1-mavzu. Restoranlarda mehmonlar ishonchi. Barlardagi servis reja: Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi. Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali


Download 127.75 Kb.
bet15/16
Sana08.02.2023
Hajmi127.75 Kb.
#1177463
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-MAVZU

Yordamchi bo’limlar sifatida xavfsizlikni ta’minlash, muxandislik strukturalari, buxgalteriya hisobi, ma’muriy faoliyat olib borayotganlar va boshqalar bilan bog’liq bo’lganlar namoyon bo’lishadi. Ammo, ba’zi bu bo’limlarni ishchilari ham yanada muhimroq rol o’ynashga harakat qilishlari mumkin. Masalan, buxgalteriya nazorat funksiyalarini bajarishga harakat qilishi mumkin, ayni vaqtda esa u faqat korxonani faoliyatini qo’llab quvvatlashni ta’minlab turadi. Moliyaviy nazorat moliyaviy siyosatni elementi sifatida namoyon bo’ladiki, uni rahbariyat bo’g’inini vakillari amalga oshirishadi. Shu bilan birga har bir servis korxonasidagi personal xizmatini ahamiyati beqiyos bo’lib, uni funksional, ikkinchi darajaliga tegishli deb bilish mumkin emas.

  • Yordamchi bo’limlar sifatida xavfsizlikni ta’minlash, muxandislik strukturalari, buxgalteriya hisobi, ma’muriy faoliyat olib borayotganlar va boshqalar bilan bog’liq bo’lganlar namoyon bo’lishadi. Ammo, ba’zi bu bo’limlarni ishchilari ham yanada muhimroq rol o’ynashga harakat qilishlari mumkin. Masalan, buxgalteriya nazorat funksiyalarini bajarishga harakat qilishi mumkin, ayni vaqtda esa u faqat korxonani faoliyatini qo’llab quvvatlashni ta’minlab turadi. Moliyaviy nazorat moliyaviy siyosatni elementi sifatida namoyon bo’ladiki, uni rahbariyat bo’g’inini vakillari amalga oshirishadi. Shu bilan birga har bir servis korxonasidagi personal xizmatini ahamiyati beqiyos bo’lib, uni funksional, ikkinchi darajaliga tegishli deb bilish mumkin emas.
  • Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqishda funksional kriteriy bilan bir qatorda turli bo’limlarni ish ixtisosligi, vakolat hajmi va nazorat funksiyalarini o’lchash, shuningdek, ularni o’zaro muvofiqlashtirish metodlari hisobga olinadi. Turli servis korxonalarida iyerarxiyani turli sondagi darajalari mavjud bo’ladiki, bunda buyruq berish pog’onalari vertial qatorga tiziladi va rahbarlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar quriladi. Bo’ysunuvchilar va buyruq beruvchi darajalar sonlari o’rtasidagi eng ma’qul nisbatni topish juda qiyin. Oldinroq bir rahbar yettita bo’ysinuvchini optimal boshqarishi mumkin deb faraz qilinar edi. Hozirgi kunda esa, turli vaziyatlar rahbarni bir xil bo’lmagan bo’ysunganlari sonini belgilaydi deb hisoblanadi.
  • Korxona rahbariyati korxona iyerarxiyasidagi darajalarni asoslanmagan ko’payishi boshlanayotganligini vaqtida aniqlay olishi lozim. Bunday xavf katta iyerarxik darajalar mavjud bo’lgan katta servis korxonalarida yuzaga kelishi mumkin.
  • Xizmat ko’rsatish korxonalari amaliyoti ortiqcha bo’ysunuvchi daraja va korxona personali sonini kamaytira turib, iqtisodiy konyunkturaga hozir javob bo’ladigan ishni tashkiliy shakllarini o’zlashtirganlar. Hozirgi vaqtda bunday shakllarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda informasion texnologiyalarni o’zlashtirilishi, ishchilarni qisman yollashni (soatbay, to’liq bo’lmagan ish haftasiga) joriy qilinishi va boshqalar ko’maklashadi. Hozirgi sharoitda korxonani tashkillashtirishda ishchilarni uch guruhi farqlanmoqda:
  • - asosiy guruh – asosiy ishlab chiqarish funksiyalarni bajaruvchi va to’liq ish stavkasida ishlayotgan personal;
  • - rahbarlik qiluvchi guruh – stabil yollanma rejimida mehnat qiluvchi va umumiy rahbarlikni , subpodryad ishlarni nazorat qilish va boshqalarni amalga oshiruvchi rahbar ishchilar;
  • - yordamchi guruh – egiluvchan ishchi guruhidan iborat.
  • Oxirgi guruhdagi ishchilar soni sharoitga qarab ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bu guruhni afzalligi ishchi kuchini arzonligi, ishchilarni yollash va bo’shatish soddaligi bilan belgilanadi. Bu guruh personalini har safar o’qitish, ularni samarali boshqarish va nazorat qilish talab qilinadi. Ammo, bunday tashkillashtirish o’zini oqlaydi.
  • Iyerarxik pog’onalar va personal sonini qisqartirish ba’zi xizmat ko’rsatish bo’g’inlarini avtomatlashtirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi menedjerlar avangard yechimlar qabul qila turib, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish jarayoniga ishtirok etish imkonini berishadi (masalan, restoranlar va otellarda).
  • Faoliyatni ko’p sonli tashkiliy jihatlarini optimallashtirish uchun katta servis korxonalarida nazorat qilish xizmati tashkillashtirilishi joriy etilmoqda. Bu xizmat to’g’ridan-to’g’ri korxona rahbariyatiga yoki uni o’rinbosarlariga bo’ysunadi. U mustaqil bo’lib, chiziqli (ma’muriy) boshqaruvni turli darajalariga nisbatan xolisdir.

Download 127.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling