1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Dunyoning mashhur restoran zanjirlari


Download 2.33 Mb.
bet24/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

3. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari.


Transmilliy kompaniyalar. BMT hujjatlariga muvofiq, transmilliy kompaniyalar yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi. TMK doimiy ravishda Tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab chqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib boradi va tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular, shuningdek, ssuda pullari ham beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKlar xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanish ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsa-da, filialga tegishli bo‘ladi.
TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yxatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga tegishli bo‘ladi.
Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi ishtirokini kengaytirishi mumkin. U ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda nfoizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi.
Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng tarqalgan tajribadir. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini shartnoma (kontrakt) asosida boshqaradi. Korxona mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbaalardan moliyalashtirilishi mumkin . Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ayniqsa, marketing sohasida kuchlarni izohlovchi bir necha nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh masad qilib qo‘yadi. Ulardan biri kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad me’yori va foiz stavkalari farqi hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin edi. Kompaniyalarga esa investitysiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi, mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda esa har xil cheklovlar mavjud.
Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda mablag‘larni erkin qo‘yilishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKning mamlakatda tengsizligi davom etaveradi.
Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning daromadliligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi, qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash.
Jahon bozoriga yorib kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim, bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) mamlakatlardan kompaniya Y (igrik) mamlakatdagi mahalliy firmalardan ishlab chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi.
Biz bekorga birinchi o‘rinda transmilliy kompaniyalarga ta’rif berib o‘tganimiz yo‘q. Chunki xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi har bir restoran transmilliy kompaniya (TMK) hisoblanadi.
Xalqaro restoranlar zanjiribu turli joylarda joylashgan, bitta umumiy korporativ mulk shakliga yoki franshiz shartnomasiga asoslangan restoranlar majmuasi hisoblanadi. Odatda restoranlar zanjiridagi binolar standart me’moriy yechim, standart menyu va xizmatlarga ega bo‘ladi.
Odatda restoranlar zanjiri bir mamlakatda yoki ikki va undan ortiq mamlakatlarda joylashgan bo‘ladi. Ikkinchi tipdagi restoranlar xalqaro mehmonxonalar zanjirini tashkil etadi.
Bunday restoranlarning boshqa restoranlardan farqi shuki, ularning hammasida bir logotip, bir xil taomlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ham bir turdaligi, yagona boshqaruv tizimiga birlashilganligidadir. Bularning barchasi restoran menejmenti puxta o‘ylab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki restoran nomi ham mijozni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy omillardan biridir. Bundan tashqari buni turizm bilan bog‘laydigan bo‘lsak, o‘zining mamlakatida mashhur brend asosida faoliyat yuritadigan restoran mijozi tashrif buyurgan mamlakatida ham o‘sha nomni ko‘rsa, uning taomlarini qumsagan bo‘lsa hech shubhasiz, ana shu restoran xizmatidan foydalanadi.
Bundan tashqari hozirgi kunda rivojlanib, soni kundan-kunga ko‘payib borayotgan restoranlarning ko‘pchiligi tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, XXI asr odamlari, yoshlar qimmat restoran ovqatlaridan tez tayyor bo‘luvchi «Fast Food» larni ma’qul ko‘rishmoqda. Bu omillar xalqaro restoranlar zanjirini tarkibini ko‘paytirmoqda, ularning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.
Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va o‘lchami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQSH liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog‘ini sandvichlar tashkil qiladi.
«Nev research» kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: «Makdonalds» restoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, «Subvayey»da beriladigan sandvichlar, «Tako Bell»da beriladigan «teks-meks» va boshqalar.
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma mablag‘ga ega bo‘lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2005-yilda «Makdonalds» eng katta aylanma mablag‘ga, ya’ni 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda edi. Eng ko‘p korxonalar «7-yeleven» restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag‘ bo‘yicha ozgina orqada qolgan edi. 90-yillarning boshlarida pitsa tayyorlovchi restoranlar bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. «Pitssa-Xat»-9450 ta korxona, «Domina-pitssa»- 5300 taga va «Lill-sizar»-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi.
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar markalariga (belgilariga) ega. Masalan; «Pitssa-Xat»«Pepsiko Ink» kompaniyasiga qarashli, «Tako Bell» esa «Kentukki Fred Chikken» kompaniyasiga, «TV xolding INK»ga «Denis», «Kuinsis», «Yel Pollo Loko» va «Kantin Korp»lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi.
Amerika Milliy restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda mamlakatda umumiy ovqatlanishda 913 ming korxona xizmat ko‘rsatib, 325 mlrd. dollar savdo tushumiga ega bo‘ldi va xizmat ko‘rsatish shtatlarida 9,8 mln. kishi qatnashdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar konsepsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30% ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu turdagi restoranlar mavjud. Bu konsepsiyalarning xilma-xilligi savdo markazlaridagi bir qator kafe va restoranlardan tashkil topgan «Shaxobcha»lar konsepsiyasi bilan izohlanadi. London markazidagi «Meveniks Marshe» restorani bitta bo‘limida bir vaqtning o‘zida 7 ta unchalik katta bo‘lmagan restoranlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga «shved stoli» shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda, bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning «yarimpansion» shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechki ovqat belgilangan vaqtda beriladi. «To‘liq pansion»da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinizm va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslanadi.
Quyida dunyo bo‘ylab tarqalgan xalqaro restoranlar zanjirining hududlar bo‘ylab joylashuvini ko‘rib chiqamiz (2-jadval)

2-jadval

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling