1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. Reja: Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati. Hujayra nazariyasining yaratilishi
Download 263.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1.Maruza
1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. Reja: 1. Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati. 2. Hujayra nazariyasining yaratilishi. 3. Sitalogiya fanining yaratilish tarixi. Sitologiya fanining mazmuni.Sitologiya-tirik materiya tuzilishining elementar birligi bo‘lgan hujayralarning kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi haqidagi fandir. U hujayralarning strukturasi, protoplazmaning nozik tuzilishi, undagi hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi, muhit sharoitlariga moslashuvi va ko‘pgina boshqa jarayonlarni o‘rgatadi. Biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi fanlarning tobora ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu narsa tirik materiya tuzilishining hujayra darajasi haqidagi fanning taraqqiyotida yaqqol ko‘rinadi. Sitologiya nisbatan yosh fan, uning boshqa biologik fanlardan ajralib mustaqil fan bo‘lganiga 100-120 yil bo‘ldi. Ilk bor hujayralarning tuzilishi haqidagi ma’lumotlar Karnuaning 1884 yilda bosilib chiqqan “Hujayra biologiyasi” kitobida jamlandi. Sitologik tekshirishlarning ob’ektlari ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari, bakterial hujayralar, sodda hayvon- hujayralardir. Hujayra biologik faollikning asosiy birligi bo‘lib, u muhitda o‘zini-o‘zi hosil qilish xususiyatiga ega. Unda hayotiy xususiyatlarning barcha xossalari jamlangan, sharoit yaxshi bo‘lganda ularni o‘zida saqlashi va avlodlarga o‘tkazishi mumkin. Hujayra planetamiz tabiatida elementar, funksional va genetik birlik rolini o‘ynab, barcha organizmlar hayot faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tabiatda hujayraviy shakllarning prokariot va eukariot xillari mavjud. Prokariot hujayralar juda ham mayda, 300-500 nm diametrga ega. Ularning morfologik ajralib turadigan yadrosi yo‘q. Bunday hajayralarda membranali sistemalar, hujayra markrzi bo‘lmaydi. Genetik apparat xalqali xromosomadan iborat, u asosli oqsil-gistonlarni tutmaydi. Ular uchun hujayraichi harakati va amyoboid harakatlanish xarakterli emas. Bunday hujayralar mitoz yo‘li bilan bo‘linmaydilar. Bu tip hujayralarga bakteriyalar va ko‘k –yashil suv o‘tlari kiradi. Eukariotik hujayraviy tuzilish ikki xil bo‘ladi. Ulardan birinchisi, bitta hujayradan tashkil topadi va fiziologik jihatidan to‘liq qimmatli individ hisoblanadi. Shu munosabat bilan ularda organlar vazifasini bajaradigan mayda tuzilmalar bo‘ladi, malalan, sitostom, sitofarinks, qisqaruvchi vakuolalar, generativ va vegetativ yadrolar (infuzoriyalarda). Eukariot hujayralar ichidagi strukturalarning yuqori darajada tashkillanishi kompartmentalizatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Kompartmentalizatsiya hujayra ichidagi strukturalarning kimyoviy tuzilishi bilan farqlanadigan qismlarga ajratadi hamda hujayrada modda yoki jarayonlarni bo‘shliqda tarqalishini ta’minlaydi. Alohida kompartment organella (lizosoma) yoki uning qismi (mitoxondriyaning ichki membranasidan hosil bo‘lgan bo‘shliqlar)dir. Kompartmentlarning shakllanishida biologik membrana muhim rolni egallaydi. Eukariot hujayralarda kompartmentalizatsiya tufayli barcha strukturalar o‘rtasida vazifalar taqsimoti amalga oshadi. Shu bilan birga turli organellalar birbirlari bilan muayyan aloqada bo‘ladi. Bakteriya hamda sodda hayvonlarda “hujayra” va “organizm” tushunchalari bir-biriga mos keladi; bunda biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra – organizmlar to‘g‘risida gapirishga haqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muhitiga moslashgan juda murakkab shuningdek, ancha sodda tuzilgan, geterotrof va autotrof, erkin va parazit, suvda hamda quruqlikda yashovchi formalarni uchratamiz. Ikkinchi xil tashkillanish ko‘p hujayrali organizmlar (o‘simlik va hayvon) hujayralaridir. Ular to‘qimalarning muvofiqlashtiruvchi ta’siriga bo‘ysungan holda tashkillanadi va vazifa bajaradi. Tirik tabiat taraqqiyotida ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi ularning hujayralari o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi hisobiga moslanish uchun yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Funksional mutaxassislashish natijasida juda ko‘p xil to‘qima hujayralari vujudga keldi. Masalan, sutemizuvchilar tanasida diametri 6-8 mk keladigan va shaklini doimo o‘zgartirib turadigan kichik limfotsitlar bilan birga uzunligi,hattoki 1 metr va undan ham ortiq o‘simtalarga ega bo‘lgan nerv hujayralari bo‘ladi.Hujayraning tashkil bo‘lishidagi filogenetik jarayonlar asta-sekin murakkablashishning uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarining orasida tipik yadro va umumhujayraviy organoidlar kompleksiga ega bo‘lmagan turlari uchraydi. Ammo, bularda ham yadroning asosini tashkil etuvchi DNKning oqsil bilan birikmasi bo‘ladi. Bu esa, yadrositoplazma tizimlari shakllanishining ba’zi oraliq bosqichlarini progressiv rivojlanishiga olib keldi. Bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarida shakllangan yadro bo‘lmasada, ularni sitologiyada o‘rganilishi zarur. Viruslarga kelsak, ularni sitologiyaning ob’ektlari qatoriga kiritishga asos yo‘q. Chunki viruslarning strukturalari bilan hujayralarning tuzilishi o‘rtasida umumiylik yo‘q. Ularda hujayra hayot faoliyatining biokimyoviy asosini tashkil qiluvchi fermentlar bo‘lmaydi, shuning uchun o‘zlarining modda almashuviga ega emas. Viruslarning o‘sishi va ko‘payishi faqat ular kiradigan hujayralarning fermentativ sistemasi faoliyati hisobiga amalga oshadi. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy komponentlardan – nuklein kislota va oqsillardan tashkil topsa ham ularni materiya uyushmasining hujayraviy shakli deb bo‘lmaydi. Hujayrani, organizmda sodir bo‘ladigan asosiy biokimyoviy reaksiyalarning markazi, irsiyatni tashuvchi materialning asosi sifatidagi ahamiyati sitologiyani muhim umumbiologik sohaga aylantirdi. Hujayra, barcha tirik sistemalar kabi biologik evolyutsiya natijasida kelib chiqqan, taraqqiy etayotgan, o‘zining bir butunligini ushlab turuvchi va qayta tiklovchi, tashqi muhitdan kelgan energiya va moddalar hisobiga ko‘paya oladigan sistema hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, hujayrani o‘rganishda uchta asosiy muammo volyutsiya, avtoregulyatsiya va avtoreproduksiyalarni hal qilishni ko‘zda tutish kerak. Biologiyaning har qanday bo‘limi tirik ob’ektlarning faqat ma’lum bir aspektdamorfologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik va boshqalarda o‘rgansa, sitologiya o‘z ob’ekti- hujayrani har tamonlama o‘rganadi. Hujayra barcha yashayotgan organizmlarning struktura, funksional va genetik asosi bo‘lgani uchun hamma biologik fanlar sistemasining markazida turadi. Sitologiya tirik tabiat haqidagi fanning “Og‘ir industriyasi”dir. Sitologiyaning metodlari va ma’lumotlaridan foydalanmasdan havfli o‘sma, yaralarni bitib ketishi, nurdan zararlanish mexanizmlari, dorivor va zaharli moddalarning ta’siri, immunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan muhim muammolarni hal qilish mumkin emas. Download 263.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling