1-mavzu: Qurilmalarni mikrokontroller yordamida raqamli signallar bilan boshqarish texnologiyalari


Download 31.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi31.73 Kb.
#1478551
1   2   3
Bog'liq
1-maruza (1)

 
 
4.2. Yorug`lik qurilmalarini boshqarish algoritmlari va dasturlari. 
Yorug`lik lampalari sifatida avtomatlashtirilgan tizimlarda asosiy indikatorlar 
vazifasini bajaruvchi diodli lampalarni boshqarish algoritmlarini ko`rib chiqamiz. 
Ushbu lampalarning 2 turini farqlaymiz: 

monoxrom lampalar: 

RGB lampalar. 
Monoxrom lampalar faqat bitta rangda yonadigan diodli lampalardir. Ularning 
ranglari turlicha, masalan, oq, ko`k, sariq, yashil, qizil, zarg`aldoq kabi ranglar bo`lib, 
tabiiyki ishlab chiqariladigan ranglar soni ko`p emas. Xozirgi paytda asosan “qattiq” 
15 rangdagi lampalar ko`proq uchraydi.
RGB lampalar 3 ta anod va 1 ta umumiy katolga ega bo`ladi. Anodlarning biri R 
(Red) – qizil, ikkinchisi G (Green) – yashil va uchinchisi B (Blue) – ko`k ranglar 
intensivligiga to`g`ri keladi. Ularning kombinasiyasiga muvofiq turli ranglar hosil 
bo`ladi. Mikrokontrollerlarda ularning har birining intensivligi 0 dan 255 gacha bo`lishi 


mumkin. Kompyuter grafikasidan ma`lumki, ushbu holatda hosil bo`lishi mumkin 
bo`lgan ranglarning umumiy soni 256x256x256=16777216 taga teng. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, diod lampalarni boshqarish algoritmlarini 2 turga 
ajratishimiz mumkin: 
Turli rangdagi monoxrom lampalarni 3 ta parametr yordamida boshqarish. 
Ushbu parametrlarni, shartli ravishda, t1 – yonib turish vaqti, t2 – o`chiq turish vaqti, h 
– yonib o`chish chastotasi deb olishimiz mumkin. Ushbu parametrlar qiymatlarini 
o`zgartirib, turli yorug`lik signallarini olish mumkin. Albatta, ushbu parametrlar har bir 
rangdagi lampalar uchun alohida-alohida berilishi lozim. 
RGB diodli lampalarni esa 5 ta parametr yordamida boshqarish. Ushbu 
parametrlarni ham, shartli ravishda, i – qizil rang intensivligi, j – yashil rang 
intensivligi, k – ko`k rang intensivligi, t1 – ma`lum bir rangning ushlanib turish vaqti, 
t2 – lampaning o`chiq turish vaqti deb olishimiz mumkin. Ushbu parametrlar 
qiymatlarini o`zgartirib, turli rangdagi va miltillash chastotali yorug`lik signallarini 
olish mumkin.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozimki, lampalarning yonib-o`chish (miltillash) 
chastotasi 23 Hz dan oshmasligi kerak, chunki inson ko`zi undan ortiq miltillashni 
uzluksiz yonib turgan lampa kabi qabul qiladi. 

Download 31.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling