Xususiyat bildiruvchi sifat narsa/mavjudotning xarakterxususiyatini ifodalashda ko‘p qo‘llanadi: yoqimtoy, badjahl, muloyim, dilkash, yaxshi, yomon, loqayd kabi. Xarakter-xususiyat ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Holat bildiruvchi sifat narsa/mavjudotning holat yoki vaziyatini turg‘un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o‘z o‘rnida yana ichki guruhlarga bo‘linadi:
tabiiy holat bildiruvchi sifat: go‘zal, mo‘min, o‘ktam, cho‘loq, bukri;
jismoniy holat bildiruvchi sifat: bardam, baquvvat, tetik, yosh;
ruhiy holat bildiruvchi sifat: xafa, g‘amgin, ma’yus, xursand, shod;
iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: boy, badavlat, kambag‘al, nochor;
harorat holatini bildiruvchi sifat: iliq, salqin, sovuq, issiq;
tozalik holatini bildiruvchi sifat: toza, ozoda, kir, musaffo, isqirt;
eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: yangi, eski, ko‘hna, juldur;
ho‘l-quruqlik holatini bildiruvchi sifat: ho‘l, quruq, nam, namxush;
tinch va notinch holatni bildiruvchi sifat: tinch, jim, jimjit, sokin, osuda, osoyishta, bezovta;
yetilganlik holatini bildiruvchi sifat: xom, pishiq, g‘o‘r, puxta.
Shakl bildiruvchi sifat. Bu turdagi sifat narsa/predmetning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi: novcha, yassi, uzunchoq, dumaloq, yapaloq, aylana.
Rang-tus bildiruvchi sifat: oq, qora, qizil, pushti, sariq, zangor.
Maza-ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r
Hid bildiruvchi sifat: xushbo‘y, badbo‘y, qo‘lansa.
O‘lchov bildiruvchi sifat: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og‘ir
O‘rin bildiruvchi sifat: ichki, tashqi, devoriy, qishloqi
Payt bildiruvchi sifat: kuzgi, yozgi, qishki, chillaki, ertapishar.
Do'stlaringiz bilan baham: |