishi va ta’mirlanishi) uchun zarur bo‘lgan resurslarga bo‘lgan ehtiyojni xolis baholashdir.
Zarur hollarda resursli smeta normativlardan alohida loyihaviy yechimlarni taqqoslash va iqtisodiy baho berish uchun, hamda kapital qo‘yilmalardagi tuzilmaviy o‘zgarishlar tahlilida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |