1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja
Download 1.73 Mb.
|
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Muloqotning interarktiv tomoni
- 7. Muloqotning perseptiv tomoni
5. Muloqotning kommunikativ tomoni
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g’oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo’lib til xizmat qiladi. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan ikki turi farqlanadi: yozma va og’zaki nutq. Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qilqilardan, holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar (ya’ni psixologik ta’sir vositalaridan). Ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o’rnini bosadi. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko’z qarashlar turi borligini kuzatgan. G.M.Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 20.000 ga yaqin ko’rinishi bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko’zlar to’qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Muloqotning noverbal vositalarining milliy xususiyati borligini alohida ta’kidlash lozim. Bundan tashqari, noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. 6. Muloqotning interarktiv tomoni Muloqotning interarktiv tomoni deyilganda, kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlari tushuniladi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. O’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. 7. Muloqotning perseptiv tomoni Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. Muloqot ishtirokchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o’qib”, ya’ni “mag’zini chaqib” chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz”. Bunday o’qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling