1-mavzu Sport dietologiyasiga kirish. Sport ozuqalanıshining asosiy ozuqa komponentlarining tarifi Dietologiya


I guruhga - ishi jismoniy mehnat taqozo etmaydigan yoki aytarli taqozo etmaydigan kishilar; II guruh


Download 15.43 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1761953
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu Sport dietologiyasiga kirish Sport ozuqalanıshining aso

I guruhga - ishi jismoniy mehnat taqozo etmaydigan yoki aytarli taqozo etmaydigan kishilar;
II guruhga - savdo va xonadonlik xizmat xodimlari (tikuvchilar, pattachilar, tibbiyot xodimlari);
III guruhga - ishi jismoniy mehnat taqozo etadigan xodim va xizmatchilar (to'quvchilar, poyabzalchilar, poezd haydovchilari, pochtal'onlar va b);
IV guruhga - o'rtacha og'ir va og'ir mehnat etuvchilar (pátyorlar, quruvchilar, metallurglar, temirchilar va b) kiradilar.
Ayni ana o'sha xislatlaridan kelib chiqqan holda guruhlar bo'yicha har qaysi guruh xalqning energiya sarfi va shuning bilan birga oqsillarga, moylarga va karbonsuvlarga bo'lgan ehtiyoji ishlab chiqilgan. Ovqatlanish me'yorini aniqlashda ayniqsa homilador va yemizgichli ayollarning ehtiyoji alohida hisobga olingan. Oqsillarga bo'lgan bir kunlik o'rtacha ehtiyoj 85-90 g.ni tashkil etadi. Uning taxminan 55% ini hayvon oqsili tashkil qilishi zurur. Oqsillarga bo'lgan ehtiyoj nimafrotik sindrom bilan kechadigan buyrak kasalliklarida, qon yo'qotmoqlikda, xavfli usmalarda, uzoq davom etuvchi enterokolit va pankreatit, og'ir kechuvchi yuqumli xastaliklar, sil, o'pkaning yiringli kasalliklaridan tuzalish va remissiya davrinda sezilarli darajada ortadi. Onabolik garmonlar qabul qilganida ham ratsionda oqsillar me'yoridan ko'proq bo'lishi zarur. Oqsillar miqdori podagra, o'tkir nefritda, buyrak va jigar yetishmovchiligida cheklanadi. Faol issiq tomonga siljiydigan xastaliklar (tireotoksikoz, sozılmalı o'pka yyetishmovchiligi va b)ning kuchaygan davrinda ham ratsiondagi oqsillar miqdori biroz cheklanishi yoki me'yorinda bo'lishi maqsadga muvafiqdir.
Organizmga oqsillarding keragidan ortiq tushishi, hazm qilish organlarda sekretor funktsiyaning zo'riqishiga olib keladi, ichaklarda chirish jarayonin kuchaytiradi, jigar va buyrak funktsiyalarini ham zóriqtiradi, oterosklerotik jarayonni tezlashtiradi.
Organizmga ovqat mahsulotlari bilan oqsillar kam tushganda qonda, jigarda va to'qimalarda uning miqdori kamayadi. Bu o'z navbatida olimentar distrofiyaga sabab bo'ladi, shu tariqa organizm o'sishdan to'xtaydi, shish paydo bo'ladı, terida giperpigmentatsiya va giperkeratoz, suyaklarda osteoporoz, ishtaha yo'qolishi, mushaklarda bemazalik, ich ketish kabi o'zgarishlar kuzatiladi.
Moylar
Moylar (lipidlar) tarkibiga ko'ra neytral moylar va yoǵsimon moddalar (fosfolipidlar, xolesterin, tserebrozidlar va b)ga bo'linadi. Neytral moylar (triglitseridlar)ga glitserindan tashqari har xil moy kislotalar kiradi. Ulardan ko'proq tarqalganlari stearin, asalpmitin, uein, linol, linolen va oraxidon kislotalaridir. Moy kislotalari tóyingan (vodorod bilan) va tóyinmagan moy kislotalariga bo'linadi. Tabiiy moylar oralatib triglitseridlardan, ya'ni har xil moy kislotalaridan tashkil topgan. Hayvon moylari tarkibida tóyingan moy kislotalari va o'simlik moylarida bo'lsa tuyinmagan moy kislotalari ko'p miqdorda bo'ladi.
Tóyinmagan moy kislotalaridan oraxidon, linol va linolen kislotalari almashtirib bo'lmaydigan ovqat unsurlari hisoblanadi, ular hujayra membranalarınıng faol qismi hisoblanib, xolesterin, fosfolipidlar, ko'plab vitaminlar va boshqa moddalar almashnnuvida faol ishtirokadi. Ular to'qima garmoni prostaglandinlar va boshqa biologik aktiv unsurlar paydo qiladi. Bu kislotalardan eng aktivi oraxidon kislotasi hisoblanib, u ovqatdagi moylarda kam bo'ladi. Organizmda oraxidon kislotasi linol kislotasidan paydo bo'ladı va bu jarayonda v6 vitamin kata ahamiyat kasb etadi.
Letsitin (xolinfosfatid), glitserin, tóyinmagan moy kislotalari, fosfor kislotasi va xolindan tashkil topgan. Letsitin moylar hazm bo'lishida, ularning almashinuvida qatnashadi, o't paydo bo'lishini tezlatadi, u hujayra membranası tarkibiga kirib, letsitin lipotrop unsur sifatida qonda xolesterinni ushlab turadi va uning qon - tomir devorine cho'kishiga to'sqinlik etadi va oterosklerozdan saqlaydi, shuning bilan birga jigarda ham moy to'planishining oldini oladi va o't -tosh kasalligi paydo bo'lishi imkoniyatini kamaytiradi.
Xolesterin organizm uchun zarur modda bo'lib, hujayra membranası tarkibiga kiradi, jinsiy bez gormonlari, buyrak usti bezi qobig'i gormonlari, vitamin D va o't paydo bo'lishida qatnashadi. Ovqat bilan bir kunda o'rtacha 0,5 g xolesterin organizmga tushsa, qolgan 1, 5-2, 0 g xolesterinni organizmning o'zi sintez etadi. Agar ovqat bilan xolesterin organizmga kam tushsa, uning organnzmdagi sintezi shuncha ko'p bo'ladi, xolesterin faqat hayvon mahsulotlarida bo'ladi.
Yoǵlarning organizmdagi funktsional ahamiyatiga ko'ra, ularni ikkita guruhga bo'lish mumkin: moy dapolaridagi zapas moylar va tsitoplazmadagi moylar. Odam och qolganda ana o'sha zapas moylar birinchi navbatda sarflanadi. Organizmda moylarning hazm bo'lishi oshqzonnan boshlanadi. Oshqzon shirasidagi lipaza ta'sirida moylar gidrolizi kuchli kechadi, ingichka ichakda moylar gidrolizi undan ham kuchli kechadi. Bu ichakda moylar emlikulpsiya holida bo'lib, oshqzon shirasidagi lipaza unga faol ta'sir etadi. O't kislotalari ichakda moylarni emlikulpsiya sharoitiga o'tkazadi, faollashtiradi va moy kislotalarining supalishini kuchaytiradi. Ingichka ichak devorinda ATF, koenzim A va boshqalar ta'sirida moylar moy kislotalargacha va glitserindan resintez etiladi. Qonda va limfada moylar xilomikronlar ko'rinishida bo'ladi. Moylar qonda asosan xilomikronlar tarzida, shuning bilan bizga yuqori va quyi zichlikdagi lipoproteinlar va moy kislotalari tarzida to'qimalarga transportirovka etiladi. Jigarda xilomikronlar moy kislotalaridan trigletseridlar resintez etiladi. Shunday qilib, ovqatdagi moylar o'sha organizmga hos moylarga aylanadi. Moylar bilan bizga organizmga A, D, E vitaminlari ham tushadi. Moylar o'zida eriydigan vitaminlarning va bir qancha mineral moddalarning ichakda supalishini ta'minlaydi.
Moylar yuqorida yoritilgan funktsiyalardan tashqari juda zarurli energiya manbasi bo'lib xizmat etadi. 1 g moy organizmda oksidlanganda 9 kkal energiya ajralib chiqadi. Moylar kundalik ovqat ratsionidagi energiyaning o'rtacha 33% ini tashkil etadi. Moylarning qattiq -suyuqligi va mazali ma'lum darajada undagi tóyingan va tóyinmagan moy kislotalarning ishtirokiga bog'liq. Odatdagi sharoitda suyuq moylar asosan tóyinmagan linol, linolen va oraxidon kislotalardan tuziladi, qattiq hayvon moylari asosan tóyingan moy kislotalaridan iborat bo'ladi. Agar moylarda tóyingan moy kislotalari qancha ko'p bo'lsa, moylarning erish nuqtasi ham shuncha yuqori bo'ladi, bunday moylar aste hazm bo'ladi va kam o'zlashtiriladi. Moylarni yoriqta va issiqnda saqlaganda, ayniqsa qovurganda ular tez oksidlanadi. Eski va ortiqcha qizdirilgan moylarda vitaminlar, almashtirib bo'lmaydigan moy kislotalarga parchalanadi va zararli kontserogon moddalar paydo bo'ladı, bunday moylar, ayniqsa oshqzon - ichak kasalliklarida zararlidir.
Bir kunda moylarga bo'lgan ehtiyoj o'rtacha 80-100 g.ni tashkil etadi. Uning 30% dan ortiqroǵini o'simlik moylari tashkil qilishi zurur. Ovqatda yoǵining ko'p bo'lishi oshqzon sekretsiyasini kamaytiradi, ovqatning oshqzonnan evakuatsiya etilishin sekinlashtiradi, boshqa hazm a'zolarin ortiqcha ishlashga majbur etadi. O'sha sababli ham uzaq davom etuvchi gastrit, uzaq davom etuvchi pankreatit, enterokolit, jigar kasalliklari ko'p moy ishlatilganda zo'rayishi mumkin.
Jigar kasalliklari, semirish, qondli diabet, ichak kasalliklari, oteroskleroz, yurak ichemiya kasalligi, anemiya va boshqa xastaliklarda moylar miqdorini cheklov, o'pka sili, gipertireoz, og'ir xastaliklardan keyingi ozish, o't dimlanishi bilan kechadigan xoletsistitda bo'lsa ko'paytirmoq zarur.

Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling