1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari
Elementli smeta resusr normalari va ularni ishlab chiqish tartibi
Download 168.2 Kb.
|
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org
2.3. Elementli smeta resusr normalari va ularni ishlab chiqish tartibi
Resusrli smeta normativlarni ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: loyihaviy materiallardagi eng muvofiq texnik echimlar; zamonaviy fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va qurilish mashinalari; materiallar, mahsulotlar va konstruksiyalar hamda uskunalarga ta’luqli amaldagi normativlar; qurilishda ishchilarga xaq to‘lash bo‘yicha amaldagi normalar va nizomlar. Resursli smeta normativlar o‘z kuchini ma’lum vaqtgacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladigan yangi smeta normativlariga kuchga kirguniga qadar saqlab turadi. Qurilishda yangi smeta normalariga o‘tish xaqida qaror qabul qilinganida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi kuchga kiritilayotgan smeta normativlari qanday ma’lumotlar asosida ishlab chiqilishi kerakligini va muvofiq normativlarni kuchga kirish sanasini belgilaydi. Resurs smeta normasi deganda qurilish yoki montaj ishlari hamda konstruksiyalar uchun, odatda tabiiy (fizik) birliklarda yoki nisbiy shaklda (foiz, koeffitsient ko‘rinishida) qabul qilingan ko‘rsatkich uchun belgilangan resurslar majmuasi (ishchilar mehnat sarfi, qurilish mashinalarining ishlash vaqti, materiallar, mahsulotlar va konstruksiyalarga bo‘lgan ehtiyoj) tushuniladi. Smeta normalaridagi resurslarning tarkibi va miqdori qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va uni tashkil etish sohasidagi oxirgi yutuqlarga, montaj va qurilish tashkilotlarini texnik jixozlanishining zamonaviy talablariga javob berishi, qurilish sohasidagi ilg‘or tajribalarni, hamda samarali loyihaviy echimlarni, materiallarni, mahsulotlarni va konstruksiyalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Smeta normalarining asosiy funksiyasi – narx ko‘rsatkichlarga o‘tish uchun asos sifatida muvofiq turdagi ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarning normativ miqdorini aniqlashdir. Resursli smeta normativlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va kuchga kiritish «Qurilishda normativ hujjatlar tizimi. Normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi»da keltirilgan tartibga muvofiq ravishda amalga oshiriladi va mavjud qoidalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. YAngi resursli smeta normativlarni ishlab chiqish va ilgari amalda bo‘lganlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi tomonidan tasdiqlanadigan metodik hujjatlar asosida Davarxitektqurilishning va alohida investorlarning topshirig‘i bilan muvofiq normativ ishlar rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Loyihada (ishchi hujjatlarda) ko‘zda tutilgan konstruksiyalar va ishlar uchun amaldagi resursli elementli smeta normativlar to‘plamlarida normativlar mavjud bo‘lmagan hollarda, qurilish uchun resursli smeta hujjatlarini tuzuvchi loyihachi tashkilot loyiha (ishchi hujjatlar) tarkibida tasdiqlanadigan muvofiq resursli smeta normalarni ishlab chiqishi lozim. Amalga kiritilishi zarur bo‘lgan resursli smeta normativlar loyihalari, ilmiy-tadqiqot va loyihachi tashkilotlarni jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishining kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi. Resursli smeta normativlarni nashr qilish va qayta nashr qilish xuquqi, normativni tasdiqlovchi idoraga tegishlidir. Tasdiqlangan resursli smeta normativlarni to‘plam ko‘rinishida nashr qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda: -to‘plam muqovali qilinishi, alohida hujjatlarni esa to‘plamga muqovasiz, ya’ni faqat titul varag‘ini qo‘yish bilan nashr etish kerak; -to‘plamning muqovasiga unga kirgan barcha alohida hujjatlarning belgilarini kiritish lozim; -to‘plamning pastki qismida betlarning raqamlari qo‘yib borilishi lozim. Smeta normativlarini tasdiqlagan va kuchga kiritgan resursli smeta normativlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar (bir nechta amalga oshiruvchilar mavjud bo‘lgan xolda – ishlab chiquvchi tashkilotlar) va idoralar amaldagi normativlarni ilmiy-texnik darajasini aniqlash uchun ularni davriy ravishda tekshirib turishlari va ularni yangilash bo‘yicha takliflar tayyorlashlari zarur. Amaldagi resursli smeta normativlarni yangilash qayta ko‘rib chiqish rejalariga muvofiq holda butunlay qayta ko‘rib chiqish yoki alohida o‘zgartirishlar kiritish (masalan: ularga nisbatan koeffitsientlar keltirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Odatda bu, resursli smeta normativlarga o‘zgartirishlar yoki resursli smeta normativlar to‘plamlariga qo‘shimchalar ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi va ularni kuchga kiritish yangi normativlarni kuchga kiritish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Resursli smeta normativlar to‘plamlariga qo‘shimchalar, to‘plamlar rasmiylashtirilgani kabi rasmiylashtiriladi. Resursli smeta normativlarni qayta ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos sifatida, tugallangan ilmiy-texnik yoki tajriba ishlarining natijalari, resursli smeta normativlar tuzish va qo‘llashning, smeta normativlar talablariga rioya qilish va ularni qo‘llanilishini nazorat qilishning milliy va xorij tajribasini o‘rganish, umumlashtirish xizmat qilishi mumkin. Muvofiq resursli smeta normativlar to‘plamiga kiritiladigan har bir o‘zgarishga ro‘yxatdan utish tartib raqami beriladi. Smeta normativlari to‘plamiga qilingan har bir qo‘shimchaga quidagicha titul belgisi beriladi: «Soni (so‘ng tartib raqami keltiriladi)». O‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqamlash, resursli smeta normativlar to‘plamlarini birinchi bor kuchga kiritishdagi kabi tartibda amalga oshiriladi. Download 168.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling