Dasturxonlar –bularning qanday vazifa bajarishi hammaga ma’lum ya’ni dasturxonlar ovqatlanayotgan paytda foydalaniladi.
Naperon–dasturxoningustidanto‘shalibdasturxonniharxildog‘lardanasraydi. Bazihollardamasalan: dasturxonlarulanganbo‘lsaundao‘shulanganjoynaperonbilanberkitiladi.
Dasturxonlarning matolariga ko‘ra turlari:
Manzarali(jakkordli);
Pike;
Silliq polotno;
Manzarali (jakkordli) turli figuralar, gullar, emblemalar va hokazolar bo‘ladi (zig‘ir va yarim zig‘ir dasturxonlar).
Pike turli geometrik figuralar tushirilgan bo‘ladi (ipgazlama va yarim zig‘ir dasturxonlar).
Silliq polotno rasmi bo‘lmagan silliq matolar (paxtadan tikilgan dasturxonlar).
Dasturxonlarning rangiga ko‘ra turlari:
Rangli dasturxonlar o‘z navbatida ikkiga ajratiladi:
Oq rangli dasturxonlar zalga shinamlik va soflik bag‘ishlaydi. Har qanday holatda va barcha toifadagi korxonalarda qo‘llaniladi.
Rangli dasturxonlar rangli yigirilgan iplardan tayyorlanadi. Ko‘pincha och ranglar- qalampir tusli, och havo rang, pushti rang va hakazo ranglarga urg‘u beriladi.
Dasturxonlarning bezagiga ko‘ra turlari:
Manzarali dasturxonlar;
Milliy bezakli dasturxonlar.
Manzarali dasturxonlar ancha to‘qroq ranglarda bo‘ladi. Bunday dasturxonlar odatda, nonushta vaqtida ishlatiladi. Ular mehmonxonadagi restoranlar va yozgi restoranlar uchun mos keladi.
Milliy bezakli dasturxonlar. Bu rangi dasturxonlarda turli naqshlar bo‘ladi. Milliy usuldagi korxonalarda foydalaniladi. Ular zalga shinamlik va xonadon sharoitini yaratadi.
Dasturxonlar ko‘rinishiga ko‘ra turlari:
Oddiy dasturxonlar;
Ziyofat dasturxonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |