2.2. Qurilishda narx shakllantirish uchun zarur smeta normativ xujatlar tizimiga kiruvchi resursli smeta normativlarning turlari
Qurilishda normativ hujjatlar tizimi quyidagilarga bo‘linadi:
Qurilish bahosini aniqlash uchun resurs normativlarini ishlab chiqish va undan foydalanish qoidalarini o‘z ichiga oladigan «Iqtisodiy normativlar» SHNQ 4ning quyi tizimi bilan birgalikda normativlar resusrlarni smetali me’yorlash metodologiyasini xosil qiladi.
Bularning barchasi respublika miqyosidagi, davlatlararo va boshqarmaviy resurs normativlari 1-ilovada keltirilgan, qurilishda narx shakllantirish va me’yorlash tizimining resursli smeta-normativ bazasini tashkil qiladi.
Respublika miqyosidagi normativlar «Iqtisodiy normativlar» SHNQ 4ning quyi tizimiga kiruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi tomongidan kuchga kiritiluvchi normativlarni o‘z ichiga oladi.
Ulardan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jalining turli sohalarida amalga oshiriladigan qurilishlarning bahosini aniqlashda foydalaniladigan resurslarning talab qilinadigan miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Ushbu normativlarga shuningdek resursli elementli smeta normalari (RESN) ham kiradi.
Davlatlararo resurs normativlariga MDH davlatlarining standartlashtirish va texnik me’yorlash bo‘yicha Davlatlararo ilmiy-texnika xayati yordamida ishlab chiqilgan resusr normativlari kiradi va ular O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi xududida kuchga kiradi.
Resurs normativlari qurilish bahosini resurs usuli bilan aniqlash talablariga mos bo‘lishi kerak.
Ular quyidaga talablarga javob berishi lozim:
-tizimning asosiy vazifalariga va qurilishda resursni me’yorlashga muvofiq bo‘lgan holda loyihalashning turli bosqichlarida narxni aniqlashga imkon berishi;
-turli resurslarni optimal sarfini, atrof tabiat muhitidan samarali foydalanishni, qurilish bahosini to‘g‘ri va aniq aniqlanishini ta’minlagan holda texnik va iqtisodiy jixatdan asoslangan bo‘lishi;
-qurilish texnikasi yutuqlarini va qurilish ishlab chiqarishining ilg‘or texnologiyalarini hisobga olgan holda qurilishning ilmiy-texnik rivojini rag‘batlantirishi;
-foydalanishda juda qulay va oddiy bo‘lishi, kompyuterlardan va boshqa avtomatlashtirish usullaridan keng foydalanish imkonini beradigan, hamda normativ hujjatlar hajmini qisqartirish imkonini berishi lozim.
Resursli smeta normativlar ishlab chiqilishi jarayonida, alohida normativlarda mavjud bo‘lgan xarajatlarni qayta hisoblash imkoni bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |