1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Restoranda iste’molchilarga xizmat qilish vaqti


Download 2.33 Mb.
bet22/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Restoranda iste’molchilarga xizmat qilish vaqti


Vaqt, min



o‘rtacha



Tez



Birinchi kelish



4-5



1-2



Buyurtma bilan taom berish oralig‘i



8-10



1-2



Buyurtma bilan gazak berish oralig‘i



10-12



5-10



Gazak va asosiy taom berish oralig‘i



21-25



15-25



Buyurtma va desert berish oralig‘i



6-8



3-5



Umumiy hisob-kitob varaqasini berish



6-8



1-2



M ijozlarning noroziligi o‘rtacha 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng izhor etiladi. Ikkinchi, uchinchi taomlar kutilayotganda bu 10 daqiqa e’tiborsizdir. Taom berish oldidan yoki eng oxirida ham uning uncha ahamiyati yo‘q.


Madaniy xizmat tushunchasi bilan xizmat uchun choy chaqa berish tushunchasi aloqadordir. Choy chaqa berish restoran xizmatida odat bo‘lib qolgan. Bu ko‘pgina muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu esa bir-biriga ikki xil zid qarashni keltirib chiqaradi. Birinchidan, ofitsiantlarga ma’lum miqdorda moddiy manfaat bazasi bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan, ofitsiantlarning ko‘proq choy chaqa olishga bo‘lgan ishtahasini kuchaytiradi. Bu esa restoran mijozlarining noroziligiga sabab bo‘ladi.
Butun dunyo restoranlarida ofitsiant mijozlar ovqatlanib bo‘lganidan so‘ng choy chaqa haqida eslatishi yomon illat hisoblanadi. Biroq restoranlarda mijozlardan ofitsiantlar choy chaqa so‘rash holatlari uchrab turadi.
Ba’zi restoranlarda ofitsiantlar xizmat haqi uchun hisob-kitobga 15% qo‘shimcha qiladi. Ammo ofitsiant hech qachon mijozlarga choy chaqa haqida gap ochmasligi lozim. Restoranning donishmand mutaxassislari fikricha, agar ofi-siant «hasis mehmonlar» haqida o‘z doirasida gap yuritar ekan, demak, u bu sohada ishlashga yaroqsizdir.
AQShda choy chaqa berish qoidaga aylangan. Hatto ba’zi amerikaliklar choy chaqa miqdorini ko‘rsatuvchi jadval olib yuradilar, ofitsiantni ovora qilmay, choy chaqa summasini o‘zlari aniqlab to‘lab ketaveradi. Ko‘pchilik restoranlarda, kafelarda ofitsiant oyligining 95% ini mijozlardan olinadigan choy chaqa tashkil qiladi.
Restoran xodimlari mijozlarning chiroyli o‘tirishlarini ta’minlash, xodimlar orasida choy chaqa sababli nizolar chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Chet el restoranlarida choy chaqa masalasiga turlicha yondashadilar. Ba’zilarida choy chaqa ofitsiantlar orasida teng bo‘linadi. Bu ko‘pincha o‘ntagacha ofitsiant ishlaydigan restoranlarda bo‘ladi. Ba’zilarida esa, ofitsiant choy chaqaning yarimini o‘ziga olib qoladi, yarmini bosh ofitsiant, vino sotuvchi va boshqalarga beradi.
Ba’zi hollarda choy chaqaning bir qismini zal menejeriga, bosh ofitsiantga, garchi ularning maoshlari yuqori bo‘lsada beriladi. Ba’zi restoranlarda ochiq aytilmasa ham choy chaqa qoldirish uchun imo-ishora qilinadi. Cheklarda quyidagicha yozuv bo‘ladi: «Xizmat haqi taomlar bahosiga qo‘shilmagan». Ammo xizmati oliy darajadagi restoranlarda bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida xizmat qilish madaniyati mijozlarning taom iste’mol qilish madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling