1-mavzu: Sertifikasiyaning tovarlarni sifat ko'rsatkishini oshirishdagi ahamiyati. Reja


Elektr texnika buyumlari sertifikatlashtirish bo’yicha MЕK xalqaro tizimi


Download 0.68 Mb.
bet5/9
Sana07.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1174265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korsatkich

Elektr texnika buyumlari sertifikatlashtirish bo’yicha MЕK xalqaro tizimi.

Elektr texnika buyumlari sertifikatlashtirish xalqaro tizimining bunyod qilinishi Еvropa va Amerika firmalari o’rtasida bozordagi raqobat tashabbusi bilan yuz bergan. 1960 yillarda Еvropalik raqobatchilar Amerikaliklardan himoya qilish uchun SENELEK doirasida Еvropa Ittifoki va ЕAST mamlakatlari a'zolari uchun yopiq hududiy tizim sifatida SVSS elektr texnika buyumlari hududiy sertifikatlashtirish tizimini tuzilgan.

Elektr texnika buyumlari hududiy sertifikatlashtirishi Еvropa standartlariga muvofiq sertifikatlangan buyumlarni sotib olish haqida G’arbiy Еvropa mamlakatlarining hukumat qarorlarini rag’batlantiridi. Shunda Еvropa mamlakatlariga xos qonun texnik barerni bartaraf etish zarur edi. AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstralya va boshqa davlatlar tomonidan GATT-VTO savdoda texnik to’siqlar bo’yicha rozilik proektiga tayyorgarlik boshlandi. ISOda sertifikatlashtirish bo’yicha Qo’mita (SЕRTIKO) tuzilgan. BMT ЕEK qoshida tuzilgan standartlashtarish sohasida siyosatga javobgar hukumat mansabdar shaxslari yig’ilishidan sertifikatlashtirish bo’yicha maslahat berish joriy qilinishi kerak bo’lgan masalalar qatoriga kiritildi. Natijada MЕKda ETB xalqaro sertifikatlashtirish tizimi joriy qilindi va tizimning asosiy qoida va jarayonlari qabul kilindi. ETB sertifikatlashtirish tizimini joriy qilinishidan maqsad ETB xalqaro savdosiga qayta tadqiqotlar o’tkazmasdan bu buyumlarning hamma mamlakatlarda bir xilda qabul qilinishi uchun bu tovarlarga qo’yiladigan yagona talablar, ularning talablariga javob berishini baholash usullari vositasida ta'sir ko’rsatish tiziminig umumiy rahbarligi MЕKga a'zo har qaysi mamlakat ishtirok etishi mumkin. Buning quyidagi shakllari mavjud:


  • Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha millim tashkilotning bo’lishi;


  • Tizimning hamma qoidalarini bajarish roziligi va tegishli ma'lumot hujjatlarni tashkil etish;


  • A'zo boshqa davlatlarda chiqarilgan ETB tadqiqotlar protokollari va sertifikatlashtirishlarni tan olish kerak. Agar tizim talablari javob bersa, tizim a'zolarining moliyalash majburiyatlarini bajarishi MЕK tizimida mamlakatning ikki xil ishtroki ko’rib chiqiladi.


Nazorat bo’yicha koordinasiya qo’mitasiga to’la huquqli a'zoliga va ovoz berish huquqi bilan sertifikatlashtirish bo’yicha rahbarli qo’mitasi ishtrok etish.

Tizimning rasmiy tili ingiliz, fransuz, rus tili hsoblanadi.

MЕK tizimida bo’yicha ETB lar sertifikatlashtirishning asosiy bosqichi tadqiqot labaratoriyani akkreditlash va ishlab chiqarish korxonani attestasiya qilish tadbik etilgan normativ hujjatlarga muvofiq tekshiruv o’tkazadi. Korxonani tekshirish uchun milliy nazorat xizmati vakili korxonalar ETB tajriba va sifat nazorati sifat ta'minot tizimi, o’lchov va tajriba jihozlarining mavjud ro’yxati, uning tekshiruvi haqida hujjat va boshqalar bo’yicha hujjatlashtirish bilan tanishtirish kerak. Rahbarlik quyidagi normativ hujjatlarni o’rnatadi: asosiy texnik shartlar, umumiy tehniik shartlar, guruhiy texnik shartlar, konkret turdagi buyumlarga texnik shartlar formalar va boshqalar.

Asosiy texnik shartlar hamma ETB yoki bir necha buyumlar guruhiga yoyiladi. Ularga masalan, tashqi omillar ta'siridagi uslubiy tajribalardagi MЕK standartlari, davriy nazorat va partiyalar bo’yicha tashkiliy nazorat tartibi va boshqalarga tegishli.

Umumiy texnik shartlar ETB guruhlari va podgruppalariga tegishli. Ularga berilgan guruh harakterli bo’lgan atamalar va belgilashlar shifrlari, tajriba uslublari o’rnatiladi. Guruhiy texnik shartlarga konkret podgruppa tegishli. U ETB da o’z ichiga o’zinig ishlab chiqarish aniq tur va instruksiya bo’yicha tegishli hujjat formasini oladi.




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling