1-mavzu: Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari, sifatlarning ma’no jihatdan turlari Reja


Download 21.81 Kb.
bet3/4
Sana03.09.2023
Hajmi21.81 Kb.
#1672339
1   2   3   4
Bog'liq
1-MA\'RUZA

Daraja kategoriyasi (qisq. DК) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (chiroyli) – (chiroyliroq) – (juda chiroyli).
Asliy sifatda belgining darajasini ifodalashiga ko‘ra uch daraja ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja. Oddiy daraja hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda DК UGMsi «belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: (yaxshi), (qattiq), (semiz), (keng), (baland), (to‘g‘ri), (yumshoq) kabi.
Orttirma daraja belgining me’yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, DК UGMsini «belgining me’yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. DК ifodalovchisining geterogenligi ushbu darajada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:

  1. Fonetik usul. Uning bir necha ko‘rinishi bor: a) (qopqora), (yap-yapaloq), (dum-dumaloq); b) urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli).

  2. Leksik usul: (juda kuchli), (g‘oyatda qo‘rqinchli), (nihoyatda baland).

Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi. Bu shakl ikki uzvli, birinchi uzvini chiqish kelishigi shaklida qo‘llash orqali hosil qilinadi:(uzundan uzoq), (shirindan shirin).
Ozaytirma daraja DК UGMsini «belgining me’yordan kamligini ifodalash» ko‘rinishida xususiylashtiradi. Bu ma’no ikki usul bilan yuzaga chiqadi:

  1. Leksik usul: (sal durust), (bir oz yaxshi), (xiyol ochiq).

  2. Morfologik usul: (kattaroq), (ko‘proq), (ozroq)

Eslatma. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatda qo‘llanuvchi -(i)sh,-(i)mtir affikslari belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan, oqish so‘zi oq rangning, qoramtir so‘zi qora rangning kuchsiz darajasi emas, balki oq, qora bo‘lmagan, ularga o‘xshash bo‘lgan rang turlari.

Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling