1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Hindlar pazandaligiga va ovqatlanishiga xos xususiyatlar
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
6.4. Hindlar pazandaligiga va ovqatlanishiga xos xususiyatlar
6.4.1. Hindiston to‘g‘risida qisqacha ma’lumot O‘zbeklarning Hindiston bilan aloqasi tarixdan ma’lum. Kelajakda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlarning o‘rnatilishi hamda turizmning rivojlanishi tarixiy aloqalarning rivojlanishi va sifat jihat yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga imkon beradi. Shu sababli ham darslikning ushbu bandida Hindiston mamlakati va hindistonliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berish maqsadga muvofiq deb topildi, chunki ushbu ma’lumotlar hindlar va hindistonliklar ovqatlanishining asosini tashkil qiladi. Hindiston mamlakati Hind okeani havzasidagi Hinidiston yarim orolida joylashgan bo‘lib, mamlakat nomi ushbu yarim orol nomidan olingan. Hind tilida Hindiston “Bharat” deb ataladi. Bu nom hozirgi Hindiston hududida yashagan qadimiy “Bharatvarsha” (Bharata) Ariy qabilasining nomi bilan bog‘liq. Aholi soni bo‘yicha Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning aholisi ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 1.014 mlrd kishini tashkil qiladi. Ularning 70% i qadimiy Ariy qabilasining avlodlariga, 25% i dravidlarga, qolgan 5% i boshqa millat va elatlarga to‘g‘ri keladi. Mamlkat aholisining deyarli 70% i qishloq xo‘jaligida, 17% i turizm va boshqa servis, 13% i esa sanoat sohalarida band. Hindiston qishoq xo‘jaligida sholi, bug‘oy, dukkakli va moyli o‘simlik mahsulotlari, kartoshka, sabzavotlar, choy, shakar qamishi, paxta, joydori kanopetishtiriladi hamda qo‘y, echki, tuya, uy parrandalari va baliqlar o‘rchitiladi. Qishloq xo‘jaligidan tashqari Hinidstonda kimyo, foydali qazilmalar, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan. Hindiston ko‘p millatli mamlakat. Ular bir necha yuzga yaqin millat, elat va qabilalar yashaydi. Ular bir-birlari bilan 650 dan ortiq tillarda va dialektlarda munosabatda bo‘lishadi. Aholining aksariyat qismi ingliz va hind tillarida gaplashadi. Hind tilida gaplashadiganlardan tashqari bengal, malaylyam, mratxi, ariy, panjob, tamil, telegu, urdu tillari sohiblari, ko‘pchilikni tashkil qiladi. Hindiston ko‘p millatili mamlakat bo‘lishiga qaramasdan davlat tili sifatida faqat ingliz va hind tillari qabul qilingan. Aholi turli dinlarga sajda qiladi. Induizm sig‘inadigan aholi soni eng ko‘p va 80% ga yaqin, undan keyin musulmon diniga sig‘inadiganlar soni ham juda ko‘p, ular aholining deyarli 14% ini tashkil qiladi. Ko‘rsatilganlardan tashqari xristian diniga sig‘inuvchilar (2.4%), buddizmga (0.7%), sikxizmga (2%) sig‘inadiganalar soni ham ko‘p. Jaynlar (0.5%) va boshqa dinlarga (0.4%) sig‘inadiganlar soni ham ma’lum bir ulushga ega. Hindlar mamlakatining barcha hududi bo‘yicha yashashsa, qolgan millat va elatlar vakillari Hindistonning ba’zi shtatlarida va shaharlarida gavjum bo‘lib yashashadi. Masalan, musulmonlar (100 mln.dan ko‘proq kishi) mamlakatning shimolida, asosan Jammi tumanida, Kashmir shahrida va uning atrofida, sikxizmga sig‘inadiganlar (18 mln.dan kishidan ortiq) asosan Panjabda, buddistlar (6.6 mln. atrofida) Hindiston shimolida, jaynlar (4.5 mln atrofida) mamlakat g‘arbida va janubiy g‘arbida yashashadi. Maydoni bo‘yicha Hindiston o‘rta maydonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning maydoni 3.28 mln kv.km bo‘lib, maydoni bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Mamlakat maydonining faqat yarmi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli, qolgan qismi esa o‘rmonlarga to‘g‘ri keladi. Bombey, Kalkutta, Deli, Madras, Haydarobod, Bangalar Hindistoning eng katta shaharlaridan hisoblanadi. Hindistonda Goa, Kovalam, Maxabapuram, Andamana va Lakshadvil orollari eng mashhur kurortlardan hisoblanadi. Hindiston milliy valyutasi rupiy. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling