1-mavzu: Qurilmalarni mikrokontroller yordamida raqamli signallar bilan boshqarish texnologiyalari
Download 31.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (1)
4.2. Yorug`lik qurilmalarini boshqarish algoritmlari va dasturlari. Yorug`lik lampalari sifatida avtomatlashtirilgan tizimlarda asosiy indikatorlar vazifasini bajaruvchi diodli lampalarni boshqarish algoritmlarini ko`rib chiqamiz. Ushbu lampalarning 2 turini farqlaymiz: monoxrom lampalar: RGB lampalar. Monoxrom lampalar faqat bitta rangda yonadigan diodli lampalardir. Ularning ranglari turlicha, masalan, oq, ko`k, sariq, yashil, qizil, zarg`aldoq kabi ranglar bo`lib, tabiiyki ishlab chiqariladigan ranglar soni ko`p emas. Xozirgi paytda asosan “qattiq” 15 rangdagi lampalar ko`proq uchraydi. RGB lampalar 3 ta anod va 1 ta umumiy katolga ega bo`ladi. Anodlarning biri R (Red) – qizil, ikkinchisi G (Green) – yashil va uchinchisi B (Blue) – ko`k ranglar intensivligiga to`g`ri keladi. Ularning kombinasiyasiga muvofiq turli ranglar hosil bo`ladi. Mikrokontrollerlarda ularning har birining intensivligi 0 dan 255 gacha bo`lishi mumkin. Kompyuter grafikasidan ma`lumki, ushbu holatda hosil bo`lishi mumkin bo`lgan ranglarning umumiy soni 256x256x256=16777216 taga teng. Yuqoridagilardan kelib chiqib, diod lampalarni boshqarish algoritmlarini 2 turga ajratishimiz mumkin: Turli rangdagi monoxrom lampalarni 3 ta parametr yordamida boshqarish. Ushbu parametrlarni, shartli ravishda, t1 – yonib turish vaqti, t2 – o`chiq turish vaqti, h – yonib o`chish chastotasi deb olishimiz mumkin. Ushbu parametrlar qiymatlarini o`zgartirib, turli yorug`lik signallarini olish mumkin. Albatta, ushbu parametrlar har bir rangdagi lampalar uchun alohida-alohida berilishi lozim. RGB diodli lampalarni esa 5 ta parametr yordamida boshqarish. Ushbu parametrlarni ham, shartli ravishda, i – qizil rang intensivligi, j – yashil rang intensivligi, k – ko`k rang intensivligi, t1 – ma`lum bir rangning ushlanib turish vaqti, t2 – lampaning o`chiq turish vaqti deb olishimiz mumkin. Ushbu parametrlar qiymatlarini o`zgartirib, turli rangdagi va miltillash chastotali yorug`lik signallarini olish mumkin. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozimki, lampalarning yonib-o`chish (miltillash) chastotasi 23 Hz dan oshmasligi kerak, chunki inson ko`zi undan ortiq miltillashni uzluksiz yonib turgan lampa kabi qabul qiladi. Download 31.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling