1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet28/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

ish faoliyatidan lavha

Yuqorida dunyoga mashhur xalqaro restoranlar zanjirini ko`rib chiqdik. Ularning aksariyati rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu sohani be’malol yuqori daromad keltiruvchi soha deb ayta olamiz. Masalan, birgina «Mcdonald`s» xalqaro restoranlar zanjirining daromadi 2014 yil yakunlariga ko`ra 6,57 mlrd dollar ekanini guvohi bo`lamiz. Bundan tashqari ushbu restoranlarda ishlovchi xodimlarning soni bugunga kelib 1,9 kishini tashkil etmoqda. Bu ko`rsatkichlar shuni anglatadiki, xalqaro restoranlar zanjiri nafaqat mijozlarga xizmat qilish, ularning ovqatlanishga bo`lgan ehtiyojini qondirish, balki mamlakatda minglab yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, davlat byudjetiga sezilarli darajada hissa qo`shayotganligini bemalol ayta olamiz. Mana shu dalillarning o`zi bunday restoran zanjirlari filallarini yoki o`zbek milliy taomlarinitayyorlashga mo`ljallangan boshqa restoranlar zanjiri sonini ko`paytirishga asos bo`la oladi.


Bugungi kunda O`zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi restoranlarni faqatgina Toshkent sharida uchratishimiz mumkin. Lekin ularning asosini qimmat narxdagi ovqatlarga asoslangan menyu bilan ishlovchi restoranlar tashkil qiladi. Ulardan bir nechtasi faoliyati bilan tanishib chiqamiz.


«Bon!» kofeynyalari
Bon! – bu uchta fransuz kofeynyalarining birinchisidir. Bu yerda kunni foydali nonushta bilan boshlab, hamkasblar bilan birgalikda biznes lanch yoki kechqurun bir chashka kofe bilan fransuzcha tayyorlangan desertni tanovvul qilish mumkin. Har qanday mahsulotni, kofeni ham mijoz o`zi bilan olib ketsa bo`ladi. «Bon!» kofeynya zanjiriga keladigan bo`lsak, uning Toshkent shahrida yana ikkita filiali mavjud.

10-rasm. «Bon!» Zanjiri tarkibidagi kofeynya

«Bon!» zanjiridagi kofeynyalarga mijoz atayin ovqatlanish maqsadida yoki yonidan o`ta turib yangi yopilgan fransuzcha shirin kulchalar hidiga mast bo`lib tashrif buyurishadi.


Yog`ochdan yasalgan mebel, devor, yog`och obligatsiyalaridan kofe rangida foydalanib bezatilgan zal sokin muhitni yaratadi, uchchala kofeynyada ham Fransiyadan keltirilgan bejirim qandillarni ko`rishimiz mumkin. Barcha binolar o`rtacha 40 kishi uchun mo`ljallangan.




11-rasm. «Bon!» kofeynyasida tayorlanadigan fransuzcha shirin kulcha
«Semo de roma» restorani


«Hamma yo`llar Rimga eltadi!»


12-rasm.Toshkent shahrida joylashgan «Semo de roma» restorani

«Semo de roma» restorani 2008 yilda ochilgan bo`lib, mijozlarga haqiqiy italyan oshxonasi taomlarini tortiq qiladigan, yoshlar uchun sevimli maskanga aylangan joy hisoblanadi. Do`stona va quvnoq muhit sizning kechangizni unutilmas damga aylantiradi.


Ushbu restoran «il Perfetto» restoranlar zanjiriga kiradi. Bu restoranlarda italyan oshxonasi taomlari pitsa, pasta va bundan tashqari issiq taomlar, shirinliklar tayyorlanadi va realizatsiya qilinadi. Restoranda chiroyli ayvon va VIP-room(alohida kabina) mavjud. «Semo de roma» – bu haqiqiy italyan restorani hisoblanadi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling