Pivo barlari – maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi. - Pivo barlari – maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.
- Vino barlari – mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlantirish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay joy hisoblanadi. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilishi choy yoki kofe ichib ketishi mumkin.
- Gril-barlar – savdo markazlarida, shahar ichida, dam olish joylarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda mijoz tanisq va noyob taomlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taomlar assortimenti mijozning tezlik bilan ovqatlantirishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi. Taomni chala tayyor mahsulotlardan uning o‘zi tayyorlaydi.
- 4.Barlarni jihozlanishi. Barda ishlash. Barlardagi servis
- Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:
- - vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;
- - restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi;
- - yordamchi barlar–mehmonxona qavatlarida joylashadi;
- - banket barlari – banket zallarida joylashadi;
- - mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi.
- Bar taomnomalarida aralash-ichimliklar, shuningdek, tabiiy kuchli alkogol ichimliklar bo‘ladi. Har xil gazaklar mijozlar xohishiga qarab beriladi. Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, televizor, videomagnitafonlar, o‘yin avtomatlari bo‘lishi kerak. 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘ladi. Hozirgi kunda ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.
- Disko-bar taomnomasida odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar bo‘ladi. Unda issiq taomlar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi: qulupnayli, shaftoli sharbatli, o‘rikli, kofeli, yong‘oqli va hokazo. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni disko-bar xodimi boshqarib boradi.
- Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘rdanak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |