1-mavzu: Sertifikasiyaning tovarlarni sifat ko'rsatkishini oshirishdagi ahamiyati. Reja


Qishloq xo`jaligi mahsulotlarni sifati- iste’mol


Download 0.68 Mb.
bet7/9
Sana07.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1174265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korsatkich

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarni sifati- iste’mol xususiyatlari yeg`indisi bo`lib, xalq xo`jaligi va aholining muayyan ehtiyojlarni qondirish orqalibelgilanadi. Qishloq xo`jaligi maxsulotlarning ayrim xossalari uning sifatini oshirsa, ayrimlari esa, aksincha salbiy ta’sir ko`rsatadi. Masalan, meva tarkibidagi, uglevod miiqdorining oshishi ijobiy baholansa, uning pestitsid va nitrat tuzlarni to`plash xosssi salbiy hisoblanadi.
Mahsulot sifatining shakillanishiga turli omillar ham ta’sir ko`rsatadi.
Geografik omil- bunda mahsulot yetishtiriladign tabiiy hududning (tuproq va iqlim sharoiti) xususiyatlari kiradi.
Texnologik omillar- dehqonchilik madaniyati va mahsulot yetishturish texnologiyasi ham ma’lum darajada maxsulotning sifatini shakillantiradi.
Biologic omillar- yangi nav va gibridlarnijoriyqilish ham mahsulot sifatini shakllantirishda axamiyatga ega.
Mahsulot sifatini boshqarish uchun ob’ektiv baholash lozim. Mahsulot sifatini nazorat qilish uning miqdor va sifat xossalariga tavsif berish bo`lib, bunda ma`lum turdagi o`lchash asbob- uskunalardan va turli usullardan foydalaniladi.

Mahsulotning sifatini nazorat qilishda qo`llaniladigan o`lchash vositalariga qarab, nazorat turlari quyidagilarga bo`linadi;


-o`lchash
-organoleptik
-qayd
-hisoblash
-sotsiologik
-ekspert
O`lchash usuli. Mahsulot sifatini o`lchab nazorat qilish ma`lum bir o`lchov asbob- uskunalari yordamida amalga oshiriladi. O`lchash usullari qo`llaniladigan usulning asosiga qarab quyidagi usullarga bo`linadi.
-kimyoviy
-fizik-kimyoviy
-fizik
-biologik
-mikroskopik
-fiziologik
-texnologik
Mahsulotning sifatini kimyoviy usulda aniqlashda uning kimyoviy tarkibidagi asosiy moddalar aniqlanadi. Masalan, oqsil, uglevod, moy, kraxmal, vitaminlar va boshqalarning miqdori aniqlanishi mumkin. Mahsulotlarning sifatini kimyoviy usulda aniqlash, ob’ektiv usul bo`lib, mahsulot sifatini birmuncha aniq belgilaydi. Mahsulotning kimyoviy tarkibini aniqlashda organik, anorganik, analitik va kalloid kimyoda qo`llanilayotgan aniqlash usullaridan foydalaniladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling