1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet12/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Muzqaymoq kafesi – dam olish uchun eng gavjum joy. Hamma oilalar ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta toifadagilarga mo‘ljallangan, narx-navosi ham yuqori. Muzqaymoq kafelari esa hammabop, butun oila a’zolari bilan kelib muzqaymoq iste’mol qilish va dam olish mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‘ziga xos. Ishlatiladigan asboblar zanglamaydigan po‘latdan yasaladi. Jihozlarni saqlash uchun stellajlar, idishlarni yuvadigan joy, ochiq va yopiladigan, devorga o‘rnatilgan jovonchalar, quyi darajali muzlatgichlar, stol va boshqalar bo‘ladi. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi. Muzqaymoq kafelari savdo zalida: past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo‘yiladi. Mebel bo‘ladi, choy va kofe qaynatadigan anjomlar yordamida mijozlarga issiq choy, kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari muzqaymoq kafesida har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham harid qilish mumkin.
Kafeteriylar – yirik oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat magazinlarida tashkil qilinadi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut-qatiq mahsulotlari, buterbrodlar, qandolat mahsulotlari va boshqalar tayyorlanishi va sotilishi mumkin. Alkogol ichimliklar sotish taqiqlanadi. Hisob-kitobni bufetchining o‘zi bajaradi.
Oshxona – tegishli mijozlar talabini qondirish, oziq-ovqatlar iste’mol qilinadigan umumiy ovqatlantirish maskani. Haftaning kunlari bo‘yicha taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va mijozlarga taqdim etiladi. Umumiy ovqatlantirish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlantirish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati – o‘z mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi, oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek ovqat mahsulotlari, chala tayyor maksulotlar sotiladi.
Oshxonalar bir-birlaridan qo‘yidagicha farqlanadi:

  • mahsulotlari assortimenti bo‘yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari;

  • xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari, talabalar va shunga o‘xshashlar;

  • manzili bo‘yicha: hamma uchun, OTM va korxona, muassasa xodimlari uchun.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling