1-Mavzu: Soliqlar va ularning ahamiyati


Download 1,77 Mb.
bet1/88
Sana28.12.2022
Hajmi1,77 Mb.
#1021288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


HAMROYEV HALIM RAJABOVICH


SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH


fanidan
ma’ruza matnlari
5340100-iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha)
5140900-kasbiy ta’lim (ijtimoiy-iqtisodiy soha)
yo`nalishlari talabalari uchun
Buxoro-2011
Ma’ruza matnlari amal qilayotgan o`quv dasturiga muvofiq tayyorlangan va unda yangi Soliq kodeksida aks ettirilgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar qamrab olingan holda har bir soliq va majburiy to`lov turining xususiyatlari, uni hisoblab chiqarish va to`lash, hisobotlarini tuzish va taqdim etish tartibi batafsil yoritilgan. Ma’ruza matnlari iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha) va kasbiy ta’lim (ijtimoiy-iqtisodiy soha) o`quv yo`nalishlari talablari uchun mo`ljallangan.
Taqrizchilar: Navro`zzoda B.N. –BuxDU iqtisodiyot nazariyasi
kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor

Ravshanov Ya.H.-Buxoro viloyat Davlat Soliq


boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari
Ma’ruza matnlari Iqtisodiyot kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan- 6 - son bayonnoma, 2009 yil 27 yanvar.
Ma’ruza matnlari Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Ilmiy kengashida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan-5-son bayonnoma, 2009 yil 6 fevral.

Hamroyev H.R. Soliqlar va soliqqa tortish. Ma’ruza mathlari. Buxoro Davlat universiteti nashriyoti. Buxoro, 2009 yil, 179 bet.




Mundarija

Kirish




4

1-mavzu.

Soliqlar va ularning ahamiyati. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani

5


2-mavzu.

O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va soliq munosabatlarini takomillashtirish muammolari.

17

3-mavzu.

O`zbekistonning soliq siyosati va soliq tizimi

24

4-mavzu.

O`zbekistonda soliq xizmati va ishlarining tashkil etilishi

34


5-mavzu.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i

44

6-mavzu

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i

62

7-mavzu

Qo`shilgan qiymat solig`i

75

8-mavzu

Aksiz solig`i va yoqilg`i iste’moli solig`i

89

9-mavzu

Yer qa’ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar

99


10-mavzu

Mol-mulk solig`i

111

11-mavzu

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi

123

12-mavzu

Yer solig`i va yagona yer solig`i

134

13-mavzu

Ijtimoiy infratuzilma solig`i va to`lovchilarning ayrim toifalariga soliq solish

146


14-mavzu

Byudjetdan tashqari jamg`armalarga majburiy to`lovlar

154


15-mavzu

Boj to`lovlari va ayrim mahalliy yig`imlar

165

16-mavzu

Soliqlar bo`yicha chet el tajribasi

172

Kirish

Soliqlar O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi. Soliqlar barcha aholining hayoti, korxona va tashkilotlarning faoliyatiga bevosita ta’sir etadigan pul munosabatlarini o`zida mujassamlashtiradi.


Mamlakat rivojlanishining hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish jarayoni soliq munosabatlarini ham qamrab olmoqda. Soliq siyosatini erkinlashtirish va soliq tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadi va yo`nalishi soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish deb e’tirof etgan edi Respublika Prezidenti. Bularning hammasi ijtimoiy va iqtisodiy sohalar uchun tayyorlanayotgan mutaxassislar soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`g`risida yetarli darajada mustahkam bilimlar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlarini taqozo etadi. Ana shunday bilim berish va ko`nikmalar shakllantirishda o`quv adabiyotlari salmoqli o`rin egallaydi. Mazkur ma’ruza matnlari ham aynan shu maqsadni ko`zlab tayyorlangan.
Ma’ruza matnlari amal qilayotgan o`quv dasturiga muvofiq mamlakat Prezidentining soliq munosabatlarini takomillashtirish borasidagi ko`rsatmalari va tavsiyalari hamda yangi Soliq kodeksi asosida tayyorlangan. Unda Soliq kodeksida aks ettirilgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar qamrab olingan bo`lib, har bir mavzu qo`yilgan maqsad va belgilangan rejaga muvofiq yoritilgan, nazorat va muhokama uchun savollar, talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar, adabiyotlar betlari bilan keltirilgan. Bular talabalar tomonidan fanni o`zlashtirishga yordam beradi.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling